Siddiqov Zayniddin Xoldorovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda kompetensiyalarni mono va poliparadigmal yondashuv asosida modellashtirish texnologiyasini takomillashtirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc.Ped600.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Akbarali Maxammatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Do‘stnazar, pedagogika fanlari doktori, professor; Jalolova Pokiza Muzaffarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: OTM talabalarida kompetensiyalarni mono va poliparadigmal yondashuv asosida modellashtirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mono va poliparadigmal yondashuv asosida innovatsion ta’lim sharoitida ta’lim-tarbiyaviy jarayon obekti va subektlarining o‘zaro hamkorligi, talabalarda kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar aniqlangan, o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi kuzatish, tushunish, tushuntirish amaliy faoliyat bilan integratsiyalashgan, ularning samaradorligi nazariy asoslangan, amaliy qo‘llangan;
mono va poliparadigmal yondashuv asosida talabalarda ta’lim-tarbiyaviy jarayonga oid tayanch kompetensiyalar modellashtirilgan, ularning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va natijaviy bosqichlari uzviyligida didaktik ta’minoti yaratilgan;
talabalarda mono va poliparadigmal yondashuv asosida kompetentlik darajalari psixologik, pedagogik tashxislashtirilgan, ta’limiy-tarbiyaviy jarayon tashkillangan va korreksiyalangan;
talabalar kompetentligini baholash mezonlari va tashxis qilish metodikasi ishlab chiqilgan, zaruriy hollarda korreksiyalash imkonini beruvchi tizimli diagnostik model yaratilgan;
mono va poliparadigmal yondashuv asosida talabalar kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, jarayonli, faol va interfaol dars shakllari o‘zaro uyg‘unlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. OTM talabalarida kompetensiyalarni mono va poliparadigmal yondashuv asosida modellashtirish texnologiyasini takomillashtirish natijalari asosida:
mono va poliparadigmal yondashuv asosida innovatsion ta’lim sharoitida ta’lim-tarbiyaviy jarayon obekti va subektlarining o‘zaro hamkorligi, talabalarda kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar aniqlangan, o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi kuzatish, tushunish, tushuntirish amaliy faoliyat bilan integratsiyalashgan, ularning samaradorligini nazariy asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalari “Matematika o‘qitish metodikasi (umumiy metodika)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 6-oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-033 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning kompetentlikka oid nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
mono va poliparadigmal yondashuv asosida talabalarda ta’lim-tarbiyaviy jarayonga oid tayanch kompetensiyalar modellashtirilgan, ularning motivatsion, kognitiv, faoliyatli va natijaviy bosqichlari uzviyligida didaktik ta’minotini yaratishga doir amaliy taklif
va tavsiyalaridan “Matematika o‘qitish metodikasi (xususiy metodika)” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi
106-son buyrug‘i, 106-105 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda kompetensiyalarni mono va poliparadigmal yondashuv asosida modellashtirish samaradorligi ortgan;
talabalarda mono va poliparadigmal yondashuv asosida kompetentlik darajalari psixologik, pedagogik tashxislashtirilgan, ta’limiy-tarbiyaviy jarayonni tashkillash va korreksiyalashga doir taklif va tavsiyalaridan matematika va informatika yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-1024 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda kompetensiyalarni mono va poliparadigmal yondashuv asosida modellashtirish jarayoning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
talabalar kompetentligini baholash mezonlari va tashxis qilish metodikasi ishlab chiqilgan, zaruriy hollarda korreksiyalash imkonini beruvchi tizimli diagnostik modelni yaratishga oid taklif va tavsiyalari “Differensial`nie uravneniya” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi
537-son buyrug‘i, 537-457 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda kompetensiyalarni mono va poliparadigmal yondashuv asosida modellashtirishning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mono va poliparadigmal yondashuv asosida talabalar kompetentligini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, jarayonli, faol va interfaol dars shakllarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi
537-son buyrug‘i, 442-974 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, motivatsiyasini oshirish va o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni jadallashtirishga xizmat qilgan.