Suyunov Sardor G‘ayrat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘ qator oralarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina rotatsion ish organining turini tanlash va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4729.
Ilmiy rahbar: Xushvaqtov Botir Voxidovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Utaganov Husanboy Boymatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘ qator oralarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina rotatsion ish organining turini tanlash va parametrlarini asoslash orqali energiya, mehnat va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bog‘ qator oralarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina rotatsion ish organining turi tuproqqa ishlov berishga minimal energiya sarflab, yuqori ish sifati ta’minlanishi hisobga olingan holda tanlangan;
rotatsion ish organi spiralini uning aylanish o‘qiga nisbatan joylashish burchagi, yumshatkich va rotatsion ish organi orasidagi hamda u bilan pushta olgich orasidagi bo‘ylama masofalar rotatsion ish organining oldida tuproq uyulmasligi hisobga olinib asoslangan;
rotatsion ish organiga beriladigan tik yuklanish uni belgilangan chuqurlikda botib ishlashi shartidan keltirib chiqarilgan analitik ifoda asosida aniqlangan;
rotatsion ish organining diametri, spiralining qadami, unga berilgan tik yuklanish hamda agregatning harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda talablar darajasidagi ish ko‘rsatkichlari kam energiya sarflab ta’minlanishi shartidan echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bog‘ qator oralarini bir o‘tishda ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina rotatsion ish organi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan rotatsion ish organi bilan jihozlangan bog‘ qatorlari oralarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning tajriba nusxasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-223-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu kombinatsiyalashgan mashina qo‘llanilganda mehnat sarfi 66,68 foizga va ekspluatsion xarajatlar 55,87 foizga kamaygan;
rotatsion ish organi bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi 05/01-05/02-05/04-03-223-son ma’lumotnomasi). Natijada, asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan rotatsion ish organi bilan jihozlangan bog‘ qatorlari oralarini bir o‘tishda ekin ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish