Xoliqov Utkir Uktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlikning jinoiy-huququy masalalari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Yu360
Ilmiy rahbar: Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich – yuridik fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.0713.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam – yuridik fanlar doktori, professor; Vohidov Sunnat Toshmurodovich – yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat huquqida hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish jinoyatlarining tarkibini kompleks tahlil qilishdan, mazkur jinoyatning obektiv va subektiv belgilari mazmun va mohiyatini tushunishga nisbatan to‘g‘ri ilmiy yondashuvni ishlab chiqishdan, hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish bo‘yicha muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolar tomonidan hokimiyat vakillarining xizmat kiyimini qonunga xilof ravishda kiyib olib, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishini oldini olish zarurati mavjud ekanligi sababli hokimiyat vakili bo‘lmagan shaxs tomonidan hokimiyat vakilining xizmat kiyimi yoki hujjatidan foydalangan holda jinoyat sodir etishini Jinoyat kodeksining 56-moddasiga asosan jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida kiritish zarurligi asoslangan;
hokimiyat vakillarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatishlar soni yildan-yilga oshib borayotganligi hamda hokimiyat vakillari va fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga nisbatan tajovuzlarlarning oldini olish choralarini kuchaytirish zarurati yuzaga kelganligi sababli Jinoyat kodeksi 219-moddasi birinchi qismi hamda ikkinchi qismining sanksiyalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hokimiyat organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda o‘z huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi lozimligi haqidagi qoidani qonunchilikda belgilash lozimligi asoslangan;
davlat organlari va tashkilotlari obektlarini qo‘riqlash jarayonlariga xususiiy sektorni jalb etish va bu bilan qo‘roqlov ostiga olinadigan obektlar sonini oshirishga muayyan ehtiyojlar paydo bo‘lganligi sababali davlat organlari va tashkilotlari o‘z obektlarini qo‘riqlash uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan tarkibiy bo‘linma yoki alohida xodim – idoraviy qorovullik bo‘linmalari tashkil etishi mumkinligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik bo‘yicha tadqiqotning quyidagi takliflari amaliyotga joriy etilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-maydagi “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3723-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsıyası” asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi 56-moddasi (Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 28- martdagi 27/2-52-22-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi sud tomonidan jazo tayinlashda qilmishning ijtimoiy xavfliligini inobatga olgan holda jazo tayinlash hamda ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olishga xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-719-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi sanksiyasini yangi tahrirda bayon qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 26-aprildagi 29-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish jinoyati uchun jazoning mutanosibligi ta’minlagan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 399-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandi oltinchi xatboshini “shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda o‘z huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi lozimligi” tahririda bayon qilinishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyundagi 12-15-44-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki boshqacha tarzda ushlab turilgan shaxsning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 598-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi haqida”gi nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisi “Davlat organlari va tashkilotlari o‘z obektlarini qo‘riqlash uchun yuridik shaxs tashkil etmasdan tarkibiy bo‘linma yoki alohida xodim – idoraviy qorovullik bo‘linmalari tashkil etish lozim” degan tahrirda shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-iyundagi 12-15-44-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi qo‘riqlanayotgan obektning hamda uni qo‘riqlashni amalga oshiruvchi xizmatchining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.