Abdurahmanova Zarina Muysinjonovnaning
alsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda energetika korxonalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”,    08.00.13 – “Menejment” va 08.00.03- “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.DSc/Iqt4256 
Ilmiy rahbari: Mirsodiqov Abdullajon Tursunalievich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muasasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.I.60.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,  G‘aibnazarova Zumrad Talatovna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: energetika sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning boshqaruv tizimini har tomonlama tahlil qilish, mavjud tashkiliy-iqtisodiy muammolarni aniqlash hamda samarali, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish orqali ularning faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnik usullar o‘z tarkibiga texnik tadqiqotlar, texnologik jarayonlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, innovatsion va modernizatsiya hamda iqtisodiy usullarga investisiya, rag‘batlantirish va  nazorat qilishni konsentratsiyalash asosida energetika korxonalarini boshqarish tizimining tarkibiy tuzilishi asoslangan;
talablarni kompleks boshqarishni rivojlantirishni cheklovchi omillar tarkibi, kompleks talablarni boshqarish uchun ishlab chiqilgan talablar majmuini optimallashtirish orqali  elektr energiyasi iste’moliga bo‘lgan talabni kompleks boshqarish modeli dalillangan;
tizimli yondashuvga muvofiq ilmiy asoslash, maqsadli, ta’minlovchi, boshqariladigan hamda nazorat quyi tizimlarini nazariy va uslubiy jihatlarini umumlashtirish asosida energetika korxonalarini boshqarish tizimining tarkibiy modeli takomillashtirilgan;
elektr energiya iste’moli hajmi, elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati, aholi jon boshiga elektr energiya ta’minoti hajmi va aholi jon boshiga elektr energiya iste’moli hajmi kabi omillar tahlili asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda energetika korxonalari faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnik usullar o‘z tarkibiga texnik tadqiqotlar, texnologik jarayonlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, innovatsion va modernizatsiya hamda iqtisodiy usullarga investisiya, rag‘batlantirish va  nazorat qilishni konsentratsiyalash asosida energetika korxonalarini boshqarish tizimining tarkibiy tuzilishi asoslanishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston  Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 16-fevraldagi 9/03-30-2367-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv usullarini texnik va iqtisodiy usullarga optimal tasniflash orqali energetika korxonalari faoliyatini boshqarish tizimi samaradorligi 10-12 foizga ortgan;
talablarni kompleks boshqarishni rivojlantirishni cheklovchi omillar tarkibi, kompleks talablarni boshqarish uchun ishlab chiqilgan talablar majmuini optimallashtirish orqali  elektr energiyasi iste’moliga bo‘lgan talabni kompleks boshqarish modeli dalillan bo‘yicha ilmiy yangilik  O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston  Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 16 - fevraldagi 9/03-30-2367-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida energiya iste’moliga bo‘lgan kompleks talablarni boshqarish uchun ishlab chiqilgan talablar majmui ta’minotchi korxonalar tomonidan etarli choralar ishlab chiqishni hamda iste’mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlarni muntazam ravishda amalga oshirishni samarali boshqarish aniqligi 2 barobarga ortgan;
tizimli yondashuvga muvofiq ilmiy asoslash, maqsadli, ta’minlovchi, boshqariladigan hamda nazorat quyi tizimlarini nazariy va uslubiy jihatlarini umumlashtirish asosida energetika korxonalarini boshqarish tizimining tarkibiy modeli takomillashtirilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston  Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 16 - fevraldagi 9/03-30-2367-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida energetika korxonalarini boshqarishni tizim shaklida asosiy elementlarini, ularning atrof-muhit bilan ichki va tashqi aloqalarini aniqlash va boshqaruv vositasi sifatida foydalanish, hudududlarda energetika resurs komponentlarini samarali taqsimlashning integral chegaralari aniqligi dalillangan;
elektr energiya iste’moli hajmi, elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati, aholi jon boshiga elektr energiya ta’minoti hajmi va aholi jon boshiga elektr energiya iste’moli hajmi kabi omillar tahlili asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston  Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 16- fevraldagi 9/03-30-2367-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida makro darajada umumiy sifat darajasi (Darbin-Uotson mezoni 1,56 ga teng) yuqori bo‘lgan chiziqsiz modelga asoslangan, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 2028-yilgacha bo‘lgan tafovut oralig‘i 0,29 foiz diapazonga teng  maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish