Ibroximov Maqsadjon Axmedovichning
 Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
         

 I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi - “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” (Pedagogika yo‘nalishi talabalari misolida).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8654 
Ilmiy rahbar: Murtozaeva Maxfuza Murtozaevna, pedagogika fanlari doktori, (DSc) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor; 
Lutpillaev    Po‘lotxon Muhibillaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand  davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika yo‘nalishi talabalarini ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
          pedagogika yo‘nalishi talabalarida ilmiy-pedagogik asoslar, nazariy-metodologik yondashuvlar, ilmiy-metodik omillar, motivatsion tayyorlik, ilgʻor pedagogik tajribalarni namoyish etish, ta’lim subektlari hamkorligini uyushtirishga ustuvorlik beruvchi didaktik imkoniyatlar asosida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malaka, ijtimoiy-pedagogik faoliyat usullari bilan kengaytirilgan; 
         pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantiruvchi metod, texnologiya, shakl, vositalari, innovatsion tajribalarni integratsiyalash, motivlashtirish, maqsadni belgilash, konseptual, protsessual, refleksiv-kommunikativ tarkibiy komponentlar mazmunini aniqlashtirish asosida o‘z harakatlari, maqsadlari, intilishlari, manfaatlari va kasbiy faoliuatini namouon qilish ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
         pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni information rivojlantirishning pedagogik, kreativ, innovatsion, kommunikativ mazmuni, tegishli subektlarning produktiv o‘zaro ta’sirini kuchaytirish, axloqiy madaniy, ma’naviy qadriyatlar tarkibiy qismlarida belgilangan funksional vazifalarini tizimlashtirish asosida ijtimoiy aksiologik addiksiyalari takomillashtirilgan;
 pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi eksperimental ijtimoiy kasbiy ta’limni loyihalashtirish, ta’lim texnologiyalari algoritmining mantiqiyligi, izchilligi, uzlyuksizligi va tugallanganlik mezonlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda nazariy-metodologik yondashuvlar, ilmiy-pedagogik asoslar va omillarning ilmiy-metodik, motivatsion tayyorlik, ilgʻor tajribasini namoyish qilish, ta’lim subektlari hamkorligini uyushtirishiga ustuvorlik beruvchi didaktik imkoniyatlarni kengaytirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2021-0829162612 raqamli "VIII-IX sinflar ta’lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirish metodikasini ishlab shiqish" mavzusidagi amaliy loyihaning nazariy qismlarida foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 25-fevraldagi 02-07-689/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan. 
pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasining manbalari, shakl, vositalari, innovatsion tajribalarni integratsiyalash, motivlashtirish, maqsadni belgilash, konseptual, protsessual, refleksiv-kommunikativ tarkibiy komponentlar mazmunini aniqlashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2022-0905173317-raqamli "O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish" mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. Natijada Pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishda ilmiy-metodik kuzatuvning ustuvor omillarini belgilashga sharoit yaratilgan.
pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik, information, kreativ, innovatsion, kommunikativ mazmuni, tegishli subektlarning produktiv o‘zaro ta’sirini kuchaytirish, axloqiy madaniy, ma’naviy qadriyatlar tarkibiy qismlarida belgilangan funksional vazifalarini tizimlashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2023-0910202206 raqamli "Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari" mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismlarida foydalanilgan. Natijada Pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlarini kengaytitishga erishilgan. 
pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishda iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-axloqiy, estetik ta’limga yo‘naltirilgan didaktik ta’minotlar va ta’lim texnologiyalarini loyihalash algoritmining mantiqiy zanjiri izshillik, uzlyuksizlik, tugallanganlik mezonlari asosida optimallashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Pedagogika 
fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2021-0829162612 raqamli "VIII-IX sinflar ta’lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirish metodikasini ishlab shiqish" mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 25-fevraldagi 02-07-689/04-son dalolatnomasi). Natijada pedagogika yo‘nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish