Yoo Inyoungning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Antik va o‘rta asrlarda O‘zbekiston va Koreya tarixidagi iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalar (yozma va arxeologik maʼlumotlar asosida)” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1893.
Ilmiy rahbar: Djurakulova Dilfuza Mavlonovna, tarix fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibov Bobir Sobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Ataxodjaev Azimxuja Muzafarovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Antik va o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududidagi davlatlarning Koreya hududidagi davlatlar bilan madaniy, iqtisodiy va diplomatik munosabatlarini tadqiq etish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlat uyushmalari (Qang‘, Kushon, So‘g‘d va boshqalar) bilan Koguryo va Silla davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar Ipak yoʻlidagi savdo-marshrutlarida iqtisodiy integratsiyaning mavjudligi ipak, metall buyumlar, hunarmandchilik mahsulotlari va diniy g‘oyalar (masalan, buddizm) orqali amalga oshganligi isbotlangan;
Sillalik rohib Hech’oning Markaziy Osiyoga safari kundaliklarida Shi-go (Toshkent), Kan-go (Samarqand) Baxen-go (Farg‘ona) xalqlarining dini va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlarda o‘lkadagi diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining tarixiy ildizlari asoslangan;
O‘zbekistonning Buxoro, Samarqand hududlaridan Koreya hududiga kayagim (rubob), changu (nog‘ora), chok (nay) kabi musiqa asboblarining kirib borganligi, Koreyada teatrlashgan tomoshalarning rivojlanishi Buyuk ipak yo‘lidagi madaniy almashinuvning natijasi ekanligi asoslangan;
O‘rta asr ilmlar tasnifida etakcha fan sohalari hisoblangan tibbiyot, astronomiyaning Koreya hududida rivojlanishi qirol Sejong rasadxonasining qurilishida Mirzo Ulug‘bek astronomiya maktabining tarixiy ilmiy poydevor bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Antik va o‘rta asrlarda O‘zbekiston va Koreya tarixidagi iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalar. (yozma va arxeologik maʼlumotlar asosida)” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi natijalarining joriy qilinishi:
Buyuk ipak yo‘lidagi madaniy almashinuv natijasida antik va ilk o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududidan Koreya yarim oroliga kayagim (rubob), changu (nog‘ora), chotte (nay) kabi musiqa asboblarining kirib borganligi, Xitoy va Koreyada teatrlashgan tomoshalarning rivojlanishiga Buxoro, Samarqand, Toshkentdan borgan aktyor va musiqachilarning hissa qo‘shganligi, ilk o‘rta asrlar devoriy sur’atlarida Markaziy Osiyo madaniyati ta’sirining aks etishi, o‘rta asrlar Koreya ilm-fanning rivojlanishida Markaziy Osiyo xalqlari vakillarining qo‘shgan hissasiga oid ilmiy-nazariy xulosalarlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Afrosiyob” hujjatli filmi ssenariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2024 yil 15 iyulda berilgan 08-28-847-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keltirib o‘tilgan ma’lumotlar tomoshabinlarda Koreya ilm-fanining rivojlanishida Markaziy Osiyo xalqlari ta’siri haqidagi ma’lumotlarining yanada boyishi uchun xizmat qilgan.
O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlat uyushmalari (Qang‘, Kushon, So‘g‘d va boshqalar) bilan Koguryo va Silla davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar Ipak yoʻlidagi savdo-marshrutlarida iqtisodiy integratsiyaning mavjudligi ipak, metall buyumlar, hunarmandchilik mahsulotlari va diniy g‘oyalar (masalan, buddizm) orqali amalga oshganligiga doir ilmiy xulosa va yangiliklardan “Zamonaviy jahon muzeyshunosligi” (Samarqand: SamDU, 2023, 186 b.) nomli o‘quv qo‘llanmani shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-sonli Qarori asosidagi 2024-yil 18-mayda berilgan 10-2301 sonli ma’lumotnoma). Keltirib o‘tilgan mulohaza va ilmiy yangiliklar o‘quvchilarga o‘rta asrlar haqidagi bilim va ko‘nikmalarining mustahkamlanishi uchun yordam bergan.
Sillalik rohib Hech’oning Markaziy Osiyoga safari kundaliklarida Shi-go (Toshkent), Kan-go (Samarqand) Baxen-go (Farg‘ona) xalqlarining dini va urf-odatlari haqidagi ma’lumotlarda o‘lkadagi diniy bag‘rikenglik g‘oyalarining tarixiy ildizlari haqidagi ilmiy mulohazalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Afrosiyob” hujjatli filmi ssenariysini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali davlat unitar korxonasining 2024 yil 15 iyulda berilgan 08-28-847-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Afrosiyob haqidagi ma’lumotlarning ilmiy jihatdan asoslanishi va yodgorlikning o‘rta asrlar davri haqidagi tasavvurlarning yanda kengayishi uchun xizmat qilgan.
O‘rta asr ilmlar tasnifida etakcha fan sohalari hisoblangan tibbiyot, astronomiyaning Koreya hududida rivojlanishi qirol Sejong rasadxonasining qurilishida Mirzo Ulug‘bek astronomiya maktabining tarixiy ilmiy poydevor bo‘lganligiga doir ma’lumotlardan “Zamonaviy jahon muzeyshunosligi” (Samarqand: SamDU, 2023, 186 b.) nomli o‘quv qo‘llanmani shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-sonli Qarori asosidagi 2024-yil 18-mayda berilgan 10-2301 sonli ma’lumotnoma). Natijada ma’lumotlar o‘quv qo‘llanmaning tarixiy ilmiy asoslari mustahkamlanishi uchun xizmat qilgan.