Ergasheva Nafisa Baxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotda aholi daromadlarini oshirish va tabaqalanishini qisqartirish yo‘nalishlari”, 08.00.01-“Iqtisodiyot nazaryasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt 4648.
Ilmiy rahbar: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘aniev Muhamatjon Halilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda aholi daromadlarini oshirish va tabaqalanishini qisqartirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikada aholi daromadlari tabaqalanishini har bir hududda faoliyat yuritayotgan “Mahalla ettiligi” tashabbusi bilan yetakchi tadbirkorlik sub’ektlarini aniqlash va ularga “og‘ir” mahallalarda kasanachilikni rivojlantirish asosida kambag‘allar bandligini ta’minlash uchun besh yilgacha imtiyozli kredit ajratish orqali qisqartirishning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslangan;
Respublikada aholi daromadlari shakllanish manbalarini diversifikatsiya qilishga tomorqa er uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subektlariga davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan har bir nafar tomorqa er uchastkasi egasi uchun subsidiya ajratish orqali erishish taklifi asoslangan;
Kam ta’minlangan aholi real daromadlarini oshirishning iqtisodiy mexanizmini ishchi kuchi bozorida raqobatlasha olmaydigan ishsizlarni kasbga o‘qitish va u bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
mamlakatda ishsiz yoshlarning daromad manbalarini shakllantirish mexanizmini ularning “innovatsion g‘oyalari”ni “tayyor biznes model”ga aylantirish va innovatsion tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun zarur bo‘ladigan asosiy kapitalni uzoq muddatli foizsiz lizing asosida taqdim etish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotda aholi daromadlarini oshirish va tabaqalanishini qisqartirish yo‘nalishlari boʻyicha takliflar asosida:
Respublikada aholi daromadlari tabaqalanishini har bir hududda faoliyat yuritayotgan “Mahalla ettiligi” tashabbusi bilan yetakchi tadbirkorlik sub’ektlarini aniqlash va ularga “og‘ir” mahallalarda kasanachilikni rivojlantirish asosida kambag‘allar bandligini ta’minlash uchun besh yilgacha imtiyozli kredit ajratish orqali qisqartirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabdagi PF-143-sonli “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 avgustdagi 504-son “Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 23-apreldagi 01/00-04/10-3783-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi rivojlanishda orqada qolayotgan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahallalarda aholi bandligini ta’minlash orqali ularning daromad manbaini yaratish va farovonligini oshirishga erishiladi;
Respublikada aholi daromadlari shakllanish manbalarini diversifikatsiya qilishga tomorqa er uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subektlariga davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan har bir nafar tomorqa er uchastkasi egasi uchun subsidiya ajratish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-sonli “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 1-g-bandining 1-6-xatboshilarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 23-apreldagi 01/00-04/10-3783-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi respublikada kambag‘al oilalarning bandligini ta’minlash, tomorqa er uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilish va shu asosda aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi;
Kam ta’minlangan aholi real daromadlarini oshirishning iqtisodiy mexanizmini ishchi kuchi bozorida raqobatlasha olmaydigan ishsizlarni kasbga o‘qitish va u bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 450-son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha na’munaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 23-apreldagi 01/00-04/10-3783-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda kambag‘al aholi qatlamini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashda byudjet xarajatlarining samarali sarflanishi va ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi qatlamlarining nisbatan ko‘proq daromad olishi ta’minlanadi;
mamlakatda ishsiz yoshlarning daromad manbalarini shakllantirish mexanizmini ularning “innovatsion g‘oyalari”ni “tayyor biznes model”ga aylantirish va innovatsion tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun zarur bo‘ladigan asosiy kapitalni uzoq muddatli foizsiz lizing asosida taqdim etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 450-son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha na’munaviy konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 23-apreldagi 01/00-04/10-3783-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada yoshlarning innovatsion tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari va shu asosda aholi real daromadlarining oshishiga erishiladi.