Norova Kamola Yunusovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim menejmenti” o‘quv kursini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped 1243
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Oriental universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna. Pedagogika fanlari doktori(DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oriental universiteti. PhD.03/27.09.2024 Ped.185.01
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Saidaxmedova Nodira Ilxomovna, p.f.f.d., professor Baxronova Zubayda Saidovna
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Ta’lim menejmenti” o‘quv kursini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida “Ta’lim menejmenti” o‘quv kursi innovatsion ta’lim jarayonidagi strategik vazifalari va maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, kompetentlilik, rag‘batlash tamoyillarining statistik diagnostikasi o‘sib borish darajasiga qarab aniqlashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda “Ta’lim menejmenti” o‘quv kursini tashkil etish va boshqarish mazmuni ta’lim muassasalaridagi muammolarni echishga asoslangan (shaxsga yo‘naltirilganlik, ijodiy yondashuv, ilmiy-metodik ko‘rsatmalarni intensiv qo‘llash) loyihaviy ishlarni tashkil etish (rejalashtirish, tashkil qilish, bashoratlash, nazorat-administrativ metodlari vositasida) komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Ta’lim menejmenti” o‘quv kursini tashkil etish va boshqarish modeli ta’lim muassasasi uchun rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, o‘z-o‘zini baholash va tengdoshlar tomonidan baholashga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijodiy loyihalarda ishtirok etish qobiliyatlarini oshirish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonlarni (rejalashtirish, tashkil qilish, bashoratlash, nazorat-administrativ) metodlari vositasida qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlari “Inson kapitali” resursi, ta’lim muhiti resursi asosida “Educational electronic resource”, “Management educational simulator” trenajyorlar majmuasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida “Ta’lim menejmenti” o‘quv kursi innovatsion ta’lim jarayonidagi strategik vazifalari va maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, kompetentlilik, rag‘batlash tamoyillarining statistik diagnostikasi o‘sib borish darajasiga qarab aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan “Xalqaro Rivojlantirish Assotsosiyasi” ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida Akademik innovatsiyalar fondining grant loyihalarini moliyalashtirish to‘g‘risida” gi 166-sonli buyrug‘iga asosan moliyalashtirish tavsiya etilgan AIF 2/20 – “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifati” (O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil
25-avgustdagi 02–86-1341-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida “Ta’lim menejmenti” o‘quv kursini tashkil etish va boshqarish bo'lajak mexanizmi (shaxsga yo‘naltirilganlik, ijodiy yondashuv, ilmiy-metodik ko‘rsatmalarni intensiv qo‘llash) takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashda “Ta’lim menejmenti” o‘quv kursini tashkil etish va boshqarish mazmuni ta’lim muassasalaridagi muammolarni echishga asoslangan (shaxsga yo‘naltirilganlik, ijodiy yondashuv, ilmiy-metodik ko‘rsatmalarni intensiv qo‘llash) loyihaviy ishlarni tashkil etish (rejalashtirish, tashkil qilish, bashoratlash, nazorat-administrativ metodlari vositasida) komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan Erasmus dasturi doirasida “Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil etish va kurslarni ishlab chiqish” (Loyiha raqami: 610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot doirasida belgilanganamaliy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 30-avgustidagi 02–01-86-1401-sonli ma’lumotnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonlarni (rejalashtirish, tashkil qilish, bashoratlash, nazorat-administrativ) metodlari vositasida qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlari “Inson kapitali” resursi, ta’lim muhiti resursi asosida “Educational electronic resource”, “Management educational simulator” trenajyorlar majmuasi ishlab chiqilgan;
Ta’lim menejmenti o‘quv kursini tashkil etish va boshqarish modeli ta’lim muassasasi uchun rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, yangi o‘quv dasturini yaratish, o‘z-o‘zini baholash va tengdoshlar tomonidan baholashga oid ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijodiy loyihalarda ishtirok etish qobiliyatlarini oshirish orqali takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar “Iqtisodiy siyosatga kirish” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, №443839220803904297). Natijada, didaktik jarayonlarni boshqarish samaradorligini oshirishda xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonlarni (rejalashtirish, tashkil qilish, bashoratlash, nazorat-administrativ) metodlari vositasida qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatlari “Inson kapitali” resursi, ta’lim muhiti resursi asosida “Educational electronic resource”, “Management educational simulator” trenajyorlar majmuasi ishlab chiqilib o‘quv jarayonida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil, 10-apreldagi 02/01-01-123 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fanning o‘qitilish samaradorligini oshirish orqali mutaxassislarning kasbiy mahorati va boshqaruvchanlik kompetentligini muayyan darajada oshirishga erishilgan.