Gafurova Azizaxon Fatixovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metodologiya formirovaniya i raspredeleniya pribili xozyaystvuyushhix sub’ektov”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt626
Ilmiy maslahatchi: Nasirxojaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Alfraganus universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, Navoiy davlat universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Muradova Nodira Kulievna, Uzbekiston Milliy universiteti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Rejanov Hayrullo Hikmatullaevich
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi subektlarda foydani shakllantirish va taqsimlash yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
keynscha va neoklassik maktablarning biznes sikl nazariyalari hamda innovatsion dinamika modeli asosida foydani shakllantirish strategiyasini iqtisodiy sikl fazalariga moslashtiruvchi nazariy-metodik yondashuvni takomillashtirish orqali inqiroz va pasayish davrlarida investisiyalarni qayta yo‘naltirish, reinvestisiyalarni ustuvorlashtirish hamda daromadlar tuzilmasini optimallashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash asoslangan;
neoklassik ishlab chiqarish nazariyasi va o‘sish modeliga tayanilgan holda ishlab chiqarish resurslari (kapital, bandlik, eksport, narxlar indeksi)ning foyda ko‘rsatkichiga ta’siri modelini takomillashtirish orqali foydani shakllantiruvchi omillar ta’sirini baholash aniqligini oshirish imkoni asoslangan;
iqtisodiy resurslarning aylanma kapital nazariyasi hamda moliyaviy boshqaruvning samaradorlik konsepsiyalariga asoslanib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda aktivlar aylanuvchanligini tezlashtirish orqali foydani oshirishning funksional yondashuviga ko‘ra samarasiz aktivlarni iqtisodiy muomalaga qaytarish hisobiga kreditorlik qarzdorligini 8-10% ga qisqartirish va foydalilik darajasini oshirish asoslangan; 
raqobat ustunligi nazariyasi va moliyaviy faoliyat samaradorligi konsepsiyalariga asoslanib, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari aylanuvchanligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘lchovchi rentabellikni oshirish modelini ishlab chiqish orqali kreditorlik qarzdorligi aylanuvchanligini tezlashtirish hamda foyda darajasini ko‘tarish imkoni asoslangan;
O‘zbekistonda sanoat tarmog‘i foydasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ARIMA(2,1,1) modeli asosida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
keynscha va neoklassik maktablarning biznes sikl nazariyalari hamda innovatsion dinamika modeli asosida foydani shakllantirish strategiyasini iqtisodiy sikl fazalariga moslashtiruvchi nazariy-metodik yondashuvni takomillashtirish orqali inqiroz va pasayish davrlarida investisiyalarni qayta yo‘naltirish, reinvestisiyalarni ustuvorlashtirish hamda daromadlar tuzilmasini optimallashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 03-dekabrdagi 9/01-21-13677-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida inqiroz va pasayish davrlarida investisiyalarni qayta yo‘naltirish, reinvestisiyalarni ustuvorlashtirish hamda daromadlar tuzilmasini optimallashtirish orqali moliyaviy barqarorlikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
neoklassik ishlab chiqarish nazariyasi va o‘sish modeliga tayanilgan holda ishlab chiqarish resurslari (kapital, bandlik, eksport, narxlar indeksi)ning foyda ko‘rsatkichiga ta’siri modelini takomillashtirish orqali foydani shakllantiruvchi omillar ta’sirini baholash aniqligini oshirish imkonidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 03-dekabrdagi 9/01-21-13677-sonli ma’lumotnomasi).Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish resurslarining foyda ko‘rsatkichiga ta’siri modelini takomillashtirish orqali foydani shakllantiruvchi omillar ta’sirini baholash aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
iqtisodiy resurslarning aylanma kapital nazariyasi hamda moliyaviy boshqaruvning samaradorlik konsepsiyalariga asoslanib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda aktivlar aylanuvchanligini tezlashtirish orqali foydani oshirishning funksional yondashuviga ko‘ra samarasiz aktivlarni iqtisodiy muomalaga qaytarish hisobiga kreditorlik qarzdorligini 8-10% ga qisqartirish va foydalilik darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 03-dekabrdagi 9/01-21-13677-sonli ma’lumotnomasi va “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJning № 01/07-17, 31.01.2025-yil ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida samarasiz aktivlarni iqtisodiy muomalaga qaytarish hisobiga kreditorlik qarzdorligini qisqartirish va foydalilik darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
raqobat ustunligi nazariyasi va moliyaviy faoliyat samaradorligi konsepsiyalariga asoslanib, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari aylanuvchanligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘lchovchi rentabellikni oshirish modelini ishlab chiqish orqali kreditorlik qarzdorligi aylanuvchanligini tezlashtirish hamda foyda darajasini ko‘tarish imkonidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 03-dekabrdagi 9/01-21-13677-sonli ma’lumotnomasi va “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJning № 01/07-17, 31.01.2025-yil ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida rentabellikni oshirish modelini ishlab chiqish orqali kreditorlik qarzdorligi aylanuvchanligini tezlashtirish hamda foyda darajasini ko‘tarish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda sanoat tarmog‘i foydasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi ARIMA(2,1,1) modeli asosida 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 03-dekabrdagi 9/01-21-13677-sonli ma’lumotnomasi).Ushbu prognoz natijalari asosida O‘zbekistonda sanoat tarmog‘i korxonalarning strategik rivojlanish faoliyatini rejalashtirishda istiqbol davri uchun foyda ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish