Hakberdiev Bekzod Uktamovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt647.
Ilmiy maslahatchi: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nizamiddin Xamraevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Oblomuradov Narzullo Naimovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy tebranishlar, moliyaviy inqirozlar, inflyasiya darajasining 12 foizgacha o‘sishi hamda valyuta kurslaridagi 10 foizli volatilitet sharoitida moliyaviy barqarorligini ta’minlash va riskka chidamlilik darajasini oshirish maqsadida bozor dinamikasiga moslashuvchan, analitik yondashuvlarga asoslangan ilik bor raqamli stress-test o‘tkazish ishlab chiqilgan;
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy holatini mustahkamlash va investisiya jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish uchun zaxira jamg‘armasining eng yuqori miqdorini ustav fondining 50 foizigacha oshirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalarining risklarini boshqarish va aktiv portfelini optimallashtirish maqsadida, aktivlarning diversifikatsiya darajasini 20 foizgacha cheklash asoslangan;
sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy holatini ketma-ket baholashda, har bir tekshiruv bosqichida 5-10 ta kapital tahlil parametrlari qo‘llanilib, moliyaviy xatarlar ta’siriga barqarorlikni kuchaytirish uchun 3-5 ta shok ssenariyidan foydalanishga asoslangan;
sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini aniq baholash va prognozlash uchun kapital etarliligi 30 foiz, likvidlik 20 foiz, qayta sug‘urtalash 15 foiz, investisiya faoliyati 20 foiz hamda xavflarni boshqarish 15 foiz ulushda belgilash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sugurta kompaniyalari moliyaviy barkarorligini ta’minlashning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
sug‘urta kompaniyalarining iqtisodiy tebranishlar, moliyaviy inqirozlar, inflyasiya darajasining 12 foizgacha o‘sishi hamda valyuta kurslaridagi 10 foizli volatilitet sharoitida moliyaviy barqarorligini ta’minlash va riskka chidamlilik darajasini oshirish maqsadida bozor dinamikasiga moslashuvchan, analitik yondashuvlarga asoslangan ilik bor raqamli stress-test o‘tkazish taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan  (“O‘ZBEKINVEST” sug‘urta kompaniyasi 2025-yil 10-apreldagi 01/2-71-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan raqamli stress-test sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi, riskka chidamliligi va bozor tebranishlariga moslashuvchanligini kompleks baholash imkonini bergan;
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy holatini mustahkamlash va investisiya jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan zararlarning oldini olish uchun zaxira jamg‘armasining eng yuqori miqdorini ustav fondining 50 foizigacha oshirish taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZBEKINVEST” sug‘urta kompaniyasi 2025-yil 10-apreldagi 01/2-71-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligi oshib, kutilmagan investision yo‘qotishlarni qoplash imkoniyati kengaydi hamda risklarni boshqarish mexanizmlarining ishonchliligi yanada mustahkamlagan;
sug‘urta kompaniyalarining risklarini boshqarish va aktiv portfelini optimallashtirish maqsadida, aktivlarning diversifikatsiya darajasini 20 foizgacha cheklash taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZBEKINVEST” sug‘urta kompaniyasi 2025-yil 10-apreldagi 01/2-71-son ma’lumotnomasi). Natijada, aktivlarning diversifikatsiya darajasini 20 foizgacha cheklash sug‘urta kompaniyalarining risklarni samarali boshqarishi, aktiv portfelining barqarorligini oshirishi va moliyaviy yo‘qotishlar ehtimolini kamaytirishiga xizmat qilgan;
sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy holatini ketma-ket baholashda, har bir tekshiruv bosqichida 5–10 ta kapital tahlil parametrlari qo‘llanilib, moliyaviy xatarlar ta’siriga barqarorlikni kuchaytirish uchun 3–5 ta shok ssenariyidan foydalanish taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati amaliyotida joriy etilgan (“O‘ZBEKINVEST” sug‘urta kompaniyasi 2025-yil 10-apreldagi 01/2-71-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta kompaniyalarining kapital barqarorligi, likvidlik darajasi va riskka chidamliligi bo‘yicha aniqroq diagnostika amalga oshiriladi hamda moliyaviy xatarlarning turli sharoitlarda ko‘rsatadigan ta’sirini oldindan baholash imkoniyati sezilarli darajada oshgan;
sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini aniq baholash va prognozlash uchun kapital etarliligi 30 foiz, likvidlik 20 foiz, qayta sug‘urtalash 15 foiz, investisiya faoliyati 20 foiz hamda xavflarni boshqarish 15 foiz ulushda belgilash taklifi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati amaliyotida joriy etilgan (“O‘ZBEKINVEST” sug‘urta kompaniyasi 2025-yil 10-apreldagi 01/2-71-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniyaning likvidlilik darajasi va to‘lov qobiliyati 2025-yil 1-yanvar holatiga o‘tgan hisobot davriga nisbatan 10%ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish