Abduraxmanov Abdushukur Gapparovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim tashkilotlarida ixtisoslashgan dasturiy vositalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.06-Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11156.
Ilmiy rahbar: Tishabaev Jo‘raboy Karimovich, Fizika-matematika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna,, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sodikov Ulug‘bek Jo‘raevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini dasturiy paketlar va mobil texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini mobil ilovalar va ixtisoslashgan dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari talabalarda axborot ustida ishlash kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan axborotli kontentni produktivlik darajalarda ko‘p tanlovlilik imkoniyatlariga ko‘ra qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini dasturiy paketlar va mobil ilovalar asosida o‘qitish modeli talabalarni ta’limiy resusrlarni filtrlashga o‘rgatuvchi grafikli mashqlarni modullar integratsiyasiga asoslangan o‘quv muhitida algoritmik moslashuvchanlik darajalarda adaptivlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini mobil ilovalar asosida o‘qitishning metodik tizimi qayta aloqani qulaylashtiruvchi modulli bazani o‘zlashtirish uchun minimal akademik chegaraning vizuallashtirilgan qaydlarida monitoring qilish oynasini modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini o‘qitishning metodik ta’minoti matnli, grafikli ma’lumotlarga ishlov berishni talabalarga o‘rgatuvchi elektron keyslarni o‘quv-simulyativ jarayonda yacheykalarning strukturali bog‘liqligiga ko‘ra qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni samaradorligini aralash ta’lim asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini mobil ilovalar va ixtisoslashgan dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari talabalarda axborot ustida ishlash kompetensiyasini shakllantirishga yo‘naltirilgan axborotli kontentni produktivlik darajalarda ko‘p tanlovlilik imkoniyatlariga ko‘ra qo‘llashga oid takliflari “Matematik analiz (Aniqmas va aniq integrallar)” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-085-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislar matematik dasturlarning zamonaviy imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini dasturiy paketlar va mobil ilovalar asosida o‘qitish modeli talabalarni ta’limiy resusrlarni filtrlashga o‘rgatuvchi grafikli mashqlarni modullar integratsiyasiga asoslangan o‘quv muhitida algoritmik moslashuvchanlik darajalarda adaptivlashtirishga oid takliflardan “Matematik analiz-1” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan va “Integralni o‘rganamiz” nomli mobil ilova yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-144188-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga matematik analiz fanini bir vaqtning o‘zida ham an’anaviy, ham zamonaviy matematik dasturlar asosida o‘zlashtirish imkonini bergan;
oliy ta’lim tashkilotlarida matematik analiz fanini mobil ilovalar asosida o‘qitishning metodik tizimi qayta aloqani qulaylashtiruvchi modulli bazani o‘zlashtirish uchun minimal akademik chegaraning vizuallashtirilgan qaydlarida monitoring qilish oynasini modifikatsiyalash bo‘yicha tavsiyalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan “ITEM – Matematika sohasida innovatsion o‘qitish” nomli xalqaro ilmiy loyiha doirasida faol qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 02/01.01-141-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilgan.