Bafoeva Nilufar Salim qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Talabalarda tarjima kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” (Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi misolida) 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz  tili).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped 7422
Ilmiy rahbar: Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Gulnoz Ne’matovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarida tarjima kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda amaliyotga tadbiq etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarida tarjima kompetensiyasini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida tavsiflanib,  didaktik imkoniyatlari lingvistik, madaniy, ekspertlik (professional) va strategik komponentlarga asoslangan integral-faoliyat turini tashkil etishning tizimli bosqichlari orqali asoslangan;
xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarining tarjima kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida modulyasiya, ekvivalentlik, transliteratsiya, domestikatsiya, forinizatsiya strategiyalariga asoslangan tarjima faoliyatini nutq malakalari integratsiyasi jarayoniga uyg‘unlashtirishning tashkiliy-tuzilmaviy ierarxiyasining didaktik traektoriyasini qurish asosida takomillashtirilgan;  
xorijiy til va adabiyoti fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda talabalarning tarjima kompetensiyasini rivojlantirishda uchraydigan fosilizatsiya muammosini SSPS (six steps of problem solving) olti bosqichli modeli nazariy va amaliy mashg‘ulotlari natijadorligini oshirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; 
xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarida tarjima kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining samaradorligi semantik moslik, grammatik aniqlik, stilistik uyg‘unlik, kontekstual va madaniy moslik mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarining tarjima kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
oliy ta’lim muassasalari xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarida tarjima kompetensiyasini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida tavsiflanib,  didaktik imkoniyatlari lingvistik, madaniy, ekspertlik (professional) va strategik komponentlarga asoslangan integral-faoliyat turini tashkil etishning tizimli bosqichlari asosida badiiy asarlarda uchraydigan stilistik, grammatik, sintaktik, frazeologik qiyinchiliklarni bartaraf etish, asarlarda uchraydigan madaniy va ijtimoiy muammolarni engishga qaratilgan va adekvat tarjimaga erishish maqsadida tavsiya etilgan usullar va tarjima strategiyalardan keng foydalanilgan. (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2025 yil 6 maydagi 01-03 214-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarjimani o‘qitishning nazariy imkoniyatlari yanada kengayganini dalillandi;
xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarining tarjima kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida modulyasiya, ekvivalentlik, transliteratsiya, domestikatsiya, forinizatsiya strategiyalariga asoslangan tarjima faoliyatini nutq malakalari integratsiyasi jarayoniga uyg‘unlashtirishning tashkiliy-tuzilmaviy ierarxiyasining didaktik traektoriyasini qurish asosida “Badiiy tarjima” fani darslarida tadqiqotchining “Literary translation” (Badiiy tarjima) o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-iyuldagi 01/02-2923-son ma’lumotnomasi). Natijada, seminar mashg‘ulotlarida o‘quv qo‘llanmaning talabalarga tarjimani o‘qitish samaradorligini oshiruvchi mashqlar tizimidan foydalanilgan
xorijiy til va adabiyoti fanini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda talabalarning tarjima kompetensiyasini rivojlantirishda uchraydigan fosilizatsiya muammosini SSPS (six steps of problem solving) olti bosqichli modeli nazariy va amaliy mashg‘ulotlari natijadorligini oshirishga ustuvorlik berish asosida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 23-iyuldagi № 01/4-3258-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ikki til o‘rtasidagi badiiy asarlarda uchraydigan madaniy va ijtimoiy nozik jihatlarni aniqlash va ularga echim sifatida badiiy matnlar tarjimasi uchun o‘ziga xos strategiylaridan foydalanildi
xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalarida tarjima kompetensiyasini rivojlantirish metodikasining samaradorligi semantik moslik, grammatik aniqlik, stilistik uyg‘unlik, kontekstual va madaniy moslik mezonlari asosida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 23-iyul № 01/4-3257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining boy morfologiyasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni hal qilish uchun maxsus morfematik tahlil va lemmatizatsiya, shuningdek, disambiguatsiya usullarini tarjima jarayoniga integratsiya qilishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish