Axmedov Murodjon Ubaydullaevich Pedagogika fanlari doktori (DSc) bo‘yicha dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” 13.00.07 –  Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped466
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Oriental universiteti. 
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Il`yasovich. Siyosiy fanlar doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oriental universiteti.  PhD.03/27.09.2024 Ped.185.01
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), professor Raxmankulova Nargiz Xodjiakbarovna, i.f.d., professor Omonov Akrom Abdinazarovich, p.f.d., professor Ergasheva Maloxat Tursunovna
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari malaka talablari, mavzu-taqvim reja, o‘quv-metodik ta’minot va baholash komponentlarini ishlab chiqishning progressiv monitoringini integrativ yondashuv asosida tashkil etish orqali kafolatlangan ta’lim sifati boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari malakasini oshirish ta’limi sifatiga qo‘yilgan davlat talablari strategik rejalashtirish, refleksiv-kognitiv tafakkur, jamoaviy liderlik, kommunikativ boshqaruv kompetensiyalarini ifodalovchi funksional vazifalar va baholash mezonlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlarining kasb standarti kasbiy faoliyat mazmuni, mehnat funksiyalari va boshqaruv kompetensiyalarining strategik, tashkiliy, pedagogik, kommunikativ va refleksiv komponentlarini tizimli hamda uzviy integratsiya asosida qayta loyihalash orqali takomillashtirilgan;
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini baholash tizimiga ta’limning manfaatdor subektlari (stakeholderlari – pedagoglar, bitiruvchilar, oila, mahalla va hamkor tashkilotlar)ning baholash mezonlarini joriy etish orqali umumiy o‘rta ta’lim sifati boshqaruviga bo‘lgan jamoatchilik ishonchlilik indeksini (JII) aniqlash mexanizmini kiritish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim sifatini boshqarish modeli ta’lim jarayonining uzlyuksiz va integrativ rivojlanish tsikli asosida konseptual, tashkiliy-institutsional, boshqaruv, monitoring-analitik, refleksiv-tahliliy hamda inson resurslarini rivojlantirish va jamoatchilik ishtirokini ta’minlovchi formativ va summativ baholash mezonlariga tayangan dinamik pedagogik menejment tizimi sifatida ilmiy-pedagogik jihatdan takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
O‘quv-tarbiya jarayoniga ta’lim-tarbiyaning samarali usullari hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini doimiy nazorat qilishga doir takliflardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati monitoringi tizimini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 11-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 313-son buyrug‘i). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati monitoringi samarali tashkil etilishi ta’minlandi.
Umumiy o‘rta ta’lim Milliy o‘quv dasturining ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tarkibiy qismi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati natijalarini monitoring qilish va baholash parametrlari ishlab chiqishda qo‘llanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021-yil 15-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Milliy o‘quv dasturida maktab ta’lim sifati monitoringi va o‘quvchilar faoliyatini baholash parametrlari ishlab chiqildi.
O‘quvchilarning xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ayrim fanlardan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan “STesting” loyihasi doirasida “Stesting.uz” platformasida (PISA va TIMSS) topshiriqlarni tekshirish, baholash va tahlil qilishda tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi Milliy-tadqiqot institutining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/09-1797/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini rivojlantirish, bilimdagi bo‘shliqlarni aniqlash hamda PISA va TIMSS topshiriqlarida uchraydigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Rahbarlar kasbiy faoliyatidagi boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish komponentlari ta’lim tizimi pedagogik kadrlarining boshqaruv salohiyatini baholash mezonlari sifatida qo‘llanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 24-iyuldagi 01-02/1-3-297-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur komponentlardan rahbar kadrlar malakasini oshirish samaradorligini oshirishda foydalanilgan.
Xalq ta’limi tizimi boshqaruvida sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash omillarini aniqlashga doir taklif va tavsiyalar A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida “Ta’limda boshqaruv” moduli uchun ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 27-yanvardagi Ilmiy kengashining 1-son bayonnomasi qarori). Natijada, maktab ta’lim sifati monitoringi asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyati yaratildi.
Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar hamda malaka tavsiflarini takomillashtirishga doir takliflar amaliyotga joriy etilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashining 2020-yil 15-dekabrdagi 3-son qarori, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 8-fevraldagi 43-ICh-son buyrug‘i, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining 2021-yil 1-apreldagi 01-26-son buyrug‘i). Natijada, ushbu talablar asosida “Xalq ta’limi tizimi bo‘yicha tarmoq malaka ramkasi” hamda “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standarti” ishlab chiqishga metodik asos yaratildi.
A.Avloniy nomidagi Milliy-tadqiqot instituti, Respublika ta’lim markazi va UNICEF hamkorligida “Umumiy o‘rta ta’lim Milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish” loyihasi doirasida o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini baholash, formatif va summativ baholash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilgan, videodarslar tayyorlanib “Uzlyuksiz kasbiy ta’lim platformasi”ga joylashtirilgan (A.Avloniy nomidagi Milliy-tadqiqot institutining 2022-yil 27-dekabrdagi 01/09-1797-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy fanlar o‘qituvchilarining malakasi oshirilib, Milliy o‘quv dasturini joriy etish jarayonida ijobiy natijalarga erishilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar, malaka tavsifi hamda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy rivojlanish va hamkorlik faoliyat yo‘nalishlari takomillashtirilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashining 2020-yil 15-dekabrdagi 3-son qarori, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 8-fevraldagi 43-ICh-son buyrug‘i, A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining 2020-yil 11-sentyabrdagi 01-son buyrug‘i). Natijada, ushbu asosda “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standarti” ishlab chiqildi.
Yosh avlodning ma’naviy, axloqiy va intellektual rivojlanishini yangi bosqichga ko‘tarish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion shakl va usullarni joriy etish zarurati asoslab berilgan (A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining 2021-yil 3-maydagi 01-38-son buyrug‘i va 2021-yil 26-oktyabrdagi Ilmiy kengashning 5-son bayonnomasi qarori). Natijada, “Umumta’lim maktab o‘qituvchilarining faoliyatida kasb standartini qo‘llash” nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish