Aripjanova Maxfuza Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi):
“Kasbiy ta’lim tashkilotlarida maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirish (engil sanoat yo‘nalishlari misolida), 13.00.05 – Kasb – hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3748
Ilmiy rahbar: To‘xtaeva Zebo Sharifovna - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor     
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; 
Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasbiy ta’limda maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirishni nazariy jihatdan asoslash, metodikasini ishlab chiqish hamda tajriba-sinov yo‘li  bilan samaradorligini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tahkilotlarida o‘quv jarayonini innovatsion axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish jarayonlari komponentlari aniqlangan, maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari (kasbiy, metodik va motivatsion) aniqlangan;
o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodika va tashkiliy-tuzilmaviy tizim asosida o‘quv-metodik ta’minotni intensivlashtirishga xizmat qiluvchi mezon va natijaviy bloklarning uzviyligi nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash, shuningdek dasturiy maqsadlarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
kasbiy ta’limda maxsus fanlarni o‘qitishda kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarining yo‘nalishlari belgilangan va maxsus fanlarni o‘qitishda  “Flipped classroom”, “3D metodi”, “Aql charxi”, “Dekompozisiya”, “Assotsiatsiya”, “SCAMPER” metodlaridan foydalanish bo‘yicha kollaborativ amaliy ko‘rsatmalar,  mobil ilova ishlab chiqilgan va o‘quv jarayoni mazmuniga singdirilgan;  
maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini qo‘llash avtomatlashtirilgan visual loyihaviy topshiriqlarni taksonomik (faraz, reja, faoliyat va tahlil) mutanosibligida ishlab chiqilgan hamda o‘quvchilarda axborot texnologiyalari va tasavvur kompetensiyalarining shakllanganlik darajalari ta’limni raqamlashtirishga funksional imkon beruvchi baholash mezonlarini kiritish orqali optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy ta’limda maxsus fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirishni nazariy jihatdan asoslash,  pedagogik shartlari va metodikasini ishlab chiqish hamda tajriba-sinov yo‘li bilan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kasbiy ta’limda maxsus fanlarni o‘qitishda kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarining yo‘nalishlari belgilangan va maxsus fanlarni o‘qitishda “Erkaklar kiyimini tikish texnologiyasi”, “Bolalar kiyimini konstruksiyalash va modellashtirish” va “Tikuv buyumlarini tikish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmalari, o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirishga asoslangan mashg‘ulotlarning dars ishlanmalari ishlab chiqilib, ta’lim jarayonida amalda qo‘llanilgan. Maxsus fanlarda “Flipped classroom”, “3D metodi”, “Aql charxi”, “Dekompozisiya”, “Assotsiatsiya”, “SCAMPER” metodlaridan   foydalanish bo‘yicha kollaborativ amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025 yil 14 iyuldagi 02/01-01-279-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar kasbiy ta’limda maxsus fanlarni o‘qitishda kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarining yo‘nalishlari belgilangan, kasbiy ta’lim tashkilotlarida maxsus fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tadqiqot davomida o‘quvchilarning tasavvur-kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uslubiy tavsiyalar,  takomillashtirilgan integrativ o‘qitish tamoyillari va metodikasiga doir uslubiy ko‘rsatmalar, mutaxassislik  fanlaridan uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalar, jumladan, engil sanoat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik fanlardan texnik atamalar glossariysi, mavzular uchun topshiriqlar, savollar majmuasi ishlab chiqilgan hamda amaliyotga joriy etilgan. Tajriba-sinov ishlari parallel guruhlarda olib borilgan. Shuningdek, “Engil sanoat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan texnik atamalar glossariysi elektron dasturi” (№ DGU 24575 03.05.2023 y.), “Erkaklar kiyimini tikish texnologiyasi" fanidan elektron darslik (№ DGU 41501 22.07.2024 y.)  (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 2025 yil 14 iyuldagi 02/01-01-279-son ma’lumotnomasi) hamda  “GLOTHING” nomli modil ilova (№ DGU 55099  09.10.2025 y.) o‘quv jarayoni mazmuniga singdirilgan. Mazkur o‘quv-metodik ta’minot o‘quvchilarning kommunikativ-tasavvur kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni mobil texnologiyalar asosida mustaqil ta’lim olishini faollashtirish uchun uning didaktik imkoniyatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish