Suyunov Samaritdin Samatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasining sug‘orilish tarixi (Qadimgi davrdan to XX asr oxirlarigacha)” . 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2023.4. DSc / Tar 313
Ilmiy maslahatchi: Raimqulov Abdusabur Azzamovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Eshov Baxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor; Saidov Ilhom Muhiddinovich, tarix fanlari doktori, professor, Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo vohasining qadimgi davrdan to XX asr oxirlarigacha bo‘lgan davri  sug‘orilish tarixini ochib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Qashqadaryoning qadimgi davrdan to XX asr oxirlarigacha bo‘lgan sug‘orilish tarixiga doir bo‘lgan yozma manbalar ma’lumoti bilan birga arxeologik materiallarni qiyosiy tahlil qilish asnosida vohaning qadim va o‘rta asrlar davi sug‘orish tarmoqlarining joylashuviga aniqliklar kiritildi hamda arxeologik yodgorliklar bilan bog‘liq bo‘lgan irrigatsiya xaritasi yaratilgan; 
Qashqadaryo vohasida ilk sug‘orma dehqonchilik manzilgohlari miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda paydo bo‘lganligi va taraqqiyotning keyingi davrilarida sug‘oriladigan er maydonlarining bir necha marta ortganligi Erqo‘rg‘on shahar xarobasi yaqinidagi uzunligi 10 km gacha bo‘lgan ilk sug‘orish shahobchalari va uning atrofidagi arxeologik yodgorliklar misolida dalillangan;
Arxeologik qidiruv tadqiqotlari natijasida Qashqadaryo vohasida ro‘yxatga olingan 904 ta arxeologik yodgorlikdan 444 tasi (tosh davriga oid 5 ta, bronza davriga oid 3 ta, ilk temir davriga oid 6 ta, antik davriga oid 205 ta, rivojlangan o‘rta asrlarga oid 235 ta, so‘nggi o‘rta asrlarga oid 66 ta) ilk o‘rta asrlarga oid ekanligi ham voha bo‘ylab, sug‘orilish dinamikasidagi o‘zgarishlar mavjud arxeologik yodgorliklar misolida aniqlangan; 
XV-XVI asrlarda vohada sug‘oriladigan er maydonlari hajmini oshirish maqsadida Zarafshon va Amudaryo suvlarini bir qismi Qashqadaryo daryosiga olib kelinib, Qarshi va Koson tumanlarida Po‘lati, Rudaksoy, Koson, Sariq, Mushvan, Denov, Qamashi, Fazli, San’at, Dasht, Patron, Chaqirgul, Beshkent, Fayzobod nomli yangi yirik sun’iy sug‘orish kanallari bunyod qilinishi natijada vohada o‘zlashtiriladigan er maydonlarining hajmi 120 ming gektarga etkanligi isbotlangan;
XIV-XVI asrlarda Buyuk Ipak yo‘lining tarmoqlari bo‘ylab joylashgan sardobalar (O‘rachi, Talimarjon, Egizak, Garcha, Yusuf, Qarshi, Yakka, Fatto, Ashun, Begicha, Sho‘rcha va Nishon)ni qurilishi natijasida Qarshi-Kelif, Qarshi-Karki va Qarshi-Buxoro savdo yo‘li tarmoqlarini qayta tiklashga sabab bo‘lganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasining sug‘orilish tarixi (Qadimgi davrdan to XX asr oxirlarigacha) mavzusi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar asosida Qashqadaryo vohasining qadimgi va o‘rta asrlar sug‘orilish tarixiga doir bo‘lgan yozma manbalar ma’lumoti bilan birga arxeologik matriallarning qiyosiy tahlili orqali voha sug‘orish tarmoqlarining joylashuviga aniqlik kiritildi. Shu bilan birga, vohadagi o‘rganilgan arxeologik yodgorliklar bilan bog‘liq bo‘lgan irrigatsiya xaritasi tuzildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 5 iyundagi 02-18/1827-son ma’lumotnomasi). Hozirda Yakkabog‘daryo, Oqsuvdaryo va Tanhozdaryo irrigatsiya rayonlarining arxeologik yodgorliklar majmualari yaratilgan bo‘lib, unda voha yodgorliklarning o‘rni, ularning sug‘orilish tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan xaritalaridan muzey ko‘rgazmalarida keng foydalanilmoqda.
Mavzu doirasida, xususan, vohada o‘rganilgan “G‘ishtband” (XII asr) suv ombori o‘rnida tadqiqotchining ilmiy natijalariga suyangan holda Samarqand viloyat Zarafshon irrigatsiya tizimlari havzasiga qarashli suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi quruvchilari tomonidan qaytadan (2016 yilda) yangi suv ombori qurildi. (Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot huzuridagi Samarqand mintaqaviy markazining 2023-yil 21-iyundagi 21-04-sonli ma’lumotnomasi).
Qashqadaryo vohasining geografik o‘rni, hududiy tarixiy topografiyasi, suv manbalari va suv inshootlari, qurilish me’morchiligi tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti hamda ularning qadim va o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo madaniyatida tutgan o‘rni to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” va “Muzeyga sayohat” kabi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradio kanali davlat muassasasi” ning 2023-yil 31-maydagi 02-31-855-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar Qashqadaryo vohasining sug‘orma dehqonchiligini hozirgi holati haqida, qadimiy va mahalliy turli usullar hamda eng zamonaviy va ilmiy tadqiqotlarning dehqonchilikda tadbiq qilinayotganligi, ularning hozirgi kundagi amaliyoti bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini beradi. Bunday yangi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazib berishga xizmat qilgan. 
XIV-XVI asrlarda Buyuk Ipak yo‘lining tarmoqlari bo‘ylab joylashgan sardobalar (O‘rachi, Talimarjon, Egizak, Garcha, Yusuf, Qarshi, Yakka, Fatto, Ashun, Begicha, Sho‘rcha va Nishon)ni qurilishi natijasida Qarshi-Kelif, Qarshi-Karki va Qarshi-Buxoro savdo yo‘li tarmoqlarini qayta tiklashga sabab bo‘lganligi haqidagi ilmiy yangilik va xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” va “Muzeyga sayohat” kabi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradio kanali davlat muassasasi” ning 2023-yil 31-maydagi 02-31-855-sonli ma’lumotnomasi). Natija keltirilgan ma’lumotlar teletomoshabinlarda XIV-XVI asrlarda Buyuk Ipak yo‘li tarmoqlari bo‘ylab joylashgan sardobalar haqidagi ma’lumotlarining yanada boyishi uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish