Matniyozova Aziza Baxtiyorovnaning 
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7851
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika insituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaniyozov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc),  professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus universiteti, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sarsenbaeva Zoya Jangabaevna filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
polilingval va polietnik kontekstda bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarida loyihaviy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari, omillari konstruktivizm, loyiha faoliyati texnologiyasi va faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillarini tizimli tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
trekologik-eksperimental yondashuv orqali loyihaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik shartlar, didaktik imkoniyatlar talabalarning mustaqil loyihaviy faoliyatni tashkil etish va refleksiv tahlil yuritishdagi real ehtiyojlarini diagnostik-korreksiyalash  orqali interaktiv metodlar, raqamli resurslar va loyihaviy topshiriqlarning fanlararo integratsiyasi samaradorligi asoslab berilgan;
“case” tizimiga asoslangan yondashuv orqali loyihaviy faoliyatga qiziqtirish, rejalashtirish, bajarish va baholash komponentlarini kollaborativ o‘rganish, refleksiv tahlil va raqamli vositalar bilan integratsiyalashgan holda rivojlantirish metodikalarini takomillashtirish asosida loyihaviy kompetensiyalarni shakllanganlik modeli optimallashtirilgan;
“Eisenhower prinsipi”ni variativ qo‘llash orqali ta’lim jarayonida loyihaviy faoliyatga qiziqtirish,  rejalashtirish, bajarish va baholash komponentlarini rivojlantiruvchi “muammoli vaziyatlar tahlili”, “loyiha laboratoriyalari”, “pedagogik vaziyat” refleksiv mashqlar va “interaktiv vizual topshiriqlar”, shuningdek, dasturlashtirilgan raqamli platformalar (home learning, self-study) ni variativ qo‘llash asosida bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarida loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
polilingval va polietnik kontekstda bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarida loyihaviy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy asoslari ularning mazmuni, strukturasini hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash orqali zamonaviy pedagogik konsepsiyalar (kompetensiyaviy yondashuv, konstruktivizm, loyiha faoliyati texnologiyasi va faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari)ni tizimli tahlil qilish asosida doir tavsiyalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №284345-sonli “Bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talabi hamda ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari”ning mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 30-iyun 02/01-01-249-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
trekologik-eksperimental yondashuv orqali rus tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida loyihaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik shartlar (ta’lim muhiti, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi va hamkorlik faoliyati), didaktik imkoniyatlar (interaktiv metodlar, raqamli resurslar va loyihaviy topshiriqlarning fanlararo integratsiyasi) talabalarning mustaqil loyihaviy faoliyatni tashkil etish va refleksiv tahlil yuritishdagi real ehtiyojlarini diagnostik-korreksiyalashga doir taklif va tavsiyalardan 601101100-Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Obshhaya pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 284345 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari takomillashtirilgan;
“case” tizimiga asoslangan yondashuv orqali bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli talabalar amaliyoti va portfoliolarini tahlil qilish orqali loyihaviy faoliyatga qiziqtirish, rejalashtirish, bajarish va baholash komponentlarini mazmun va jarayon (hamkorlik, refleksiv tahlil va raqamli vositalar) komponentiga integratsiyalashgan holda loyihaviy kompetensiyalarni shakllanganlik mezonlari (bilimlilik, amaliy faoliyat sifati, refleksiv-etuklik), ko‘rsatkichlari (loyiha rejasining puxtaligi, ijro jarayonining samaradorligi, baholash va tahlilning asoslanganligi) va darajalari (past, o‘rta, yuqori)ni optimallashtirish asosida takomillashtirilga doir taklif va tavsiyalardan 60110200-Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Neyropedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 21-avgustdagi 136-son buyrug‘i, 158373-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan. 
“Eisenhower prinsipi”ni variativ qo‘llash orqali dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalari (loyihaviy faoliyatga qiziqtirish,  rejalashtirish, bajarish va baholash komponentlarini)ni rivojlantiruvchi “muammoli vaziyatlar tahlili”, “loyiha laboratoriyalari”, “pedagogik vaziyat” refleksiv mashqlar va “interaktiv vizual topshiriqlar”, shuningdek dasturlashtirilgan raqamli platformalar (home learning, self-study, “Eisenhower prinsipi”) ni variativ qo‘llash asosida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalardan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “G‘azal bo‘stoni” radioeshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2025 yil 3-oktyabr 05-09-1544-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining loyihaviy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish