Salimova Sarvinoz Farxodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholash nazariyasi va metodikasi (biologiyani o‘qitish metodikasi fani misolida)” mavzusidagi 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (biologiya) ixtisosligi bo‘yicha 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped898.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Ilmiy maslahatchi: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, p.f.d., professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.B.72.02 raqamli kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori (DSc)., professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc)., professor; Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Biologiyani o‘qitish metodikasi” fani doirasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholashning nazariy ko‘rsatkichlarini aniqlash, baholash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholashning didaktik imkoniyatlari faoliyatning tarkibiy komponentlarini tizimli modellashtirish, funksional ko‘rsatgichlarining valentli indikatorlar orqali ta’lim sub’ektlarining birgalikdagi faoliyati va baholash parametrlarining ishonchliligini statistik validizasiyalash asosida aniqlangan;
kvalimetrik baholash prognostikasi talabalarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini diskret indikatorlar va integral koffesentlar orqali gradasiyalashda qobiliyatlarini refleksiv segmentlash yo‘li bilan o‘quv jarayonida raqamlashtirilgan baholash modellarini monitoring qilish, longityud tahlil usullari asosida Oliy ta’lim bitiruvchilarining ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli integrasiyalashuvi dalillangan 
talabalarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholash imkonini beruvchi amaliyotga yo‘naltirilgan modeli baholash jarayonini real vaqtda monitoring etish funksiyasiga ega interaktiv kvalimetrik platformani yaratish orqali kognitiv noaniqliklarni minimallashtirish maqsadida, kalibrlangan shkalalarini me’yorlashtirilgan algoritmini joriy etish orqali takomillashtirilgan.
indikatorlari aniq va statistik  jihatdan ishonchli kvalimetrik baholash metodikasi baholanayotgan kompetensiyalarning funksiyalarini kompanentli struktural dekompozisiya orqali qayta belgilash va natijalarini multifaktor statistik regressiyaga yo‘naltirilgan usullaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan.
kvalimetrik baholash metodikasini samaradorligi pedagogik jarayonga moslashtiruvchi metodik mexanizm va baholash jarayonining har bir bosqichini standartlashtirishni integrasiyalash, tizimliligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro aloqadorlikni aks ettiruvchi funksional diagrammalarni ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
    Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholash nazariyasi va metodikasining takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholashning didaktik imkoniyatlari faoliyatning tarkibiy komponentlarini tizimli modellashtirish, funksional ko‘rsatgichlarining valentli indikatorlar orqali ta’lim sub’ektlarining birgalikdagi faoliyati va baholash parametrlarining ishonchligini statistik validizasiyalash asosida aniqlashga oid tavsiyalari “Biologiya o‘qitish metodikasi” darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-sonli buyrug‘i asosida berilgan № 313-396-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholashning diagnostik imkoniyatlari kengaytirilgan;
    kvalimetrik baholash prognostikasi talabalarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini diskret indikatorlar va integral koffesentlar orqali gradasiyalashda qobiliyatlarini refleksiv segmentlash yo‘li bilan o‘quv jarayonida raqamlashtirilgan baholash modellarini monitoring qilish,  longityud tahlil usullari asosida Oliy ta’lim bitiruvchilarining ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli integrasiyalashuvi dalillar asosida ko‘rsatma va tavsiyalardan “Biologiya o‘qitish metodikasi” darslik mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1 avgustdagi 277-sonli buyrug‘i asosida berilgan № 277-369-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholashning vositalar fondi orqali intensiv ta’sirchanlik barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
    talabalarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholash imkonini beruvchi amaliyotga yo‘naltirilgan modeli baholash jarayonini real vaqtda monitoring etish funksiyasiga ega interaktiv kvalimetrik platformani yaratish orqali kognitiv noaniqliklarni minimallashtirish maqsadida, kalibrlangan shkalalarini me’yorlashtirilgan algoritmini joriy etish orqali, 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik darsliklarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovasion loyihasi doirasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot institutining 2024 yil 17-sentyabrdagi №01/15-09/16-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini kvalimetrik baholashning vositalari fondini o‘z ichiga olgan baholashning kompleks tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim, innovasion metodologik platformani yaratishga doir uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
      indikatorlari aniq va statistik  jihatdan ishonchli kvalimetrik baholash metodikasi baholanayotgan kompetensiyalarning funksiyalarini kompanentli struktural dekompozisiya orqali qayta belgilash va natijalarini multifaktor statistik regressiyaga yo‘naltirilgan usullaridan foydalanish asosida  amaliy taklif va tavsiyalaridan 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 12.09.2024 yildagi №04/11-6923-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchisining kasbiy-metodik kompetensiyasini kvalimetrik baholashninig uzlyuksiz monitoring qilish samardorligi ortgan.
    kvalimetrik baholash metodikasini samaradorligi pedagogik jarayonga moslashtiruvchi metodik mexanizm va baholash jarayonining har bir bosqichini standartlashtirishni integrasiyalash, tizimliligini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro aloqadorlikni aks ettiruvchi funksional diagrammalarni ishlab chiqish asosida “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 1 avgustdagi 277-sonli buyrug‘i asosida berilgan №277-370-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini baholash va rivojlantirish uchun kompleks yondashuvlar yaratildi. Bu esa, o‘qituvchilarning professional mahoratini oshirishga va biologiya fanini o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish