Matkarimov Akbar Muso o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish ”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmuhammedov Bobur Botirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larning 20 foizni kiritirish taklif etilgan; 
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining investisiyaviy jozibadorligini oshirish va xalqaro darajadagi investorlarni jalb etishda umumiy qiymati 10 mln AQSh dollar bo‘lgan loyihalarni xalqaro platformaga ulash orqali moliyalashtirish taklif etilgan; 
talabalar turar joylarini qurish loyihalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirishda talabalar turar joylarini qurish loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi miqdorda davlat-xususiy sheriklik bitimida xususiy sherikka beriladigan subsidiya ajratish taklif etilgan;
xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirishda 50 foiz loyihalarni skorining qilish taklif etilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larning 20 foizni kiritirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-son qarorida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 22 iyuldagi 03/41-7-6766-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining investisiyaviy jozibadorligini oshirish va xalqaro darajadagi investorlarni jalb etishda umumiy qiymati 10 mln AQSh dollar bo‘lgan loyihalarni xalqaro platformaga ulash orqali moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-son qarori bilan tasdqilangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 22 iyuldagi 03/41-7-6766-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, loyihalarning investisiyaviy jozibadorligi oshishiga, xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirishga hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarining barqaror moliyaviy ta’minotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan.
talabalar turar joylarini qurish loyihalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish shaklida talabalar turar joylarini qurish loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi miqdorda davlat-xususiy sheriklik bitimida xususiy sherikka beriladigan subsidiya ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 6 maydagi “Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-son qarorida o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 22 iyuldagi 03/41-7-6766-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini qurish loyihalarini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aralash moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan.
xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini moliyalashtirishda 50 foiz loyihalarni skorining qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 30 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 720-son qarori bilan tasdqilangan “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom”da o‘z aksini topgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 22 iyuldagi 03/41-7-6766-sonli ma’lumotnomasi).  Natijada, davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish