Jabborov Azamat Alijonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Davlat byudjeti xarajatlarining moliyaviy nazorati konseptual asoslari”,
08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt923
Ilmiy maslahatchi: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent; Alimardonov Muhammadiy Ibragimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat byudjeti xarajatlarining moliyaviy nazorati konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni tizimli ravishda kuchaytirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida “Ichki nazorat – integratsiyalashgan modeli” asosida dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni konseptual rivojlantirish taklif etilgan;
moliyaviy xavflarni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali moliyaviy xato va kamchiliklar yuzaga kelishi hamda samarasiz byudjet xarajatlarini amalga oshirish ehtimolini oldindan aniqlash hamda bartaraf etish mexanizmlari asoslangan;
davlat organlari va tashkilotlarini moliyalashtirish jarayoniga “uch bo‘g‘in” modelini tatbiq etish orqali byudjet moliyaviy ta’minoti ustidan nazoratni institutsional va funksional taqsimlash taklif etilgan;
davlat moliyaviy nazoratining moliyaviy xavflarni boshqarish va ichki moliyaviy nazoratga ixtisoslashgan proaktiv konsepsiyasini joriy etish asosida yakuniy moliyaviy nazorat tadbirlarining manzilliligi va samaradorligini oshirish taklif etilgan;
moliyaviy xavflarni tahlil qilish va baholashda muhimlilik vazni ko‘rsatkichini kiritish asosida xavflarni minimallashtirishda uning sabablarini tabaqalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Byudjet xarajatlarining davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni tizimli ravishda kuchaytirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlarida “Ichki nazorat – integratsiyalashgan modeli” asosida dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni konseptual rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son “2025-2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 6-avgustdagi
04/23-15-17118-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz davlat organlari va tashkilotlarini moliyalashtirish tizimiga “Ichki nazorat – integratsiyalashgan modeli”ni
(Internal Control – Integrated Framework)” tatbiq etish asosida moliyaviy nazorat muhitini yaxshilash, axborot texnologiyalarini tatbiq etish hamda moliyaviy monitoring qilish tartiblari belgilanishiga erishilgan;
moliyaviy xavflarni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali moliyaviy xato va kamchiliklar yuzaga kelishi hamda samarasiz byudjet xarajatlarini amalga oshirish ehtimolini oldindan aniqlash hamda bartaraf etish mexanizmlariga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 279-son “Davlat moliyasi sohasida xavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil
6-avgustdagi 04/23-15-17118-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy xavflarni boshqarishni xavflarni aniqlash, baholash, kamaytirish, monitoring qilish hamda ochiqlashdan iborat bosqichlarda amalga oshirish tartibini belgilanishiga erishilgan;
davlat organlari va tashkilotlarini moliyalashtirish jarayoniga “uch bo‘g‘in” modelini tatbiq etish orqali byudjet moliyaviy ta’minoti ustidan nazoratni institutsional va funksional taqsimlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi
446-son “2025 - 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 6-avgustdagi 04/23-15-17118-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika va mahalliy darajadagi byudjet tashkilotlarining moliya va buxgalteriya tuzilmalarini moliyaviy nazorat bo‘yicha vakolat va javobgarliklarini aniq chegaralashga va belgilashga erishilgan;
davlat moliyaviy nazoratining moliyaviy xavflarni boshqarish va ichki moliyaviy nazoratga ixtisoslashgan proaktiv konsepsiyasini joriy etish orqali yakuniy moliyaviy nazorat tadbirlarining manzilliligi va samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 279-son “Davlat moliyasi sohasida xavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyulda 446-son “2025 – 2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 6-avgustdagi 04/23-15-17118-son ma’lumotnomasi). Natijada, dastlabki va joriy moliyaviy nazoratni kuchaytirish hisobiga moliyaviy xato va kamchiliklarni kamaytirish orqali yakuniy moliyaviy nazoratda asosiy e’tiborni katta miqdordagi o‘g‘irlik, kamomad va o‘zlashtirishlarga qaratishga erishilgan;
moliyaviy xavflarni tahlil qilish va baholashda muhimlilik vazni ko‘rsatkichini kiritish asosida xavflarni minimallashtirishda uning sabablarini tabaqalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 279-son “Davlat moliyasi sohasida xavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 6-avgustdagi 04/23-15-17118-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy xavflarni ular orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlar (o‘g‘irlik, kamomad va o‘zlashtirish kabi) miqdori orqali saralash va eng katta zararga olib keluvchi xavflarni ajratib olishga erishilgan.