Lapasova Maftuna Sanaqul qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qadimgi Ustrushonaning antik va ilk o‘rta asrlar tarixida Qovunchi madaniyatining o‘rni” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar2013
Ilmiy rahbar: Toshboev Furqat Eshboevich, tarix fanlari doktori (DSc),professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Normuhammad O‘razovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor, Normurodov Dilmurod Raxmatullaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustrushonaning antik va ilk o‘rta asrlar davri madaniyati tarixini Qovunchi madaniyatiga oid materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Ustrushona xalqlari madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy Nurtepa madaniyati bilan bog‘liqligi va ular, asosan, me’morchilik va hunarmandchilik (kulolchilik) sohalarida namoyon bo‘lishi, antik va ilk o‘rta asrlarda kirib kelgan etnik guruhlar ta’sirida me’morchilik, kulolchilik va dafn inshootlarida yangi innovatsion o‘zgarishlar kuzatilsa-da, mahalliy madaniyatga xos an’analar o‘z xususiyatini saqlab, asos vazifasini o‘taganligi mavjud manbalar asosida isbotlangan;
antik davrda kirib kelgan dax-sarmat qabilalari va ulardan keyingi yuechju, usun va xun qabilalari hamda ilk o‘rta asrlardagi migratsiyalar natijasida, dastlab, Jetiasar, milodning boshlarida esa Qovunchi madaniyatiga xos yangi taraqqiyot jarayonlari kuzatilishi me’moriy inshootlardagi o‘zgarishlar, sopol buyumlarda qo‘lda yasalgan turli xil zoomorf tutqichli krujka va ko‘zachalar, bir tomoni yassi flyagalar va qurbonlik stolining uchrashi, altar-olov topinchlarining paydo bo‘lishi hamda dafn marosimlardagi o‘zgarishlar orqali aniqlangan; 
antik va ilk o‘rta asrlarda Ustrushonada kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq materiallar mintaqadagi o‘troq shaharsozlikka oid hamda chorvadorlarga tegishli yodgorliklarda parallel ravishda uchrashi hamda ularning O‘rta Sirdaryobo‘yi hududida o‘rganilgan Qovunchi madaniyati bosqichlariga mos kelishi yodgorliklardagi materiallar davriyligi orqali ko‘rsatib berilgan;
Ustrushonaning Qang‘ konfederatsiyasi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish o‘troq va ko‘chmanchi aholi madaniyatining bir-biriga faol ta’sir etishida sezilishi, ilk o‘rta asrlar (ayniqsa, eftalitlar davri)da ko‘plab yangi erlarning o‘zlashtirilishi, qishloq makonlari, ko‘shk, qasr va qo‘rg‘onlar qurilishi kirib kelgan aholi faoliyati bilan ham bog‘liqligi, ularda mahalliy va dasht an’analariga xos buyumlarning birgalikda uchrashi va madaniyatlar uyg‘unligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni qayta tiklash natijasida ochib berilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi Ustrushonaning antik va ilk o‘rta asrlar tarixida Qovunchi madaniyatining o‘rni tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Ustrushona xalqlari madaniyatining tarixiy ildizlari mahalliy Nurtepa madaniyati bilan bog‘liqligi va ular, asosan, me’morchilik va hunarmandchilik (kulolchilik) sohalarida namoyon bo‘lishi, antik va ilk o‘rta asrlarda kirib kelgan etnik guruhlar ta’sirida me’morchilik, kulolchilik va dafn inshootlarida yangi innovatsion o‘zgarishlar kuzatilsa-da, mahalliy madaniyatga xos an’analar o‘z xususiyatini saqlab, asos vazifasini o‘taganligi mavjud manbalar asosida isbotlashda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tomonidan 2025-yil 6-avgust 01-33/599-sonli  ma’lumotnoma). Ushbu ma’lumotlar fuqorolarimizning Qadimgi Ustrushona tarixi va madaniyatiga oid ilmiy bilimlari oshishiga xizmat qilgan; 
antik davrda kirib kelgan dax-sarmat qabilalari va ulardan keyingi yuechju, usun va xun qabilalari hamda ilk o‘rta asrlardagi migratsiyalar natijasida, dastlab, Jetiasar, milodning boshlarida esa Qovunchi madaniyatiga xos yangi taraqqiyot jarayonlari kuzatilishi me’moriy inshootlardagi o‘zgarishlar sopol buyumlarda qo‘lda yasalgan turli xil zoomorf tutqichli krujka va ko‘zachalar, bir tomoni yassi flyagalar va qurbonlik stolining uchrashi, altar-olov topinchlarining paydo bo‘lishi hamda dafn marosimlardagi o‘zgarishlar orqali aniqlanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasi tomonidan 2025-yil 6-avgust 01-33/599-sonli  ma’lumotnoma). Mazkur maʻlumotlar va koʻrgazma materiallar, muzeyga tashrif buyurgan kishilar va ayniqsa, yoshlar orasida Ustrushona aholisining antik va ilk o‘rta asrlardagi turmush tarzi va madaniyati tarixi haqidagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
antik va ilk o‘rta asrlarda Ustrushonada kechgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq materiallar mintaqadagi o‘troq shaharsozlikka oid hamda chorvadorlarga tegishli yodgorliklarda parallel ravishda uchrashi hamda ularning O‘rta Sirdaryobo‘yi hududida o‘rganilgan Qovunchi madaniyati bosqichlariga mos kelishi yodgorliklardagi materiallar davriyligi orqali ko‘rsatib berilganligi haqidagi ma’lumotlardan Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 7-aprel. 02-05/1301-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar fuqorolarimizda Qadimgi Ustrushonaning antik va ilk o’rta asrlar madaniyati tarixi haqidagi bilimlarini yangi ilmiy manbalar bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
Ustrushonaning Qang‘ konfederatsiyasi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish o‘troq va ko‘chmanchi aholi madaniyatining bir-biriga faol ta’sir etishida sezilishi, ilk o‘rta asrlar (ayniqsa, eftalitlar davri)da ko‘plab yangi erlarning o‘zlashtirilishi, qishloq makonlari, ko‘shk, qasr va qo‘rg‘onlar qurilishi kirib kelgan aholi faoliyati bilan ham bog‘liqligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni qayta tiklash natijasida ochib berilganligi haqida olingan ma’lumotlardan Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 7-aprel. 02-05/1301-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlar fuqarolarimizda mamlakatimiz tarixi va madaniyatini o‘rganishga qaratilgan ilmiy ko‘nikma va yondashuvlar bo‘yicha malakaga ega bo‘lishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish