Ne’matova Flora Baxtiyor qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini shakllantirishning nazariy asoslari” 13.00.01 –Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3008
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Izbullaeva Gulchehra Valereevna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc); Jo‘raev Bobomurod Tojievich, dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini shakllantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyaviy yondashuvli o‘quv muhiti o‘rganilgan bilimlarni turli kontekstlarda ijodiy qo‘llash, rivojlantiruvchi “development task” va tekshiruvchi “evaluation task” topshiriqlarni input hamda output talim berish tamoyillariga asoslangan metodik ta’minotning amaldagi holatini qiyosiy tahlil qilish orqali aniqlashtirilgan;
o‘qish darslarida o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish ko‘nikmasi "ijodiy nutqiy kompetentlik" ning spesifik integratsiyalashgan tizimi vositasida o‘quvchilarni interpretiv ma’no yaratishga yo‘naltiruvchi konvergent, metaforik va simvolik fikrlashni ta’minlovchi o‘qituvchining nostandart akmeologik yondashuviga ustuvorlik berish orqali rivojlantirilgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturidan foydalanish mazmuni o‘quvchilarning 4K tamoyiliga asoslangan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, hamkorlikda ishlay olish, fikrni bildirish, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, muloqotga kirisha olishga oid kommunikativ kompetentligining shakllanganlik darajasini baholovchi kreativ mezonlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy asoslari akmeologik, innovatsion, integratsion mezonlarni multimedia, on-layn kurslar, loyihalash dasturlari, tanqidiy fikrlashga oid o‘yinlarga qaratilgan kreativ o‘quv topshiriqlar asosida kognitiv rivojlanish, refleksiv fikrlash, ijtimoiy moslashishga oid shaxsiy-hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirishga oid yangi g‘oyalarni yaratishga asoslangan metodik tavsiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini shakllantirishga doir tadqiqot ishi natijasi asosida:
PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyaviy yondashuvli o‘quv muhiti o‘rganilgan bilimlarni turli kontekstlarda ijodiy qo‘llash, rivojlantiruvchi (development task) va tekshiruvchi (evaluation task) topshiriqlarni input hamda output talim berish tamoyillariga asoslangan metodik taminotning amaldagi holatini qiyosiy tahlil qilish orqali aniqlashga oid tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus talim Vazirligining 2021-yil 23-noyabrdagi 500-son qaroriga asosan berilgan 500-114 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetentligini shakllantirish hamda talim berish tamoyillariga yo‘naltirilgan metodik taminotning amaldagi holatini aniqlashga sharoit yaratilgan;
o‘qish darslarida o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish ko‘nikmasi innovatsion, integratsion, kreativ, mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi ijodiy matnlardan foydalanishni ta’minlovchi o‘qituvchining nostandart akmeologik yondashuviga ustuvorlik berish orqali rivojlantirishga oid takliflar “Ijtimoiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus talim Vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 302-0736 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘qish darslarida PIRLS xalqaro baholash dasturi topshiriqlariga mos o‘quv topshiriqlarini qo‘llash samaradorligi oshgan;
PIRLS xalqaro baholash dasturidan foydalanish mazmuni o‘quvchilarning izchillik, tizimlilik, integrativlik tamoyillarga asoslangan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, hamkorlikda ishlay olish, fikrni bildirish, muloqotga kirisha olish ko‘nikmalari va kommunikativ kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini baholovchi kreativ mezonlarni kiritish orqali takomillashtirilgan tavsiya hamda ilmiy xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining dasturida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-oktyabr 02-09-295-son malumotnoma). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida kommunikativ kompetentligini shakllantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy asoslari akmeologik, innovatsion, integratsion mezonlarni multimedia, on-layn kurslar, loyihalash dasturlari, tanqidiy fikrlashga oid o‘yinlarga qaratilgan kreativ o‘quv topshiriqlar asosida kognitiv rivojlanish, refleksiv fikrlash, ijtimoiy moslashishga oid shaxsiy-hayotiy ko‘nikmalarni tarkib toptirishga oid yangi g‘oyalarni yaratishga asoslangan metodik tavsiyalar asosida takomillashtirilgan takliflardan “Pedagogik mahorat” nomli darslik mazmunini boyitishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 8-apreldagi 11-05-2152/0-4son malumotnomasi). Natijada, undan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, yosh o‘qituvchilari, malalaka oshirish kurs tinglovchilari o‘zlarining kasbiy mahoratlarini oshirishda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratilgan.