Karimov Rustam Jaxongir o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
  Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “To‘quv dastgohida tabiiy ipakdan to‘qima shakllantirishda arqoq zichlash jarayonini  takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5396
Ilmiy rahbar: Axunbabaev Oxunjon Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Dilbar Ganievna, texnika fanlari doktori, professor; Xasanov Bahodir Kimsanovich, texnika fanlari falsafa doktori(PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘quv dastgohida tabiiy ipakdan to‘qima shakllantirish jarayonida arqoq zichlash jarayonini takomillashtirish orqali ipak to‘qimalarining sifatini oshirish va ishlab chiqarish samaradorligini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadqiqot davomida ipak to‘qima sifatini oshirish uchun arqoq zichlash jarayonining optimallashtirilgan parametrlari aniqlangan hamda to‘quv jarayonining dinamik modeli ishlab chiqilgan;
tanda iplarining tarangligini avtomatik ravishda boshqaruvchi takomillashgan   ellips toqova tayoqchalaridan iborat bo‘lgan taranglovchi moslama konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
takomillashtirilgan konstruksiyaga tegishli texnologik ko‘rsatkichlar (ip tarangligi, ip uzilishi, to‘qima sifati) nazariy jihatdan tahlil qilingan va ellips traektoriya o‘lchamlari  bilan bog‘liq qonuniyatlar ishlab chiqilgan;
ip uzilishini kamaytirish, to‘qima sifati oshirish uchun tanda iplarining tarangligi va dastgoh bosh valining aylanish tezligini maqbul qiymatlari regression matematik model orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tanda iplarining tarangligini boshqarish orqali arqoq zichlash jarayonini barqarorlashtirish va ipak to‘qima sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan yangi mexanik tizim “KHIVA SILK FABRIC” MChJ korxonasida ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2025 yil 29-iyuldagi 4-2/1306 – son ma’lumotnomasi). Natijada yangi tizimning tanda iplaridagi taranglikni kompensatsiya qilish orqali ip uzilishi sonini 35–50% ga kamaytirishi, gazlama sifatini oshirishi va to‘quv jarayonining barqarorligini ta’minlashiga erishilgan hamda korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik bitta dastgoh uchun 4,315 mln (to‘rt million uch yuz o‘n besh million) so‘mni, 20 ta dastgoh uchun esa 86,3 mln (sakson olti million uch yuz ming) so‘mni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish