Azamatov Po‘lat To‘lqunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mamlakat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda fiskal siyosatdan foydalanish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5377
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Obiddin Toshmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda fiskal siyosatdan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mol-mulk solig‘i uzoq muddatli davrda va qo‘shilgan qiymat solig‘i qisqa muddatli davrda inflyasiyaga teskari proporsional ta’sir ko‘rsatishini inobatga olgan holda, fiskal instrumentlar orqali inflyasiyadan himoyalangan moliyaviy xavfsizlik mexanizmi asoslangan;
byudjetning ijtimoiy siyosatni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lari orqali aholining yalpi talabini tartiblangan holda shakllantirib, inflyasion bosimni pasaytirish natijasida fiskal xarajatlarning moliyaviy xavfsizlikka salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan yondashuv taklif etilgan;
davlat qarzini joriy davrda proporsional moliyalashtirish jarayonida bilvosita soliqlarning oshishi bilan yuzaga keladigan fiskal bosimni qisqartirish orqali davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning moliyaviy xavfsizlikka nisbatan iqtisodiy tahdidini kamaytirish asoslangan;
tashqi qarz yukining iqtisodiyotga bosimini kamaytirishda tovarlar eksportining uzoq muddatli davrda 5–10 foizga, importning esa 10 foizgacha o‘sishiga yo‘l qo‘yish orqali valyuta oqimining barqarorligini ta’minlab, davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning salbiy ta’sirini yumshatishga xizmat qiluvchi moliyaviy xavfsizlik mexanizmini shakllantirish taklif etilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mol-mulk solig‘i uzoq muddatli davrda va qo‘shilgan qiymat solig‘i qisqa muddatli davrda inflyasiyaga teskari proporsional ta’sir ko‘rsatishini inobatga olgan holda, fiskal instrumentlar orqali inflyasiyadan himoyalangan moliyaviy xavfsizlik mexanizmiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘RQ-1011-sonli Qonuni 4-ilova 3-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining byudget va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 05/8613-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq yukining stabilizatsion funksiyasini kuchaytirilishi hamda inflyasion xatarlarning pasaytirilishiga erishilgan;
byudjetning ijtimoiy siyosatni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lari orqali aholining yalpi talabini tartiblangan holda shakllantirib, inflyasion bosimni pasaytirish natijasida fiskal xarajatlarning moliyaviy xavfsizlikka salbiy ta’sirini yumshatishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘RQ-1011-sonli Qonuni 3-ilova 15-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining byudget va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 05/8613-son ma’lumotnomasi). Natijada, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda byudjetning ijtimoiy xarajatlarini tartibga solishga erishilgan;
davlat qarzini joriy davrda proporsional moliyalashtirish jarayonida bilvosita soliqlarning oshishi bilan yuzaga keladigan fiskal bosimni qisqartirish orqali davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning moliyaviy xavfsizlikka nisbatan iqtisodiy tahdidini kamaytirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘RQ-1011-sonli Qonuni 10-moddasi 1-xatboshi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining byudget va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 05/8613-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat qarzi hisobidan byudjet taqchilligini moliyalashtirishning 3.0 mlrd. AQSh dollari miqdorini samarali tartibga solishga imkoniyat tug‘ilgan;
tashqi qarz yukining iqtisodiyotga bosimini kamaytirishda tovarlar eksportining uzoq muddatli davrda 5–10 foizga, importning esa 10 foizgacha o‘sishiga yo‘l qo‘yish orqali valyuta oqimining barqarorligini ta’minlab, davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning salbiy ta’sirini yumshatishga xizmat qiluvchi moliyaviy xavfsizlik mexanizmini shakllantirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘RQ-1011-sonli Qonuni 10-moddasi 3-xatboshi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining byudget va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025-yil 18-sentyabrdagi 05/8613-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat qarzi hisobidan yangi loyihalar qiymatining cheklangan miqdori 6,5 mlrd. AQSh dollari miqdorini samarali tartibga solishga imkoniyat tug‘ilgan.