Abdulazizov Shuhratjon Botirjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Loyihalarni ESG tamoyillari asosida moliyalashtirishni rivojlantirish yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4975
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Inomjon Turaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Razzaqov Jasur Xamraboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Loyihalarni ESG tamoyillari asosida moliyalashtirishni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiylar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlar jami kredit portfelining kamida 5 foizini yashil sektorlarga ajratishni majburiy qilish orqali, barqaror moliyalashtirishni jadallashtirish va yashil kredit portfellarining samaradorligini oshirish taklif etilgan;
tijorat banklarida aktivlar rentabelligini va risklarni kamaytirish maqsadida muddati tugagan qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadning 25 foizi yashil obligatsiyalar va ekologik loyihalarga yo‘naltirish taklif etilgan;
tijorat banklarida ESG tamoyillarini joriy etish maqsadida “Yashil” moliyalashtirishni kengaytirish bank tomonidan ishlab chiqarish korxonlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish uchun yangi bank xizmati “Green line” tatbiq etish taklif etilgan;
bank kredit portfelini “yashillashtirish” jarayonini jadallashtirish va loyihalarni ESG tamoyillari asosida kompleks baholashni ta’minlash maqsadida ESG kredit ajratish matrisasidan foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda loyihalarni ESG tamoyillari asosida moliyalashtrishni rivojlantirish yo‘llariga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlar jami kredit portfelining kamida 5 foizini yashil sektorlarga ajratishni majburiy qilish orqali, barqaror moliyalashtirishni jadallashtirish va yashil kredit portfellarining samaradorligini oshirish taklifi “Asakabank” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Asakabank” AJning 2025-yil 10-iyundagi 19-01/590-son maʼlumotnomasi). Natijada iqtisodiyotning umumiy ekologik samaradorligi ortadi, investision jozibadorlik yaxshilanadi va milliy moliya sektorida yashil transformatsiyaning institutsional asoslari shakllangan.
tijorat banklarida ESG tamoyillarini joriy etish maqsadida “Yashil” moliyalashtirishni kengaytirish bank tomonidan ishlab chiqarish korxonlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish uchun yangi bank xizmati “Green line” tatbiq etish taklifi “Asakabank” AJning 2024–2026-yillarga mo‘jallangan bank strategiyasining ustuvor yo‘nalishlarida belgilangan hamda “Asakabank” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Asakabank” AJning 2025-yil 10-iyundagi 19-01/590-son maʼlumotnomasi).  Natijada ishlab chiqarish korxonalarining energiya samaradorligi oshadi, operatsion xarajatlari kamayadi hamda ekologik ta’sir darajasi pasayadi. Bankning kredit portfelida yashil loyihalar ulushi ortib, uning barqaror moliyalashtirish bo‘yicha strategik maqsadlariga erishish jadallashgan.
tijorat banklarida ESG tamoyillarini joriy etish maqsadida “Yashil” moliyalashtirishni kengaytirish bank tomonidan ishlab chiqarish korxonlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish uchun yangi bank xizmati “Green line” tatbiq etish taklifi “Asakabank” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Asakabank” AJning 2025-yil 10-iyundagi 19-01/590-son maʼlumotnomasi).  Natijada korxonalar uchun ishlab chiqarish tannarxi kamayadi, atrof-muhitga salbiy ta’sir darajasi qisqaradi, bankning yashil kredit portfeli hajmi ortadi va barqaror moliyalashtirishning institutsional asoslari mustahkamlangan.
bank kredit portfelini “yashillashtirish” jarayonini jadallashtirish va loyihalarni ESG tamoyillari asosida kompleks baholashni ta’minlash maqsadida ESG kredit ajratish matrisasidan foydalanish taklifi “Asakabank” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Asakabank” AJning 2025-yil 10-iyundagi 19-01/590-son maʼlumotnomasi).  Natijada kredit qarorlarining shaffofligi va sifat darajasi oshadi, yashil va ijtimoiy mas’uliyatli loyihalarning ulushi ko‘payadi, ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish