Omonov Dilmurod Sunatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qarshi vohasining XIV-XV asrlar qishloq makonlari moddiy madaniyati (Xo‘ja Rushnoyi yodgorligi misolida)», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbar: Raimqulov Abdisabur Azzamovich, tarix fanlari doktori.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, 01/10.01.2024.Tar.169. 01.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Saypov Sadulla Tursunbaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Arxeologik va yozma manbalar asosida Qarshi vohasining Chig‘atoylar, Amir Temur va temuriylar davri qishloq makonlari moddiy madaniyati tarixini Xo‘ja Rushnoyi yodgorligi misolida yoritishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
Qashqadaryo vohasida olib borilgan qidiruv tadqiqotlari natijasida XIV-XV asrlarga oid 2 ta shahar, 3 ta qishloq, 1 ta saroy hamda 1 ta jamoat hammomi ro‘yxatga olindi va ularning arxeologik xaritasi yaratilib, ulardan Xo‘ja Rushnoyi qishloq makonining tarixiy topografiyasiga ilk bor aniqlik kiritilgan;
Xo‘ja Rushnoyida olib borilgan qazuv tadqiqotlari natijasida yodgorlikda chig‘atoylar, Amir Temur va temuriylar davriga oid bo‘lgan 3 ta turar-joy tipi (bir, uch va besh xonali) aniqlanib, bu uylar ichki intereri asosida xo‘jalik xonasi, yotoqxona va mehonxonalardan iboratligi, besh xonali turar-joylarda esa uy hammomi ham mavjud ekanligi aniqlangan;
Xo‘ja Rushnoyida olib borilgan tadqiqotlar natijasida yodgorlikda ikkita qurilish davri aniqlanib, birinchi qurilish davri madaniy qatlamlaridagi qalin kul qoldiqlari (20-30 sm) va ular orasida qayd etilgan kamon o‘q uchlari (uzunligi 6-7 sm, qalinligi 1-1,5 sm) hamda numizmatik manbalar asosida (XIV asr o‘rtalariga oid) To‘xtamishxonning 1387-yilda Zanjir Saroyga qilgan yurishlari natijasida vayron bo‘lganligi, ikkinchi qurilish davri esa XV asrning oxirlarida Qashqadaryoning o‘rta oqimidagi dehqonchilik havzalarini qayta tiklanishi va yangi dehqonchilik erlarning o‘zlashtirilishi natijasida daryoning quyi oqimlariga suv etib bormasligi sababli yodgorlik tashlab ketilganligi isbotlab berilgan;
Xo‘ja Rushnoyining chig‘atoylar, Amir Temur va temuriylar davriga oid bo‘lgan sopol buyumlari 7 ta tipga ajratildi va ularning davriy o‘ziga xosligi aniqlandi. Chig‘atoylar davridan boshlab sopol qozonlar o‘rniga temir va talk-xlorit toshidan yasalgan qozonlardan foydalana boshlaganligi isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarshi vohasining XIV-XV asrlar qishloq makonlari moddiy madaniyati (Xo‘ja Rushnoyi yodgorligi misolida)ni tahlil qilish natijasida quuidagilar amaliuotga joriu qilindi:
Qashqadaryo vohasida olib borilgan qidiruv tadqiqotlari natijasida XIV-XV asrlarga oid 2 ta shahar, 3 ta qishloq, 1 ta saroy hamda 1 ta jamoat hammomi ro‘yxatga olindi va ularning arxeologik xaritasi yaratilib, ulardan Xo‘ja Rushnoyi qishloq makonining tarixiy topografiyasi aniqlik kiritildi va bu haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariularini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi 2025-yil 6-maydagi 01-30/302-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriylantirilishi natijasida tayyorlangan ko‘rsatuv teletomoshabinlarga Qashqadaryo vohasida kechgan tarixiu jarauonlar, o‘rta asrlar davri qishloq makonlari tarixi borasidagi tasavvurlarini bouitishga xizmat qilgan.
Xo‘ja Rushnoyida olib borilgan qazuv tadqiqotlari natijasida yodgorlikda chig‘atoylar, Amir Temur va temuriylar davriga oid bo‘lgan 3 ta turar-joy tipi (bir, uch va besh xonali) aniqlanib, bu uylar ichki intereri asosida xo‘jalik xonasi, yotoqxona va mehonxonalardan iboratligi, besh xonali turar-joylarda esa uy hammomi ham mavjud ekanligi haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariularini tauuorlashda keng foudalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Ma’rifat» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasi 2025-yil 6-maydagi 01-30/302-son ma’lumotnomasi). Bu mavzudagi ko‘rsatuvlar uoshlarimizni tarixga bo‘lgan qiziqishini ortishiga xizmat qilib, xalqimizning uzoq o‘tmishini o‘rganishda moddiu madaniuatlarning o‘rni muhim ekanligini ko‘rsatib berdi.
Xo‘ja Rushnoyida olib borilgan tadqiqotlar natijasida yodgorlikda ikkita davr aniqlanib, uning birinchi qurilish davri madaniy qatlamlaridagi qalin kul qoldiqlari (20-30 sm) va ular orasida qayd etilgan kamon o‘q uchlari (uzunligi 6-7 sm, qalinligi 1-1,5 sm) hamda numizmatik manbalar asosida (XIV asr o‘rtalariga oid) To‘xtamishxonning 1387-yilda Zanjir Saroyga qilgan yurishlari natijasida vayron bo‘lganligi, ikkinchi qurilish davri esa XV asrning oxirlarida Qashqadaryoning o‘rta oqimidagi dehqonchilik havzalarini qayta tiklanishi va yangi dehqonchilik erlarning o‘zlashtirilishi natijasida daryoning quyi oqimlariga suv etib bormasligi sababli yodgorlik tashlab ketilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 11-fevraldagi 04-07/509-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Xo‘ja Rushnoyi yodgorligining kulolchilik idishlari va tanga buyumlari Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining “O‘rta asrlar davri” ekspozisiyasini boyitishga xizmat qildi.
Xo‘ja Rushnoyining chig‘atoylar, Amir Temur va temuriylar davriga oid bo‘lgan sopol buyumlari 7 ta tipga ajratildi va ularning davriy o‘ziga xosligi aniqlandi. Chig‘atoylar davridan boshlab sopol qozonlar o‘rniga temir va talk-xlorit toshidan yasalgan qozonlardan foydalana boshlaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatida keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 11-fevraldagi № 04-07/509-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan materiallar Qarshi vohasida yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, xo‘jaligi, iqtisodiy hayoti haqida muzeyga tashrif buyuruvchilarga zarur ma’lumotlarni berishda muhum ahamiyat kasb etti.

Yangiliklarga obuna bo‘lish