Xujamov San’at Hayitboechning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Movarounnahrning VIII-X asrlar davri tanga pul munosabatlari (kumush dirham xazinalari asosida)», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar715
Ilmiy rahbar: Ataxodjaev Anvar Xashimovich, tarix fanlari nomzodi.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Y. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, 01/10.01.2024. Tar. 169. 01.
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori; Musakaeva Alfiya Adilovna, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Movarounnahrning Somoniylar davri kumush tanga pul munosabatlari tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
Yurtimiz muzey fondlarida saqlanayotgan Toshkent kumush tanga xazinasida (4854 dona), Shahrisabz kumush tanga xazinasida (6036 dona), Jomboy kumush tanga xazinasida (12 dona) va Boyqishloq kumush tanga (48 dona) xazinalarining metrologik xususiyatlari o‘rganilib, ilmiy muomalaga kiritildi hamda ushbu tanga xazinalardan 9156 donasi Somoniy hukmdorlari tomonidan zarb qilinganligi aniqlangan; 
Somoniylar davriga oid bo‘lgan Toshkent xazinasida 11 ta zarbxona tangalari, Boyqishloq xazinasida 8 ta zarbxona tangalari, Jomboy xazinasida 6 ta hamda Shahrisabz xazinasida esa 15 ta zarbxona tangalari aniqlanib, bu tanga zarb qilish markazlari joylashuv o‘rniga oydinlik kiritildi va ular xaritasi yaratilgan; 
Somoniylar davriga oid bo‘lgan Toshkent, Boyqishloq va Shahrisabz kumush tanga xazinalari orasida qayd etilgan siniq tangalar, butun tangalarning 1/2 (ikkidan biri),1/4 (to‘rtdan biri), 1/6 (oltidan biri), 1/8 (sakkizdan biri) qismlarga sindirilib, bu bo‘lak tangalardan savdo to‘lovlarida keng faydalanilganligi isbotlangan;
X asrda Shimoli-sharqiy Evropaga kirib borgan kumush dirhamlar orasida Somoniy tangalarining yetakchilik qilganligi, bu tanga xazinalar asosan Samarqand, Buxoro, Shosh va Balx zarbxonalarida zarb etilganligi, ammo X asrning oxirlariga kelib, Shimoliy-sharqiy Evropaga kumush xazinalarning kirib kelishi sekin-asta kamayib borishining asosiy sabablari Movarounnahrda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy tushkunlik hamda kumush inqirozi tufayli ro‘y berganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Movarounnahr VIII asrning ikkinchi yarmi X asrning oxiri xalqaro tanga pul munosabatlari (arxeologik va numizmatik manbalar asosida)» mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Somoniylar davriga oid bo‘lgan tanga xazinalari Yurtimiz muzey fondlarida saqlanayotgan Toshkent kumush tanga xazinasida (4854 dona), Shahrisabz kumush tanga xazinasida (6036 dona), Jomboy kumush tanga xazinasida (12 dona) va Boyqishloq kumush tanga (48 dona) xazinalarining metrologik xususiyatlari o‘rganilib, ilmiy muomalaga kiritildi hamda ushbu tanga xazinalardan 9156 donasi Somoniy hukmdorlari tomonidan zarb qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasida «O‘zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida» ekspozisiya ko‘rgazmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasining 2025 yil 22 oktyabrdagi № 01-01/621-son ma’lumotnomasi). Natijalar Movarounnahrning o‘rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti, tanga–pul munosabatlari to‘gʻrisida muzeyga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga ko‘rsatish va kelajak avlod ongida milliy merosga bo‘lgan gʻurur tuygʻusini uygʻotishga xizmat qiladi.
Somoniylar davriga oid bo‘lgan Toshkent, Boyqishloq va Shahrisabz kumush tanga xazinalari orasida qayd etilgan siniq tangalar, butun tangalarning 1/2 (ikkidan biri),1/4 (to‘rtdan biri), 1/6 (oltidan biri), 1/8 (sakkizdan biri) qismlarga sindirilib, bu bo‘lak tangalardan savdo to‘lovlarida keng faydalanilganligi to‘gʻrisida yangi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Ko‘hna manzillar» teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali davlat unitar korxonasining 2025 yil 20 maydagi № 01-33-329-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylantirilishi natijasida tayyorlangan ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Movarounnahrning rivojlangan o‘rta asrlardagi tanga-pul muomalasi, iqtisodiy va madaniy hayoti, savdo-sotiq munosabatlari borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan. 
Movarounnahrning VIII-X asrlar davriga oid kumush tanga dirham xazinalarning metrologik xususiyatlari, Toshkent xazinasida 11 ta zarbxona tangalari, Boyqishloq xazinasida 8 ta zarbxona tangalari, Jomboy xazinasida 6 ta hamda Shahrisabz xazinasida esa 15 ta zarbxona tangalari aniqlanib, bu tanga zarb qilish markazlari joylashuv o‘rniga oydinlik kiritildi. Ushbu ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariularini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali davlat unitar korxonasining 2025 yil 20 maydagi № 01-33-329-son ma’lumotnomasi). Movarounnahrning rivojlangan o‘rta asrlardagi tanga-pul muomalasi, iqtisodiy va madaniy hayoti, savdo-sotiq munosabatlari hamda ushbu jarayonlarning rivojlangan o‘rta asrlar Markaziy Osiyo madaniyatida tutgan o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatib berdi. 
X asrda Shimoli-sharqiy Evropaga kirib borgan kumush dirhamlar orasida Somoniy tangalarining yetakchilik qilganligi, bu tanga xazinalar asosan Samarqand, Buxoro, Shosh va Balx zarbxonalarida zarb etilganligi, ammo X asrning oxirlariga kelib, Shimoliy-sharqiy Evropaga kumush xazinalarning kirib kelishi sekin-asta kamayib borishining asosiy sabablari Movarounnahrda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy tushkunlik hamda kumush inqirozi tufayli ro‘y berganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida «O‘zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida» ekspozisiya ko‘rgazmasida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2024 yil 7 iyundagi № 01-05/2184-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ekspozisiyasida namoyish etilayotgan ushbu tangalar va artefaktlar tashrif buyuruvchilarga Movarounnahrda kumush dirham asosidagi tanga-pul munosabatlari, savdo-sotiq jarayonlari hamda o‘rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish haqida yangi tasavvurlar hosil qilishga xizmat qilmoqda

Yangiliklarga obuna bo‘lish