Sharipova Guloy Olimboevnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sa’diy Sheroziyning ta’limiy-axloqiy qarashlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6247.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/25.08.2025.Ped.193.02.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Olimov Shirinboy Sharofovich, filologiya fanlari doktori, dotsent Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Sa’diy Sheroziyning asarlaridagi pedagogik g‘oyalar asosida yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishning nazariy asoslab berish, uni oliy ta’lim muassasalariga joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sa’diy Sheroziyning pedagogik qarashlari tarbiyaviy yoʻnalishlar doirasida imitatsion va pedagogik xususiyatlarining ma’naviy-axloqiy an’analar asosida qiyosiy tipologiyasi ilmiy asosda aniqlashtirildi hamda mazkur  yondashuv orqali Sa’diy ta’limoti asosidagi tarbiyaviy metodlar va axloqiy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati asoslab berilgan.
Sa’diy Sheroziyning pand-nasihatlari orqali talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish jarayonining destruktiv va konstruktiv tomonlari, shuningdek evristik, psixologik-pedagogik, va metodologik xususiyatlari hamda ularning amaliy imkoniyatlari tahlil qilindi hamda mazkur jarayon milliy ta’lim identifikasiyasini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq ma’naviy-axloqiy mezonlar doirasida olib borilib, ta’lim va tarbiyaning sifatini kvantitativ va sifat jihatdan baholashga imkon beruvchi kvalimetrik usullar yordamida aniqlashtirilgan.
Yoshlarning “halollik”, “sharaf”, “adolat” va “vijdon” tushunchalari bilan bog‘liq pedagogik hamda psixologik ko‘rsatkichlari Sa’diy Sheroziyning ma’naviy-axloqiy  qarashlari asosida aniqlab olinib, ularni milliy an’analarga mos ravishda tarbiyaviy samaradorlikni oshirishga qaratilgan mexanizmlari takomillashtirilgan.
Mutafakkirlarning qarashlarida komil inson fazilatlariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashning uslubiy va kreativlik mezonlari sotsiometrik ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanib, bu asosida talabalarda fikrlash, dunyoqarash va ijodiy jarayonlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan improvizatsion faoliyatni oshirish maqsadida ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimini takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sa’diy Sheroziyning ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid pedagogik qarashlari rivoji mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
Sa’diy Sheroziyning pedagogik qarashlari tarbiyaviy yoʻnalishlar doirasida imitatsion va pedagogik xususiyatlarining ma’naviy-axloqiy an’analar asosida qiyosiy tipologiyasi ilmiy asosda aniqlashtirildi hamda mazkur yondashuv orqali Sa’diy ta’limoti asosidagi tarbiyaviy metodlar va axloqiy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati asoslab berilgan. “Ijtimoiy ish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i, 277-396-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiyasidagi axloqiy ma’naviyatini yuksaltirishning uslubiy va didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
Sa’diy Sheroziyning pand-nasihatlari orqali talabalarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish jarayonining konstruktiv va destruktiv tomonlari, shuningdek, psixologik-pedagogik, evristik va metodologik xususiyatlari hamda ularning amaliy imkoniyatlari tahlil qilindi hamda mazkur jarayon milliy ta’lim identifikatsiyasini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq ma’naviy-axloqiy mezonlar doirasida olib borilib, ta’lim va tarbiyaning sifatini kvantitativ va sifat jihatdan baholashga imkon beruvchi kvalimetrik usullar yordamida aniqlashtirilgan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan “A-OT-2021-11- raqamli “O‘zbekiston xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron- transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 22-oktyabrdagi 04/11-23788 ma’lumotnomasi). Natijada, Sa’diy ta’limoti asosida tarbiyaviy metodlar va axloqiy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning ma’naviy kamolotidagi ahamiyatini asoslashga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan. 
Yoshlarning “halollik”, “sharaf”, “vijdon” va “adolat” tushunchalari bilan bog‘liq pedagogik hamda psixologik ko‘rsatkichlari Sa’diy Sheroziyning ma’naviy-axloqiy qarashlari asosida aniqlab olinib, ularning milliy an’analarga mos ravishda tarbiyaviy samaradorlikni oshirishga qaratilgan mexanizmlari takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli buyrug‘i, 277-396-raqamli nashr guvohnomasi).). Natijada, Sa’diy ta’limoti asosida tarbiyaviy metodlar va axloqiy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning ma’naviy kamolotidagi ahamiyatini asoslashga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Mutafakkirlarning qarashlarida komil inson fazilatlariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashning uslubiy va kreativlik mezonlari sotsiometrik ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanib, bu asosida talabalarda fikrlash, dunyoqarash va ijodiy jarayonlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan improvizatsion faoliyatni oshirish maqsadida ma’naviy-tarbiyaviy texnologiyalarni qo‘llashga oid didaktik ta’minot tizimi takomillashtirilgan. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz”, “Millat va ma’naviyat” kabi dasturlarning ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 7-noyabrdagi 05-09-1753-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim va shaxsiy tarbiya sohasidagi keyingi nazariy, ilmiy va uslubiy ishlanmalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish