G‘aniev Alisher Islomovich
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni bioinformatsion texnologiyalar sohasida analitik tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.06- Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (Bioinformatika va biomexanika fani misolida).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9159
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Davronov Shohjahon Rizamat o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Oripova Nodima Xalilovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Yozieva Umida Lutfullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning bioinformatsion texnologiyalari sohasida analitik tafakkurni rivojlantirish metodikasini taqdim etish, uni pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gnoseologik nazariyalar tahlili va kompleks yondashuv vositasida bioinformatsion texnologiyalari sohasida ichki va tashqi aloqadorlikni aniqlash va tizimlashtirish, muammoga optimal echim topish kabi xususiyatlarini tizimlashtirish orqali analitik tafakkurining mazmun-mohiyati asoslab berilgan; 
bioinformatsion texnologiyalar tuzilmasi identifikatsiyalash metodologiyasi va evolyusiyasiga oid genezis, rivojlanish kategoriyalari, muvofiqlik (adekvatlik),  mufassallik va tizimlilik, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchanlik kabi universal tamoyillari asosida aniqlashtirilgan;
klassifikatsiya, klasterlash, prediktiv modellash, strukturaviy annotatsiya kabi bioinformatsion modellashtirish jarayoniga xos kognitiv operatsiyalar asosida o‘qitishning yangi texnologik modeli deskriptiv yondashuv asosida takomillashtirilgan; 
bioinformatsion tahlil indikatorlari (data-mining tezligi, biostatistik interpretatsiya aniqligi, algoritmik konstruksiya) mezon sifatida belgilanib, analitik tafakkurni baholashning kompetensiyaga yo‘naltirilgan diagnostik tizimi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning bioinformatsion texnologiyalarga doir analitik tafakkurni rivojlantirishga doir olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
gnoseologik nazariyalar tahlili va kompleks yondashuv vositasida analitik tafakkurining mazmun-mohiyati, bioinformatsion texnologiyalar tuzilmasini identifikatsiyalash metodologiyasi bioinformatsion texnologiyalar evolyusiyasiga doir genezis va rivojlanish kategoriyalari, tanlov imkoniyatlarining kengligii, muvofiqlik (adekvatlik),  mufassallik va tizimlilik, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchanlik kabi universal tamoyillari uyg‘unligi asosida aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan Jizzax politexnika institutining “AIF 1/4 - Kasb-hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” (2020-2023 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (02-2535-2523-sonli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayoni ular analitik tafakkurni rivojlantirishga doir nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan; 
bioinformatsion texnologiyalar sohasida talabalar analitik tafakkurini rivojlantirishning funksional modeli metodik komponentiga nazariy va amaliy tayyorgarlik bilan bir qatorda o‘quv materiali mazmuniga muvofiq ravishda o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotining takomillashtirilgan tizimini tatbiq etishga doir ma’lumotlardan “Bioinformatika” nomli o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-sonli buyrug‘i, №391- 204-sonli guvohnoma). Natijada, talabalarning “Bioinformatika” kursini o‘zlashtirishlarida hamda talabalar analitik tafakkurini rivojlantirish loyihalash, stimullash, motivatsiyalash uslublarini va identifikatsiyalangan o‘quv vazifalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
klassifikatsiya, klasterlash, prediktiv modellash, strukturaviy annotatsiya kabi bioinformatsion modellashtirish jarayoniga xos kognitiv operatsiyalar asosida o‘qitishning yangi texnologik modeli takomillashtirilib, bioinformatsion texnologiyalar sohasida talabalarda analitik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shartlari bioinformatsion tizimlarni rivojlantirishda qo‘llaniladigan modellashtirishda me’yoriy deskritiv va tajribaviy metodlarning ustivorligi asosida takomillashtirilganligiga doir xulosalardan “Bioinformatika va biomexanika” fanidan talabalaming amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etishda foydalanilgan “Bioinformatika va biomexanika” nomli elektron texnik va pedagogik dasturiy mahsulot ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2023 yil 20 oktyabrdagi 02/01/-01-135 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotchi tomonidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda berilgan taklif va tavsiyalar talabalarda analitik tafakkurni shakllantirish kompitensiyalarini rivojlantirishga xizmat  qildi;
bioinformatsion tahlil indikatorlari bioinformatsion tahlil indikatorlari (data-mining tezligi, biostatistik interpretatsiya aniqligi, algoritmik konstruksiya) mezon sifatida belgilanib, talabalar analitik tafakkurining mazmun-mohiyati axborot texnologiyalari sohasigi gnoseologik nazariyalar tahlili asosida muammoga tahliliga kompleks yondashuv, ichki va tashqi aloqadorlikni aniqlash va tizimlashtirish, muammoga optimal echim topish kabi xususiyatlarini tizimlashtirish orqali ochib berishga doir ma’lumotlardan “Bioinformatika” nomli darslik ishlab chiqilgan hamda ta’lim jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6 sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i, № 333-402-sonli guvohnoma). Natijada, talabalarning “Bioinformatika” kursini o‘zlashtirishlarida va bioinformatsion texnologiyalar sohasida talabalar analitik tafakkurini rivojlantirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish