Omonov Turg‘unboy Abdusoqievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida sug‘urta terminlari polisemiyasining rivojlanish omillari (leksikografik manbalar va iqtisodiy matnlar misolida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5100
Ilmiy rahbar: Dalieva Madina Xabibullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna filologiya fanlari doktori, dotsent va Mansurova Nodira Anvarovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida sug‘urta terminlari polisemiyasining rivojlanish omillarini, ularning leksikografik manbalar va iqtisodiy matnlarda qo‘llanilish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polisemantik sug‘urta terminlarinining leksik-semantik jihatdan o‘zlashma, gibrid va etimologik xususiyatlarini aniqlash orqali ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va metaforik ko‘chish asosida sodda, qo‘shma va hosila struktur-semantik modellari va morfologik-sintaktik yasalish mexanizmlari ochib berilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda madaniy komponentli xalqaro va muqobilsiz polisemantik sug‘urta terminlarini tasniflash orqali ularning lingvistik, ekstralingvistik va ijtimoiy-madaniy shakllanish omillari, tarixiy-an’anaviy, zamonaviy-innovatsion va global-integratsion rivojlanish bosqichlari va milliy konseptual tizimdagi strukturaviy (insure: insurer, insurance, reinsurance; sug‘urtalamoq: sug‘urtachi, sug‘urta, qayta sug‘urtalash), leksik-semantik (cyber insurance / kiber sug‘urta) va funksional-pragmatik (security → xavfsizlik → kafolat) xususiyatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘p ma’noli sug‘urta terminlarining valentlik va transformatsion tahlil asosida affiksatsiya, kompozisiya, konversiya va abbreviatsiya yasalish usullari hamda bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli termin yasash modellarining allomorf (ingliz tilida xalqaro prefikslar va konversiya faolligi; o‘zbek tilida milliy suffikslar ustunligi) va izomorf (kompozisiyaning umumiy nominativ modeli; bir komponentli terminlarning funksional o‘xshashligi; ko‘p komponentli modellarning parallel shakllanishi) jihatlari asoslangan;
polisemantik sug‘urta termin-frazemalarining globallashuv va innovatsion jarayonlar ta’sirida milliy madaniyat, urf-odat va an’analar bilan bog‘liq semantik komponentlari (family protection insurance/oila himoyasi sug‘urtasi), metaforik ko‘chim asoslari (umbrella insurance/sug‘urta qalqoni) va funksional-diskursiv xususiyatlari (claim settlement/da’voni ko‘rib chiqish) lingvokulturologik tahlil usuli orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
polisemantik sug‘urta terminlarinining leksik-semantik jihatdan o‘zlashma, gibrid va etimologik xususiyatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri va metaforik ko‘chish asosida sodda, qo‘shma va hosila struktur-semantik modellari va morfologik-sintaktik yasalish mexanizmlariga oid ilmiy natijalardan 2020-2023 yillarda Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi CM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of World LanguaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433- (Evropa ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) amalga oshirilgan loyihasida leksikografiya yo‘nalishi bo‘limida foydalanildi (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 26-dekabrdagi 18-3/818-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar loyiha doirasida elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda madaniy komponentli xalqaro va muqobilsiz polisemantik sug‘urta terminlarini tasniflash orqali ularning lingvistik, ekstralingvistik va ijtimoiy-madaniy shakllanish omillari, tarixiy-an’anaviy, zamonaviy-innovatsion va global-integratsion rivojlanish bosqichlari va milliy konseptual tizimdagi strukturaviy (insure: insurer, insurance, reinsurance; sug‘urtalamoq: sug‘urtachi, sug‘urta, qayta sug‘urtalash), leksik-semantik (cyber insurance / kiber sug‘urta) va funksional-pragmatik (security → xavfsizlik → kafolat) xususiyatlariga doir xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti AQSh Davlat Departamenti va O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan SUZ80021GR3106-sonli “The English Access Microscholarship Program” innovasion loyihasi doirasida “O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va kompyuter savodxonligini oshirish” maqsadida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 25-dekabrdagi 01/817-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa va tavsiyalar loyiha doirasida elektron resurslar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘p ma’noli sug‘urta terminlarining strukturaviy xususiyatlarini valentlik va transformatsion tahlil asosida aniqlash orqali terminlarning affiksatsiya, kompozisiya, konversiya va abbreviatsiya yasalish usullari hamda bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli termin yasash modellarining allomorf va izomorf jihatlariga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-F-1-005 sonli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini ilmiy o‘rganish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston Gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 13-yanvardagi 13/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertasiya ilmiy natijalari loyiha doirasida dastur, qo‘llanma va ishlanmalar ishlab chiqishda hamda taklif qilingan tavsiya va xulosalar amaliy loyiha yaratishda va uning takomillashishiga xizmat qilgan;
polisemantik sug‘urta termin-frazemalarining globallashuv va innovatsion jarayonlar ta’sirida milliy madaniyat, urf-odat va an’analar bilan bog‘liq semantik komponentlari (family protection insurance/oila himoyasi sug‘urtasi), metaforik ko‘chim asoslari (umbrella insurance/sug‘urta qalqoni) va funksional-diskursiv xususiyatlari (claim settlement/da’voni ko‘rib chiqish) lingvokulturologik tahlil usuliga oid natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan o‘tkazilgan mintaqaviy tashkilotlar tadbirlarida og‘zaki va yozma tarjimalar qilish jarayonida madaniy merosga oid terminlarning tadqiqotini o‘tkazishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 25-dekabrdagi 04-05/4964-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadbir kontentini yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.