Qayumov Abduvaxob Abdurashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Istiqlol davri o‘zbek hikoyalarining struktural poetik tadqiqi” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ----------------------.
Ilmiy rahbar: Solijonov Yo‘ldoshxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSs.30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Umida Rasulova, filologiya fanlari doktori, dotsent Xurshida Hamroqulova, filologiya fanlari doktori, professor Gulchehra Imomova.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida hikoya janrining takomili, badiiy-estetik o‘ziga xosligini o‘rganish, ob’ekt sifatida tanlangan adiblar hikoyalarining struktural poetik xususiyatlarini struktural metod asosida tahlil qilish, takomillashtirish, tahlil hamda talqin asosida chiqarilgan xulosalarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ushbu tadqiqotda badiiy matnlarning inson ongiga ta’sirini o‘rganishda biometrik belgilar (yurak urish tezligi) va sotsiologik so‘rovnomalardan foydalanishning yangicha yondashuvi taklif etilib, uning samaradorligi isbotlangan. Bu esa adabiy asarlarning ijtimoiy va psixologik ta’sirini ob’ektiv o‘rganish imkonini berib, adabiyotshunoslik fanining amaliy ahamiyatini oshirish zarurligini ko‘rsatib bergan. Adabiy asarlarni tadqiq etishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga asoslangan "Amaliy adabiyotshunoslik" fanining ilmiy-nazariy asoslari yaratilib, uni magistratura bosqichiga kiritishning ilmiy jihatlari va dolzarbligi dalillangan.
istiqlol davrida yaratilgan o‘zbek hikoyalaridagi funksional birliklar, harakatlar va badiiy kodlar asosida amalga oshirilgan tahlillar yordamida ijodkorning badiiy mahoratiga baho berilgan, shuningdek, struktural metodning tadqiqot usullari orqali o‘zbek hikoyalari badiiy qurilishidagi poetik xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan;
hikoya matni mazmunini yoritishda struktural mukamallikni ta’minlashga xizmat qiluvchi oltita poetik zanjir, mazmuniy mundarijani ochib berishga xizmat qiluvchi o‘n to‘rtta yangi badiiy kodlar yordamida tahlillarni amalga oshirish taklif sifatida berilgan bo‘lib, tavsiya qilingan tadqiqot elementlari asosida asar poetikasiga manzilli yondashuv imkoniyati kengaygan. Yangi poetik zanjir va kodlarning badiiy tahlildagi o‘rni nazariy va tahliliy ma’lumotlar yordamida asoslangan;
hikoyalarda ifodalangan kitobxon kodi mohiyatini yoritishda fanlararo integratsiya va kompleks yondashuvda matnni o‘rganish bilan cheklanmasdan, uni o‘quvchi tomonidan qanday qabul qilinishi ham tadqiq etildi. Sotsiologik va psixologik so‘rovnomalar yordamida kitobxonlarning adabiy asarga, mazmunga bo‘lgan sub’ektiv munosabati aniqlandi. Bundan tashqari, zamonaviy texnologiyalar vositasida o‘tkazilgan kuzatuv usullari asar ta’sirini ilmiy jihatdan o‘lchashga imkon berdi. Ushbu kompleks tahlillar natijasida badiiy asar tahlilidagi ilmiy xulosalarning aniqlik darajasi sezilarli darajada ortishi isbotlangan;
hikoyalarni struktural va poetik jihatdan tadqiq qilishda struktural metodning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanish, an’anaviy yondashuvlarga yangiliklar kiritib, asarning har bir elementini chuqur tahlil qilishga imkon bergan. Bunda hikoyaning funksional birliklari (obrazlar, motivlar, makon va zamon), harakatlar izchilligi (syujet rivoji) va badiiy kodlari (simvollar, metaforalar) bir butunlikda o‘rganilgan. Eng muhimi, mazkur tadqiqotda bu yondashuvlarga qo‘shimcha ravishda, o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomalar va biometrik belgilar (ko‘z harakati, teri reaksiyasi) asosida olingan ma’lumotlar ham tahlilga kiritilgan. Bu esa asarning faqatgina ichki tuzilishini emas, balki uning kitobxon ongi va his-tuyg‘ulariga qanchalik ta’sir qilayotganini ham ilmiy jihatdan asoslash imkonini bergan. Natijada, struktural metod hikoyaning barcha asosiy qirralarini qamrab oladigan, shuningdek, asar va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ham ilmiy tahlil qiluvchi namuna sifatida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hikoya janri badiiy tahliliga oid yangicha yondashuvlar natijalari asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
hikoyalarni struktural va poetik jihatdan tadqiq qilishda struktural metodning zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanish, an’anaviy yondashuvlarga yangiliklar kiritib, asarning har bir elementini chuqur tahlil qilish, hikoyaning funksional birliklari (obrazlar, motivlar, makon va zamon), harakatlar izchilligi (syujet rivoji) va badiiy kodlari (simvollar, metaforalar) bir butunlikda o‘rganishga qaratilgan tahlillardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanigan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 25 iyundagi 01/4-2713-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platformaning ilmiy potensiali boyidi, hikoya janri va struktural metod bo‘yicha yangiliklar, amaliy adabiyotshunoslik va neyroadabiyotshunoslik borasidagi izlanishlar natijalari platformaning zamonaviy ilimiy jarayonga moslashish borasidagi imidji oshishida muhim rol o‘ynadi;
badiiy matnlarning inson ongiga ta’sirini o‘rganishda biometrik belgilar (yurak urish tezligi) va sotsiologik so‘rovnomalardan foydalanishning yangicha yondashuviga oid ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023 yillarda bajarilgan IL-402104474, “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli davlat granti doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025 yil 25 iyundagi 01/4-2713-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada shakllantirilgan kognitiv model va raqamli dasturiy echimlar nazariy asoslar bilan boyitilib, loyihaning ilmiy-metodik salohiyati kuchaydi.
istiqlol davrida yaratilgan o‘zbek hikoyalari funksional birliklar, harakatlar va badiiy kodlar yordamida amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida ijodkorning badiiy mahoratiga baho berilganligi haqidagi ma’lumotlardan “Mahalla” teleradiokanali eshittirishlarida foydalanildi (“Mahalla” teleradiokanalining 2025 yil 29 iyuldagi 28-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy yondashuv va tadqiqot xulosalarining eshittirishda qo‘llanishi ushbu dasturlarning ilmiy saviyasi oshishiga, ularning mavzuviy boyligini ta’minlash va tinglovchilar auditoriyasiga yanada chuqur hamda mazmunli adabiy-estetik tahlillarni etkazishga xizmat qildi;
istiqlol davrida yaratilgan o‘zbek hikoyalari funksional birliklar, harakatlar va badiiy kodlar yordamida amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida ijodkorning badiiy mahoratiga baho berilgan orinlardan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlangan “Mutolaa” va “Yoshlar uchun ming kitob” loyihalarining ijrosi doirasida amaliy-uslubiy asos sifatida foydalanildi (Yoshlar ishlari agentligining 2025 yil 15 iyuldagi 4-10-21-3865-son ma’lumotnomasi) Natijada ilmiy boyitilgan tadbirlar yoshlarning badiiy asarni strukturaviy o‘qish malakasini shakllantirish, tahliliy saviyasini oshirish, o‘zbek hikoyachiligining istiqlol davridagi yutuqlarini anglash va ularni baholashga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi;
hikoyalarda ifodalangan kitobxon kodi mohiyatini yoritishda fanlararo integratsiya va kompleks yondashuvda matnni o‘rganish bilan cheklanmasdan, uni o‘quvchi tomonidan qanday qabul qilinishiga oid xulosalardan Turkiyadagi Hoji Bayram Vali universiteti 2024-2025 o‘quv yili bahor semestrida o‘qitilgan CLE-404, tadqiqot loyihasi (bakalavr), LEO560212, Turkiy dunyo adabiyotida roman va hikoya (doktorantura); LEO101808, mutaxasisslik yo‘nalishi – IV (doktorantura) fanlarida nazariy va amaliy jihatlari bilan foydalanilgan. (Turkiyadagi Hoji Bayram Vali universitetining 2025 yil 3 iyuldagi ma’lumotnomasi) Natijada talabalarning mustaqil tadqiqot topshiriqlari, taqdimotlari, hikoya tahlillariga oid semestr loyihalari va shu orqali ta’lim-tarbiya jarayoni sifat jihatidan yaxshilandi;
hikoyalarda ifodlangan kitobxon kodi mohiyatini yoritishda fanlararo integratsiya hamda kompleks yondashuv imkoniyalaridan foydalanish, sotsiologik, psixologik so‘rovnomalar va biometrik kuzatuv usullari asosida amalga oshirilgan tahlillarda ilmiy xulosalarning aniqlik darajasi ortishi kabi tajribalardan Turkiyaning Artvin Cho‘ruh universiteti talabalari 2025-yil bahorgi semetrida “TDE-404: Tadqiqot loyihasi” (bakalavr), TDE-453: “Hozirgi turk adabiyotlari” (bakalavr), “TDE-5846: Solishtirma turk adabiyoti” (magistratura) fanlarini o‘qitish jarayonida foydalanildi (Turkiyadagi Artvin Cho‘ruh universitetining 2025 yil 1 iyuldagi E.6236-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba va magistrantlar zamonaviy adabiy tahlil usullaridan foydalanish, kitobxon kodi masalasining badiiy asar tahlilidagi ahamiyati borasida yuqori darajada amaliy tajriba to‘pladilar;
hikoya matni mazmunini yoritishda struktural mukamallikni ta’minlashga xizmat qiluvchi oltita poetik zanjir, mazmuniy mundarijani ochib berishga xizmat qiluvchi o‘n to‘rtta yangi badiiy kodlar yordamida tahlillarni amalga oshirish bo‘yicha Tojikiston Respublikasi Xo‘jand davlat universiteti (akademik B.G‘afurov nomidagi)da o‘zbek adabiyotidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek, magistraturada «Qiyosiy adabiyotshunoslik», «Adabiyot tarixi», «Adabiyot nazariyasi» kabi fanlarni o‘qitishda, bundan tashqari, aspirantlar va tadqiqotchilar ham ushbu dissertatsiya materiallaridan hikoya janri, adabiyotshunoslik metodologiyasi va struktural tahlilga oid ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalanishmoqda. (Xo‘jand davlat universitetining 2025 yil 30 iyundagi 01/2783-son ma’lumotnomasi) Natijada, hikoya janrining tarixiy rivojlanishini o‘rganish, struktural tahlil usullari, adabiy tadqiqotlarda badiiy kodlarning ahamiyati, jumladan, kitobxon kodi, biometrik tahlil, neyroadabiyotshunoslik va amaliy adabiyotshunoslik konsepsiyalari amaliyotda keng qo‘llanilmoqda.