Mamadalieva Saida Shuhrat qizining  pedagogika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filolog talabalarga rus tilini mutaxassislik sifatida o'qitishda ijtimoiy-madaniy yondashuv”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. (rus tili), (pedagogika fanlari)       Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.3.PhD/Ped2728
Ilmiy rahbar: Ahmedova Laylo Tolibjanovna pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
    Rasmiy opponentlar: Uluxujaev Narzulloxon Ziyaviddinovich  pedagogika  fanlari doktori, professor;  Azimova Ziyoda Ergashevna pedagogika fanlari  doktori, professori. Yetakchi tashkilot: Chirchiq  davlat pedagogika instituti Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy-madaniy yondashuv asosida filolog talabalariga rus tilini mutaxassislik sifatida o‘qitish metodikasini takomillashtirish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy o‘quv yurtlarining filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining madaniyatlararo munosabatlarida muloqot qilish jarayonidagi lingvistik,  ijtimoiy-psixologik va madaniy bilimlar tizimidan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga rus tilini mutaxassislik fani sifatida o‘qitish sotsial-madaniy yondashuvini qo‘llash konsepsiyasi optimallashtirilgan;          pedagogik jarayon saramaradorligini oshiruvchi madaniy, lingvistik omillar hamda muayyan ijtimoiy kontekslardagi nutqiy hatti-harakatlar asosida kommunikativ vaziyatga xos barqaror ketma-ketligini ifodalovchi ijtimoiy-madaniy “skript” tushunchasi rus tilini mutaxassislik sifatida o‘qitish metodikasi mazmuniga uyg‘unlashtirilgan;           “Hozirgi rus tili”( Leksikologiya) fanini o‘qitishda talabalarda boshqa tillar madaniyatiga shaxsiy bag‘rikenglik munosabatini shakllantirishga ustuvorlik beruvchi adaptiv keys topshiriqlari orqali ijtimoiy-madaniy kompetentlik rivojlantirish jarayoni mazmuni takomillashtirilgan;
rus va o‘zbek tillarining lug‘at tizimini ijtimoiy-madaniy jihatdan qiyoslash hamda tillararo va madaniyatlararo interferensiya oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan. IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filolog talabalar uchun rus tilini mutaxassislik sifatida o‘qitishda ijtimoiy-madaniy yondashuvga oid nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:             rus madaniyati elementlarini integratsiyalashga asoslangan, takomillashtirilgan konsepsiya ishlab chiqildi; talabalar tilshunoslik tizimi bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida adabiyot, san’at va kundalik hayotning tipik voqealari integratsiya qilindi (Namangan davlat universiteti, 2025-yil, 01-01/09-4694-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ilmiy loyihaning mazmuni kommunikativ vakolat tarkibiy qismi bo‘lgan ijtimoiy-madaniy kompetensiyani shakllantirishga oid ma’lumotlar bilan boyidi.          “Ijtimoiy-madaniy skript” toifasidagi metodikani joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslab berildi. Bu jarayonda “madaniy model”, “skript” kabi atamalar qayta ko‘rib chiqilib, kommunikativ qadamlarning barqaror ketma-ketligi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2025-yil 21-oktyabr, 2025-sonli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarda zarur kasbiy kompetensiyalar shakllantirildi.            “Zamonaviy rus tili” (“Leksikologiya” bo‘limi) fanini o‘rganishda ishlab chiqilgan keys-topshiriqlar tizimi filolog talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetensiyani rivojlantirish, chet tilidagi madaniyat hodisalarini talqin qilish, madaniyat faktlariga bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lish, madaniy leksikani o‘quv va kasbiy muloqotda qo‘llash imkonini berdi. Bu tizim 2024–2025-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvlarida sinovdan o‘tkazildi (05-09-337-sonli 2025-yil 25-may ma’lumotnoma).Natijada teleko‘rsatuvlar mazmuni filolog talabalar uchun motivatsion va rivojlantiruvchi funksiyalar bilan boyidi.            Tilshunoslik, ijtimoiy-psixologik va madaniyatshunoslik bilimlarini ona tilidan rus tiliga ko‘chirish jarayonidagi tillararo va madaniyatlararo interferensiya holatlari bo‘yicha ilmiy xulosalar “Talabalar ma’naviyatiga tashxis qo‘yish mexanizmlarini takomillashtirish” (OT-F1-36) fundamental loyihasi doirasida amalda qo‘llanildi. Natijada fundamental loyiha qimmatli nazariy maʼlumotlar bilan boyidi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish