Karimova Diloromxon Shavkat qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “hayot” va “o‘lim” konseptlarining chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2DSc/Fil1016
Ilmiy maslahatchi: Isroilova Dildora Muxtarovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qo‘ziev Umidjon Yanmdashalievich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Sarimsaqov Xurshid Abdumalikovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida “hayot” va “o‘lim” konseptlarini chog‘ishtirma planda lingvokognitiv, lingvopragmatik hamda lingvomadaniy, struktur-semantik funksional jihatlarini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“hayot” va “o‘lim” konseptlari lingvomadaniy va antropotsentrik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikning konseptual asoslari aniqlanib, milliy madaniyatning lingvosemantik ifodalanishini hamda ingliz va o‘zbek tillarida “hayot” va “o‘lim” konseptlarining verbal va noverbal ifodalar orqali shakllanishi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “hayot” va “o‘lim” konseptlarining ingliz va o‘zbek tillarida so‘z turkumlari orqali chog‘ishtirib ifodalanishi hamda ularning semantik va lingvopragmatik komponentlari aniqlanib, bu jihatlar til birliklari o‘rtasidagi farqlar va o‘xshashliklarni asoslab berishi bilan dalillangan;
konseptlarning leksemalar va frazeologizmlar, sinonimik, omonimik, antonimik, metonimik qatlamlari ifodalari orqali milliy madaniyat va til birliklarida ifodalanishi hamda assotsiativ maydonlar orqali shakllanishi o‘rganilib, ularning ichki semantik strukturalari aniqlandi va ularning pragmatik, etnosentrik hamda axloqiy xususiyatlari ilmiy tahlil asosida isbotlangan;
“hayot” va “o‘lim” konseptlari badiiy matnlardagi paremiologik birliklar, frazeologizmlar, metaforalar orqali tahlil qilinib, ularning stilistik, kognitiv-emotsional komponentlari chog‘ishtirma planda aniqlanib, konseptlarning madaniyatlararo farqli jihatlari asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan konseptlarning semantik strukturalari, maydon va periferik qatlamlari ochib berilib, qo‘shimchalar yordamida yasalishi, yadroviy metaforik, konnotativ, dennotativ xarakteri va stilistik ifodalanish usullari tahlil qilinib, ularning lingvokognitiv, lingvopragmatik va lingvomadaniy ahamiyati tadqiq etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi №194-sonli buyrug‘iga asosan “Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)” nomli darslik ishlab chiqildi va nashr qilindi. Ushbu darslik uchun o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi olingan. Ro‘yxatga olish raqami: 194-335. Darslik Andijon davlat pedagogika institutida tayyorlangan. Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tadbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash” qarori ijrosi sifatida tayyorlangan. Darslikni yaratishda “Xorijiy til va adabiyoti (English Literature)” fani asos bo‘ldi. Natijada ushbu darslik xorijiy filologiya yo‘nalishi bakalavriyat talabari, magistr talabalari va mustaqil o‘rganuvchi ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar uchun adabiyot manbaa bo‘lib hizmat qiladi.
“hayot” va “o‘lim” konseptlari lingvomadaniy va antropotsentrik nuqtayi nazardan tahlil qilinib, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikning konseptual asoslari aniqlangan. Ushbu yondashuv konsept tadqiqotlarida milliy madaniyatning lingvosemantik ifodalanishini hamda ingliz va o‘zbek tillarida “hayot” va “o‘lim” konseptlarining verbal va noverbal ifodalar orqali shakllanishi, ularning semantik va lingvopragmatik komponentlarini aniqlash imkonini beradi. Ingliz va o‘zbek tillarida “hayot” va “o‘lim” konseptlarining verbal va noverbal ifodalar orqali shakllanishi hamda ularning semantik va lingvopragmatik komponentlari chog‘ishtirilib aniqlanib, bu jihatlar til birliklari o‘rtasidagi farqlar va o‘xshashliklarni asoslab berishiga doir xulosalar Samarqand davlat chet tillar institutida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan, 2020–2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda, AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (21-aprel 2025-yil, 1171/02-son Samarqand davlat chet tillar institutining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Natijada “hayot” va “o‘lim” konseptlarining lingvosemantik, lingvopragmatik va lingvomadaniy jihatlarini tizimli o‘rganish, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni aniqlash hamda ingliz va o‘zbek tillarida konseptlarning verbal va noverbal ifodalari asosida qiyosiy tahlil olib borish imkoniyati yaratilgan;
konseptlarning leksemalar, frazeologizmlar va metaforalar orqali ifodalanishi hamda assotsiativ maydonlar orqali shakllanishi o‘rganilib, ularning ichki semantik strukturalari aniqlandi va ularning pragmatik, etnosentrik hamda axloqiy xususiyatlari ilmiy tahlil asosida isbotlanganligiga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the Interdisciplinary Master Program on Computational Linguistics at Central Asian Universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (21-aprel 2025-yil, 1171/02-son Samarqand davlat chet tillar institutining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Natijada akademik va amaliy tadqiqotlar olib borish imkoniyati yaratilgan va tadqiqot natijalari nazariy hamda amaliy jihatdan asos bo‘lib xizmat qilgan;
“hayot” va “o‘lim” konseptlari badiiy matnlar va paremiologik birliklar orqali tahlil qilinib, ularning stilistik, metaforik va emotsional komponentlari qiyosiy planda aniqlanib, konseptlarning badiiy va madaniy kontekstda yangi ma’noda ifodalanuvchi jihatlari asoslanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi amalga oshirayotgan loyihalarda, Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy “Zomin” seriali loyihasining “Badiiy tarjima” sho‘basida o‘tkazilgan mahorat darslarida va tarjimonlar forumida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limining 01-03/426-son 20.11.2025-yildagi ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Natijada badiiy matnlar va paremiologik birliklar orqali konseptlarning stilistik, metaforik va emotsional jihatlarini tizimli o‘rganish hamda ularning madaniy va pragmatik kontekstda qiyosiy tahlil qilish imkoniyati yaratilgan va tadqiqot natijalari nazariy hamda amaliy jihatdan asos bo‘lib xizmat qilgan;
konseptlarning semantik strukturalari, maydon va periferik qatlamlari ochib berilib, so‘z turkumlari va qo‘shimchalar yordamida yasalishi, yadroviy metaforik xarakteri va stilistik ifodalanish usullari ilmiy tahlil qilinib, ularning lingvokognitiv, lingvopragmatik va lingvomadaniy ahamiyati isbotlanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “Tarix ko‘zgusi” nomli dasturlarining ssenariysini yozishda (2024–2025 yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-iyundagi 05-09-978-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Natijada mazkur eshittirishlar orqali ushbu teleko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan hamda ijtimoiy ahamiyati ortgan.