Masharipova Xusnibon Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik xususiyatlarni rivojlantirishda Kamoliddin Behzodning ma’naviy merosidan foydalanish metodikasi (falsafiy fanlar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.1.PhD/Ped9293.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Annaeva Nazokat Rajapboevna pedagogika fanlari doktori (DSc),dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02
Rasmiy opponentlar: Yusupov Kosinbay Abilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Boltaeva Mohichera Jamshid qizi pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Kamoliddin Behzodning badiiy ijodidagi falsafiy-pedagogik qarashlari asosida talabalarda estetik xususiyatlarni tarkib toptirishning metodik imkoniyatlarini aniqlash hamda ularni oliy ta’lim muassasalarida amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Kamoliddin Behzod badiiy-estetik ijodining tarixiy-retrospektiv jihatlari, simvolizm va syurrealistlik asoslarini aniqlash hamda ijodkor estetik yo‘nalishlariga doir pedagogik qarashlari qiyosiy tipologiyasining mazmun-mohiyati asoslangan;
Kamoliddin Behzodning milliy pedagogik va madaniy qadriyatlari, san’at falsafasidagi kompozisiya va abstraksiya (shakl, rang va hissiyotlar orqali ifoda etish), ularning go‘zallik va estetik xususiyatlarini shakllantirishga oid yangi metodologik yondashuvlari, shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan deterministlik va ratsionalistik bilishni shakllantirishning innovatsion va intellektual komponentlari ochib berilgan;
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar estetik xususiyatlarini rivojlantirishda Kamoliddin Behzod estetik g‘oyalari asosida ijodiy fikrlash va abstraksiya, kreativlik va yangi g‘oyalar izlab topishga hamda gumanistik va axloqiy qadriyatlarning individual, madaniy va milliy an’analarga xos ijodiy potensialini takomillashtirish mexanizmlari asoslangan;
Kamoliddin Behzodning estetik g‘oyalaridagi sharqona tasviriy san’at uslubi va uning asarlaridagi pedagogik tarbiya mezonlari, realistik san’ati va uning tarbiyaviy xususiyatlari aniqlangan hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning san’atga analitik yondashuvlariga oid didaktik ta’minot tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kamoliddin Behzod badiiy-estetik ijodining tarixiy-retrospektiv jihatlari, simvolizm va syurrealistlik asoslarini aniqlash hamda ijodkorning estetik yo‘nalishlariga doir pedagogik qarashlari qiyosiy tipologiyasining mazmun-mohiyati asoslangan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52- bandidagi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti 10/710-sonli dalolatnomasi). Natijada, Kamoliddin Behzodning madaniy, estetik va falsafiy bilimlar rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish orqali ijodkorning hayoti hamda badiiy asarlariga oid xorijiy va mahalliy doirada olib borilgan tadqiqotlar estetik komparativistika kesimida tahlil etilib, uning pedagogik tafakkur rivojidagi o‘rni ochib berilgan;
Kamoliddin Behzodning milliy pedagogik va madaniy qadriyatlar, san’at falsafasining kompozisiya, abstraksiya (shakl, rang va hissiyotlar orqali ifoda etish), ularning go‘zallik va estetik xususiyatlarning tarkib toptirishga oid yangi metodologik yondashuvlari hamda shaxsga yo‘naltirilgan deterministlik va ratsionalistik bilishni tarkib toptirishning innovatsion va intellektual komponentlari ochib berilganligi asosida 60920100 – Ijtimoiy ishning (Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi mutaxassisligi uchun ishlab chiqilgan “Ijtimoiy falsafa” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 805552 raqamli guvohnomasi). Natijada Kamoliddin Behzodning sharqona tasviriy san’at uslubi va uning asarlaridagi estetik kategoriyalar, metodik va pedagogik tarbiya mezonlari, realistik san’ati va uning tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan pedagogik talablar takomillashtirilgan;
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar estetik xususiyatlarini rivojlantirishda Kamoliddin Behzod estetik g‘oyalari asosida ijodiy fikrlash va abstraksiya, kreativlik va yangi g‘oyalar izlab topishga hamda gumanistik va axloqiy qadriyatlarning individual, madaniy va milliy an’analarga xos ijodiy potensialini takomillashtirish mexanizmlari asoslangan “Ijtimoiy falsafa” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 805552 raqamli guvohnomasi). Natijada Kamoliddin Behzod badiiy-estetik merosining talabalarning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-madaniy kompetentligini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijasi va uning samaradorlik darajasi falsafa va estetika fani doirasida o‘quv qo‘llanma, darslik hamda o‘quv-metodik majmualari kompetensiya talablari asosida takomillashtirilgan;
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar estetik xususiyatlarini rivojlantirishda Kamoliddin Behzod estetik g‘oyalari asosida ijodiy fikrlash va abstraksiya, kreativlik va yangi g‘oyalar izlab topishga hamda gumanistik va axloqiy qadriyatlarning individual, madaniy va milliy an’analarga xos ijodiy potensialini takomillashtirish mexanizmlari asoslangan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” “Millat va ma’naviyat”, “Etti rang” kabi dasturlar ssenariylarini ishlab chiqishda amaliy asos sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2025-yil 19-noyabr, 05-09-1857-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Kamoliddin Behzodning estetik g‘oyalaridagi sharqona tasviriy san’at uslubi va uning asarlaridagi pedagogik tarbiya mezonlari, realistik san’ati va uning tarbiyaviy xususiyatlari aniqlangan hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning san’atga analitik yondashuvlariga oid didaktik ta’minot tizimi takomillashtirilgan.