Raxmanov Ilxom Xurramovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt865.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Qulliev Istam Yangimuradovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tijorat banklari resurs bazasi mustahkamligini ta’minlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari resurs bazasi mustahkamligini doimiy nazorat qilish maqsadida kreditlarning depozitlarga nisbati (LTD) ko‘rsatkichini 80-90 foiz darajasida ta’minlash orqali depozitlarni kreditlarga transformatsiya qilish samaradorligini optimallashtirish asoslangan;
bankning kreditlash faoliyatini muvozanatli boshqarish maqsadida kredit ajratish bo‘yicha faollik koeffisienti (loans expansion ratio (LE)) 60 foizdan oshganda bank kapitalining majburiyatlarni qoplash koeffisienti 15 foiz darajasini kamida 
0,5-1 foizli punktga tizimli oshirib borish taklif etilgan;
tijorat banklari resurs bazasini diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy valyutadagi majburiyatlarning jami majburiyatlar tarkibidagi ulushini 40 foizgacha kamaytirib borish taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banklari resurs bazasi ishonchliligini mustahkamlash maqsadida birlamchi zaxiralarning depozitlarga nisbatini 10-20 darajasida ta’minlash asoslangan;
tijorat banklarining resurs bazasi barqaror o‘sish surʼatini ta’minlash maqsadida operatsion xarajatlarning operatsion daromadlarga nisbati ko‘rsatkichini 
(CIR-cost-to-income ratio) 50 foizdan past darajada ta’minlash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari resurs bazasi mustahkamligini ta’minlashning uslubiy va amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari resurs bazasi mustahkamligini doimiy nazorat qilish maqsadida kreditlarning depozitlarga nisbati (LTD) ko‘rsatkichini 80-90 foiz darajasida ta’minlash orqali depozitlarni kreditlarga transformatsiya qilish samaradorligini optimallashtirish taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 8 sentyabrdagi №25-04/4281-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi 87-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan 
“AT “Aloqabank”ning 2024 yil uchun mo‘ljallangan biznes rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, bankda kreditlarning depozitlarga nisbati (LTD) ko‘rsatkichi 31.12.2024 yilda 31.12.2023 yilga nisbatan 111,6 foizdan 93,7 foizga kamayib, depozitlarning barqaror qoldig‘i 4 587,7 mlrd.so‘mga oshgan;
bankning kreditlash faoliyatini muvozanatli boshqarish maqsadida kredit ajratish bo‘yicha faollik koeffisienti (loans expansion ratio (LE)) 60 foizdan oshganda bank kapitalining majburiyatlarni qoplash koeffisienti 15 foiz darajasini kamida 
0,5-1 foizli punktga tizimli oshirib borish taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 8 sentyabrdagi №25-04/4281-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi 87-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank”ning 2024 yil uchun mo‘ljallangan biznes rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, 2023 yilda bankda kredit ajratish bo‘yicha faollik koeffisienti 64,2 foizni tashkil etgani holatda bank kapitalining majburiyatlarni qoplash koeffisienti 19,7 foiz, 2024 yilda esa, bankda kredit ajratish bo‘yicha faollik koeffisienti 55,7 foizni tashkil etgani holatda bank kapitalining majburiyatlarni qoplash koeffisienti 15,3 foiz darajasida ta’minlanishiga erishilgan. Shuningdek, 2024 yil 31 dekabr holatiga bankning xususiy kapitali 3 082,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (2 643,2 mlrd.) nisbatan 439,0 mlrd. so‘m yoki 116,6 foizga oshgan.
tijorat banklari resurs bazasini diversifikatsiya qilish maqsadida xorijiy valyutadagi majburiyatlarning jami majburiyatlar tarkibidagi ulushini 40 foizgacha kamaytirib borish taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 8 sentyabrdagi №25-04/4281-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi 87-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank”ning 2024 yil uchun mo‘ljallangan biznes rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Yuridik mijozlarning xorijiy valyutadagi depozitlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 2024 yilda 2023 yilga nisbatan 4,2 foizdan 3,6 foizga kamaytirilishi natijasida, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilda 1 100 mlrd. so‘m ekvivalentini tashkil etgani holda 2023 yilni mos davriga (1 179 mlrd. so‘m) nisbatan 79 mlrd. so‘m ekvivalenti miqdorida kamayishiga erishilgan.
tijorat banklari resurs bazasi ishonchliligini mustahkamlash maqsadida birlamchi zaxiralarning depozitlarga nisbatini 10-20 darajasida ta’minlash taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 8 sentyabrdagi №25-04/4281-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi 87-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank”ning 2024 yil uchun mo‘ljallangan biznes rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, bankning 2023 yilda birlamchi zaxiralarni depozitlarga nisbati ko‘rsatkichi 13,67 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil yakunida mazkur ko‘rsatkich 16,93 foizni tashkil etgan hamda resurs bazasining barqarorligi ta’minlangan. 
tijorat banklarining resurs bazasi barqaror o‘sish surʼatini ta’minlash maqsadida operatsion xarajatlarning operatsion daromadlarga nisbati ko‘rsatkichini (CIR-cost-to-income ratio) 50 foizdan past darajada ta’minlash taklifi aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” tomonidan amaliyotga joriy qilingan (AT “Aloqabank”ning 2025 yil 8 sentyabrdagi №25-04/4281-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2024 yil 6 sentyabrdagi 72-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan AT “Aloqabank”ning 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, AT “Aloqabank” faoliyatining strategik maqsadlari qatorida 2026 yil yakuniga qadar CIR (operatsion samaradorlik) ko‘rsatkichini 48 foiz darajasida ta’minlash belgilab olindi. Bankning 2024 yil yakunlari bo‘yicha CIR ko‘rsatkichi amalda 48,9 foiz tashkil etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish