Mavlyanov Sanjar Norbutaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mexanik travmalardan jabrlangan shaxslarda reproduktiv organlar tuzilmalari jarohatlarining sud tibbiy tavsifi», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4661.
Ilmiy rahbar: Indiaminov Sayit Indiaminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxsumxonov Qulfiddinxon A’zamxonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jumanov Ziyadulla Eshmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Uzoq sharq davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mexanik travmalardan jabrlangan shaxslarda reproduktiv organlar jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash va ularning shakllanish mexanizmini asoslash bo‘yicha sud tibbiyot ekspertizalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv tiziimning tashqi va ichki tuzilmalariga mexanik jarohatlanishlarning tipi va turlari ilk bor sud tibbiy jihatdan tizimlashtirilib, tan jarohati og‘irlik darajasini sud-tibbiy malakalash uchun ahamiyatga molik uzoq muddatli salbiy oqibatlari aniqlangan;
erkaklarda jinsiy aloqa qilish va urug‘lantirish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan a’zoning yo‘qotilishi va travmatik (og‘riqli) shok rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan reproduktiv organlarning tashqi va ichki tuzilmalari jarohatlanishlarning klinik va morfologik turlari aniqlangan;
jabrlangan shaxslarning emotsional va ruxiy xolatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, jinsiy aloqa qilish, xomilador bo‘lish va bola tug‘ish faoliyatini yo‘qotish, yoki a’zoning yo‘qotilishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladigan ayollarda reproduktiv tizimining tashqi tuzilmalariga qin-uretra, bachadon va ortiqlari keng ko‘lamli jarohatlarning noxush uzoq muddatli oqibatlari aniqlangan;
mexanik omillar qurbonlarida reproduktiv tizim organlarining tashqi va ichki tuzilmalariga zarar yetkazish asosan birlashgan to‘mtoq travma natijasida organlarning siqilishi va lat eyish natijasida yuzaga keladigan shikastlanishlarning shakllanish mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mexanik travmalardan jabrlangan shaxslarda reproduktiv organlar tuzilmalari jarohatlarining sud tibbiy tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: reproduktiv tiziimning tashqi va ichki tuzilmalariga mexanik jarohatlanishlarning tipi va turlari ilk bor sud tibbiy jihatdan tizimlashtirilib, tan jarohati og‘irlik darajasini sud-tibbiy malakalash uchun ahamiyatga molik uzoq muddatli salbiy oqibatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Erkaklarda reproduktiv organlari jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasi algoritmi” va “Ayol jinsli shaxslarda reproduktiv organlari mexanik jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasini olib o‘tkazish uslubiy asoslari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpog‘iston filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 01-02\50-son, Surxondaryo viloyati filiali bo‘yicha 16.01.2025 yildagi 03-5-son va Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: keltirilgan ma’lumotlar ushbu tuzilmalarning jarohatlari bo‘yicha klinik-morfologik tasniflash, ularning tabiati va uzoq muddatli oqibatlarini ishonchli va ob’ektiv tarzda aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usuldan foydalanish natijasida ekspertlik tekshiruvini o‘tkazish muddatini 4-5 kundan 2 kungacha qisqartirish natijasida bir holat uchun 295000 so‘m (an’anaviy usulda sud-tibbiy ekspertiza o‘rtacha 610000 so‘mni, tavsiya etilgan usulda esa 315000 so‘mni tashkil qiladi) miqdorida byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: erkaklarda jinsiy aloqa qilish va urug‘lantirish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan a’zoning yo‘qotilishi va travmatik (og‘riqli) shok rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan reproduktiv organlarning tashqi va ichki tuzilmalari jarohatlanishlarning klinik va morfologik turlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Erkaklarda reproduktiv organlari jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasi algoritmi” va “Ayol jinsli shaxslarda reproduktiv organlari mexanik jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasini olib o‘tkazish uslubiy asoslari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpog‘iston filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 01-02\50-son, Surxondaryo viloyati filiali bo‘yicha 16.01.2025 yildagi 03-5-son va Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: reproduktiv organlar jarohatlanishlarining og‘irlik darajasini sud-tibbiy malakalash uchun ob’ektiv mezonlar aniqlandi va bu jarohat-lanishlarning turi, tipi va podtiplari, shuningdek, jarohatlarning asoratlari va oqibatlariga qarab belgilangan. Bu o‘z navbatida ekspert xulosalarining sifatini, ishonchliligini va asoslanishini ta’minladi, shuningdek, qo‘shimcha yoki qaytadan ekspertiza o‘tkazishga ehtiyoj qolmadi, natijada ekspertlik tekshiruvlarini o‘tkazish muddatlari qisqargan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usuldan foydalanish natijasida ekspertlik tekshiruvini o‘tkazish muddatini 8-10 kundan 4-5 kungacha qisqartirish natijasida bir holat uchun 295000 so‘m (an’anaviy usulda sud-tibbiy ekspertiza o‘rtacha 540000 so‘mni, tavsiya etilgan usulda esa 260000 so‘mni tashkil qiladi) miqdorida byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: jabrlangan shaxslarning emotsional va ruxiy xolatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, jinsiy aloqa qilish, xomilador bo‘lish va bola tug‘ish faoliyatini yo‘qotish, yoki a’zoning yo‘qotilishi kabi salbiy oqibatlarga olib keladigan ayollarda reproduktiv tizimining tashqi tuzilmalariga qin-uretra, bachadon va ortiqlari keng ko‘lamli jarohatlarning noxush uzoq muddatli oqibatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Erkaklarda reproduktiv organlari jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasi algoritmi” va “Ayol jinsli shaxslarda reproduktiv organlari mexanik jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasini olib o‘tkazish uslubiy asoslari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpog‘iston filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 01-02\50-son, Surxondaryo viloyati filiali bo‘yicha 16.01.2025 yildagi 03-5-son va Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mazkur qoidalarni ekspertlik amaliyotiga joriy qilish ayollar reproduktiv a’zolari jarohat-lanishlarining og‘irlik darajasini baxolashda ekspert xulosalarining sifatini, ishonchliligi va to‘laqonli asoslanishini ta’minladi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usuldan foydalanish natijasida ekspertlik tekshiruvini o‘tkazish muddatini 4-5 kundan 2 kungacha qisqartirish natijasida bir holat uchun 295000 so‘m (an’anaviy usulda sud-tibbiy ekspertiza o‘rtacha 610000 so‘mni, tavsiya etilgan usulda esa 315000 so‘mni tashkil qiladi) miqdorida byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mexanik omillar qurbonlarida reproduktiv tizim organlarining tashqi va ichki tuzilmalariga zarar yetkazish asosan birlashgan to‘mtoq travma natijasida organlarning siqilishi va lat eyish natijasida yuzaga keladigan shikastlanishlarning shakllanish mexanizmi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 29 oktyabrda 6-son bilan tasdiqlangan “Erkaklarda reproduktiv organlari jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasi algoritmi” va “Ayol jinsli shaxslarda reproduktiv organlari mexanik jarohatlarining sud tibbiy ekspertizasini olib o‘tkazish uslubiy asoslari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Qoraqalpog‘iston filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 01-02\50-son, Surxondaryo viloyati filiali bo‘yicha 16.01.2025 yildagi 03-5-son va Farg‘ona viloyati filiali bo‘yicha 20.01.2025 yildagi 3-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 iyuldagi 22/60-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mzkur qoidalar ekspertlik amaliyotiga joriy etilganidan so‘ng reproduktiv a’zolarning tashqi va ichki tuzilmalarida yuzaga keladigan turli xil jarohat-lanishlarning shakllanish mexanizmini asoslash bo‘yicha ekspert xulosalari sifatini oshirdi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usuldan foydalanish natijasida ekspertlik tekshiruvini o‘tkazish muddatini 8-10 kundan 4-5 kungacha qisqartirish natijasida bir holat uchun 260000 so‘m (an’anaviy usulda sud-tibbiy ekspertiza o‘rtacha 540000 so‘mni, tavsiya etilgan usulda esa 280000 so‘mni tashkil qiladi) miqdorida byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish