Mamajonov Iqboljon Maribjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 ta’sirida umurtqa pog‘onasi ko‘krak va bel sohasi tuberkulyoz spondilitining patomorfologik o‘zgarishlari», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Tib4926.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Eshbaev Erkin Abduxalimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Tagayqulov Erkinjon Xoliqulovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Buhoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 bilan bog‘liq tuberkulyoz spondilitining morfologik xususiyatlari va patogenetik mexanizmlarini keng qamrovli klinik, morfologik va morfometrik tahlil asosida ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 ta’sirida spesifik yalig‘lanishning mustaqil morfologik tipi sifatida shakllanganligi va granulematoz jarayonning o‘zgargan strukturaviy tuzilishi bilan tavsiflangan tuberkulyoz spondilitining morfogenez xususiyatlari aniqlangan;
COVID-19 ta’sirida rivojlangan tuberkulyoz spondilitida nekroz o‘choqlar periferiyasida epitelioid Pirogov-Langxans gigant hujayralaridan iborat granulematoz tuzilmalarning ustunligi bilan namoyon bo‘lishi, COVID-19 ta’sirisiz rivojlangan tuberkulyoz spondilitida esa samarali yallig‘lanish javobini aks ettiradigan fibroblast faolligining oshishi va kollagen tolalarining ustunligi morfologik jihatdan asoslangan;
COVID-19 ta’siridagi tuberkulyoz spondilitda tog‘ayli disk va suyak to‘qima tuzilmalarida rivojlanadigan klinik-morfologik xususiyatlari asosida ko‘krak-bel qismidagi paravertebral yallig‘lanishlarning morfogenezida tahliliy daraja ko‘rsatkichlari solishtirma tashhislashni aniqlash imkonini bergan diagnostik farqlar aniqlangan;
COVID-19 ta’siridagi tuberkulyoz spondilitida makrofaglar sonining 1,18 martaga va plazma hujayralari sonining 2,7 baravarga ko‘payishi yallig‘lanishning, COVID-19 ta’sirisiz tuberkulyoz spondilitidan farqli o‘laroq, yalig‘lanishning qon tomir-ekssudativ komponentining patogenetik faollashuvini va o‘ziga xos granulomalarning yanada agressiv, giperergik variantining shakllanishini ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 bilan bog‘liq tuberkulyoz spondilitining morfologik xususiyatlari va patogenetik mexanizmlarini keng qamrovli klinik, morfologik va morfometrik tahlil asosida ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ta’sirida spesifik yalig‘lanishning mustaqil morfologik tipi sifatida shakllanganligi va granulematoz jarayonning o‘zgargan strukturaviy tuzilishi bilan tavsiflangan tuberkulyoz spondilitining morfogenez xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 mayda 6i-48/u-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 ta’sirida umurtqa pogonasi ko‘krak va bel sohasi tuberkulyoz spondilitining patomorfologik jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 45-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 ta’sirida kechuvchi tuberkulyoz spondilitni erta aniqlash orqali bemorlarning hayot sifati va mehnat qobiliyati saqlanib qoladi, nogironlik va asoratlar kamayadi, reabilitatsiya muddati qisqaradi, bu esa tibbiy xizmat sifatini oshirib, sog‘lom jamiyat va iqtisodiy barqarorlikka xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 2,2 million so‘m mablag‘lar erta tashxis va samarali davolash usullarini joriy etish orqali tibbiy resurslarni tejash, asoratlarni kamaytirish va aholi sog‘lig‘ini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ta’sirida rivojlangan tuberkulyoz spondilitida nekroz o‘choqlar periferiyasida epitelioid Pirogov-Langxans gigant hujayralaridan iborat granulematoz tuzilmalarning ustunligi bilan namoyon bo‘lishi, COVID-19 ta’sirisiz rivojlangan tuberkulyoz spondilitida esa samarali yallig‘lanish javobini aks ettiradigan fibroblast faolligining oshishi va kollagen tolalarining ustunligi morfologik jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 mayda 6i-48/u-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 ta’sirida umurtqa pogonasi ko‘krak va bel sohasi tuberkulyoz spondilitining patomorfologik jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 45-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar nogironlikka duch kelmay, o‘z kuchlariga tayanib yashay oladilar, bu esa tuberkulyozning jamoada tarqalishini cheklab, aholi sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, natijada, bemorlar jamiyatda o‘rnini egallaydi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 150 million so‘m mablag‘lar erta tashxis va samarali davolash usullarini joriy etish orqali tibbiy resurslarni tejash, asoratlarni kamaytirish va aholi sog‘lig‘ini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ta’siridagi tuberkulyoz spondilitda tog‘ayli disk va suyak to‘qima tuzilmalarida rivojlanadigan klinik-morfologik xususiyatlari asosida ko‘krak-bel qismidagi paravertebral yallig‘lanishlarning morfogenezida tahliliy daraja ko‘rsatkichlari solishtirma tashhislashni aniqlash imkonini bergan diagnostik farqlar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 mayda 6i-48/u-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 ta’sirida umurtqa pogonasi ko‘krak va bel sohasi tuberkulyoz spondilitining patomorfologik jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 45-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta tashhis jarayoni bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, og‘riq va harakatda cheklovlarni kamaytiradi va natijada tibbiyot tizimga yuklama kamayadi, boshqa og‘ir bemorlarga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish ortadi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 50 million so‘m mablag‘lar erta tashxis va samarali davolash usullarini joriy etish orqali tibbiy resurslarni tejash, asoratlarni kamaytirish va aholi sog‘lig‘ini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ta’siridagi tuberkulyoz spondilitida makrofaglar sonining 1,18 martaga va plazma hujayralari sonining 2,7 baravarga ko‘payishi yallig‘lanishning, COVID-19 ta’sirisiz tuberkulyoz spondilitidan farqli o‘laroq, yalig‘lanishning qon tomir-ekssudativ komponentining patogenetik faollashuvini va o‘ziga xos granulomalarning yanada agressiv, giperergik variantining shakllanishini ko‘rsatishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 31 mayda 6i-48/u-son bilan tasdiqlangan “COVID-19 ta’sirida umurtqa pogonasi ko‘krak va bel sohasi tuberkulyoz spondilitining patomorfologik jihatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 02.06.2025 yildagi 45-son va Namangan viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 17.06.2025 yildagi 52-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 avgustdagi 23/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar sog‘lom xayotga qisqa muddatda qaytishni, shifokorlar uchun aniq tashhis qo‘yish va samarali davolashni imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 50 million so‘m mablag‘lar erta tashxis va samarali davolash usullarini joriy etish orqali tibbiy resurslarni tejash, asoratlarni kamaytirish va aholi sog‘lig‘ini yaxshilash natijasida iqtisod qilinadi.