Muhammadiev Axadjon Maxmudovichning filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘qon adabiy muhiti takomilida ijodiy an’ana va poetik tafakkur yangilanishi (Muhyi va uning zamondoshlari asarlari misolida)” 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil480
Ilmiy maslahatchi: filologiya fanlari doktori, professor Muslihiddin Muhiddinov Qutbiddinovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaqulov Sirojiddin Xolmahmatovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jabborov Nurboy Abduhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Vohid Turk, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qo‘qon adabiy muhiti takomilida ijodiy an’ana va poetik tafakkur yangilanishi jarayonlarini Muhyi va uning zamondoshlari asarlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhyi va uning zamondoshlari ijodlari misolida Qo‘qon adabiy muhitining rivojlanishida mumtoz she’riyat an’analaridagi oshiqona obrazlarning sodda va ta’sirchan shaklda ifodalanishi kabi ijodiy yondashuv hamda “oshiq”, “mashuqa”, “charx”, “ishq”, “xilvat” kabi badiiy obrazlarning qo‘llanilishida ijtimoiylik kasb etishi aniqlangan;
Qo‘qon adabiy muhitida Muhyi ijodining ham ta’siri katta ekani, uning nazmiy asarlari misolida lirik qahramonning psixologik holatidagi dinamik, analitik ko‘rinishlarning yetakchiligi hamda qofiya, radif va badiiy san’atlarni qo‘llashdagi xalqonalik, kuchli ramzlardan qochish, tushunarlilik kabi individual yondashuvi asoslangan;
milliy uyg‘onish davri shoirlari ijodida an’anaviy lirik janrlarning mazmuniy yangilanishi, ijtimoiy va milliy mavzularning kirib kelishi kabi yangi qirralari aniqlanib, g‘azal, qit’a va ruboiy janrlari xususiyatlarining o‘zgarishida Muhyi va unning zamondoshlari asarlaridagi ijtimoiy tanqid, milliy g‘urur va ma’rifatparvarlik jihatlari ochib berilgan;
milliy uyg‘onish va jadid estetik tafakkuri takomillashuvida Muhyi va uning zamondoshlari ijodida “gul”, “bulbul”, “oyina”, “aql”, “qalb” kabi tasavvufiy obrazlar tabiatining o‘zgarishi va ularning jamiyatdagi zulm va nodonlikni aks ettiruvchi vositaga aylangani isbotlangan;
Muhyi va u bilan davradosh ijodkorlarning boshqa adabiy maktablar namoyandalari bilan o‘zaro aloqalari, Qo‘qon, Buxoro, Xiva va Toshkent adabiy muhitlari vakillari ijodidagi “kiyik”, “oyina”, “murg‘i vahm” kabi tasavvufiy ramz va timsollarning ilm-ma’rifat ifodasidagi uyg‘unligi va “Asrorqul”, “Tolibboy”, “dar mazammati Bektur” kabi tanqidiy, hajviy asarlar orqali Qo‘qon adabiy muhitining farqli jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhyi va uning zamondoshlari asarlarida ijodiy an’ana va poetik tafakkur yangilanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Muhyi va uning zamondoshlari ijodi misolida Qo‘qon adabiy muhitining rivojlanishida mumtoz she’riyat an’analariga individual ijodiy yondashuvi, she’riy mazmunning ijtimoiy yo‘nalishi, badiiy obrazlar va timsollarning yangilanishi kabi adabiy-estetik omillar aniqlanganligiga doir ilmiy-nazariy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan (PF-201912258) “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” grant loyiha ishini amalga oshirishda muhim nazariy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 26-avgustdagi 04/1-2185-son ma’lumotnomasi). Natijada Muhyi va uning zamondoshlari ijodi misolida Qo‘qon adabiy muhitining rivojlanishida mumtoz she’riyat an’analariga individual ijodiy yondashuvi, she’riy mazmunning ijtimoiy yo‘nalishi, badiiy obrazlar va timsollarning yangilanishi kabi adabiy-estetik omillar aniqlangan;
Qo‘qon adabiy muhitining milliy estetik tafakkur takomilida Muqimiy va Furqat kabi shoirlar ijodiy salohiyati bilangina bog‘lanib kelgani ilmiy haqiqatga muvofiq emasligi, adabiy muhit rivojiga Muhyi ijodining ham ta’siri katta ekanligi, uning nazmiy asarlari misolida lirik qahramon tabiati, ramz va obraz munosabati, timsol yaratish mahorati, janrlar takomili, qofiya, radif va badiiy san’atlarni qo‘llashdagi individual yondashuvi asoslanganligiga oid xulosalaridan 2019-2021-yillarda bajarilgan I-OT-2019-42 “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 01/4-2407-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotning yangicha ma’rifatparvarlikdan milliy uyg‘onish va jadid estetik tafakkuri sari takomillashuvi aniqlanib, Muhyi va uning zamondoshlari ijodida tasavvufiy obraz va timsollar tabiatining hamda ma’naviy-estetik mezonlarning yangilanishi, ramziy va mubolag‘ali tasvirlarning rivojlanishi isbotlangan;
milliy uyg‘onish davri shoirlari ijodida an’anaviy lirik janrlar yangi qirralarining kashf etilishi va yanada takomillashuvi hamda g‘azal, qit’a va ruboiy janrlari xususiyatlarining o‘zgarishida Muhyi va unga davrdosh ijodkorlar nazmiy asarlarining o‘rni nihoyatda beqiyosligi ochib berilganligiga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 01/4-2406-son ma’lumotnomasi). Natijada Muhyi va u bilan davradosh ijodkorlarning boshqa adabiy maktablar namoyandalari bilan o‘zaro aloqalari, Qo‘qon, Buxoro, Xiva va Toshkent adabiy muhitlari vakillari ijodiy tafakkurdagi uyg‘unlik va farqli jihatlar hamda ularning o‘zaro ijodiy ta’siri aniqlangan;
adabiyotning yangicha ma’rifatparvarlikdan milliy uyg‘onish va jadid estetik tafakkuri sari takomillashuvi aniqlanib, Muhyi va uning zamondoshlari ijodida tasavvufiy obraz va timsollar tabiatining hamda ma’naviy-estetik mezonlarning yangilanishi, ramziy va mubolag‘ali tasvirlarning rivojlanishi isbotlanganligiga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksioni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 11-iyundagi 01/4-2408-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy uyg‘onish davri shoirlari ijodida an’anaviy lirik janrlar yangi qirralarining kashf etilishi va yanada takomillashuvi hamda g‘azal, qit’a va ruboiy janrlari xususiyatlarining o‘zgarishida Muhyi va unga davrdosh ijodkorlar nazmiy asarlarining o‘rni nihoyatda beqiyosligi ochib berilgan;
Muhyi va u bilan davradosh ijodkorlarning boshqa adabiy maktablar namoyandalari bilan o‘zaro aloqalari, Qo‘qon, Buxoro, Xiva va Toshkent adabiy muhitlari vakillari ijodiy tafakkurdagi uyg‘unlik va farqli jihatlar hamda ularning o‘zaro ijodiy ta’siri aniqlanganligiga doir xulosalardan 2023–2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-apreldagi 26-36-970-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan.