Raximov Dilshodjon Turdiali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“YO‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4464
Ilmiy rahbar: Xusanov Qaxramon Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimardonov Muxammadali Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi YO‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l qurilish tashkilotlarida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, raqamlashtirilgan loyiha boshqaruvi va zamonaviy yondashuvlar asosida moliyaviy samaradorlikni baholovchi moliyaviy barqarorlik indeksi ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirilgan;
yo‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda loyihalarning ijtimoiy ta’siri, moliyaviy barqarorlik imkoniyatlari va natijalariga erishish darajasini baholash asosida xalqaro kreditlar va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan samarali foydalanishning ustuvor yo‘nalishlar taklif etilgan;
yo‘l qurilish tashkilotlarida loyihalar samaradorligini oshirishda davlat subsidiyalari va xususiy investisiyalarni hajm va sifat ko‘rsatkichlari asosida integratsiya qiluvchi uzoq muddatli va muvozanatlashgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi taklif qilingan;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini xususiy sektorga ausorsing asosida topshirishni tashkil etish hamda moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni real vaqtda tahlil qilish va moliyaviy jarayonlarning shaffofligini ta’minlovchi integratsiyalagan axborot tizimini yaratish taklif qilingan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. YO‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yo‘l qurilish tashkilotlarida moliyaviy resurslardan samarali foydalanish, raqamlashtirilgan loyiha boshqaruvi va zamonaviy yondashuvlar asosida moliyaviy samaradorlikni baholovchi moliyaviy barqarorlik indeksi ko‘rsatkichlar tizimi takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 04-2369 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l qurilish tashkilotlarining loyiha boshqaruv jarayonlarining funksional samaradorligi 35 foizga oshishi, moliyaviy resurslardan foydalanish natijadorligi 25 foizga yaxshilanishi hamda loyihalarni moliyalashtirish muddati o‘rtacha 30 foizga qisqarish orqali, ijtimoiy ta’sirni baholash jarayonlarida shaffoflik darajasi oshirishga, turli manfaatdor tomonlarning qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish imkoniyatlari kengaytirishga va ularning ishonch indeksi sezilarli darajada o‘sgani kuzatilgan. 
yo‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda loyihalarning ijtimoiy ta’siri, moliyaviy barqarorlik imkoniyatlari va natijalariga erishish darajasini baholash asosida xalqaro kreditlar va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan samarali foydalanishning ustuvor yo‘nalishlar taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 04-2369 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l qurilish tashkilotlariga xalqaro kreditlar va moliya institutlaridan 1,2 trillion so‘mlik mablag‘ jalb qilingan bo‘lib, bu loyihalarning ijtimoiy ta’siri va samaradorligi 450 milliard so‘mga teng qo‘shimcha iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltirgan holda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda 320 milliard so‘mlik qo‘shimcha resurslar yaratilgan;
yo‘l qurilish tashkilotlarida loyihalar samaradorligini oshirishda davlat subsidiyalari va xususiy investisiyalarni hajm va sifat ko‘rsatkichlari asosida integratsiya qiluvchi uzoq muddatli va muvozanatlashgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 04-2369 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat subsidiyalari va xususiy investisiyalar mablag‘i 500 milliard so‘mga oshgan, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hisobiga 350 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ tejalgan, hamda loyihalarning ijtimoiy-iqtisodiy natijadorligi 420 milliard so‘mlik qo‘shimcha ijobiy ta’sir ko‘rsatgan holda yo‘l qurilish jarayonlarining moliyaviy barqarorligi uchun 280 milliard so‘mlik qo‘shimcha moliyaviy resurs yaratilgan;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini xususiy sektorga ausorsing asosida topshirishni tashkil etish hamda moliyalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni real vaqtda tahlil qilish va moliyaviy jarayonlarning shaffofligini ta’minlovchi integratsiyalagan axborot tizimini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2025-yil 27-maydagi № 04-2369 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moliyalashtirish jarayonlari 480 milliard so‘mga avtomatlashtirilgan, ma’lumotlarni tahlil qilish vaqti 60 foizga qisqartirilgan, moliyaviy shaffoflik ortishi 350 milliard so‘mlik qo‘shimcha resurslarni jalb qilishga imkon bergan, hamda yo‘llarning ekspluatatsiyasi uchun xususiy sektor tomonidan 420 milliard so‘mlik investisiyalar kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish