Abdullaeva Shoxida Norqulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moliyaviy-iqtisodiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishning funksional-semantik aspekti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Fil911.
Ilmiy maslahatchi: Ergasheva Guli Ismoil qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Xomidov Xayrilla Xudoyorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Teshaboeva Ziyodaxon Qodirovna, filologiya fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy-iqtisodiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda funksional yaxlitlik, semantik aniqlik va pragmatik moslikni ta’minlovchi strategiyalarni asoslash, integratsion tarjima modellarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy-iqtisodiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda lingvosemantik, stilistik hamda illokusion birliklar – metafora, kollokatsiyalar va madaniy konnotatsiyalarga ega baholovchi-metaforik ifodalarni milliy iqtisodiy kontekstda termin mazmuni va auditoriyaga mos stilistik izchillikni saqlagan holda tarjima qilish tamoyillari moliyaviy hisobotlar hamda tahliliy matnlarga xos kommunikativ pragmatik adaptatsiya va diskursiv moslashuvchanlik deskriptorlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
moliyaviy-iqtisodiy terminlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda kontekstual ko‘p darajali semantik konfiguratsiyaning denotativ, konnotativ, kollokativ, alluziv va sotsiolektik semantik strukturalari tahlili asosida dominant qatlamning semantik determinant funksiyasi xalqaro normativ hujjatlarda belgilangan terminlarni O‘zbekiston moliya va bank qonunchiligi kontekstiga adekvat ekvivalentlashtirishga ko‘ra mazmuniy aniqlik, stilistik moslik va kontekstga mos pragmatik uyg‘unlikni ta’minlovchi tarjima usullariga kompleks muvofiqlashtirgan holda asoslangan;
moliyaviy-iqtisodiy matnlarni informativ, ekspressiv, operativ va normativ-rasmiy janr turlariga ajratgan holda tarjimada funksional-semantik maydon modeli vositasida matn tarkibini “predikativ”, “sub’ekt-ob’ekt”, “miqdor-sifat” va “holat” yadrolariga segmentatsiyalash, terminlarni arxisema, differensial sema hamda potensial semantik komponentlarga ajratish asosida matn strukturasi, muallif-auditoriya munosabati va metafunksiyalar bilan integratsiyalashgan holda qo‘llash samaradorligi tarjimaning kommunikativ-pragmatik izchilligini ta’minlash orqali isbotlangan;
moliyaviy-iqtisodiy matnlarni tarjima qilishda janr tahlili moliyaviy hisobotlar, auditorlik xulosalari, bank shartnomalarini lingvistik, stilistik, pragmatik va semiotik mezonlar asosida kategoriyalashtirish orqali har bir janrga xos kommunikativ maqsad va uslubiy xususiyatlar milliy iqtisodiy diskursni xalqaro konvensiyalarga (ISO 704, IMF, OECD) muvofiqlashtirish orqali iqtisodiy terninlarning stilistik neytralligi, institutsional maqomi va madaniy jihatdan kodlangan ma’nolari o‘zbek tilida terminologik aniqlik va kontekstga muvofiqlik xususiyatlari asosida ochib berilgan;
ingliz tilidagi moliyaviy-iqtisodiy matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda funksional yondashuv asosida bank hujjatlari, auditorlik xulosalari kabi normativ janrdagi matnlarning field (mazmun sohasi), tenor (kommunikativ munosabat darajasi) va register (uslubiy shakllanish) kabi lingvistik indikatorlarini aniqlash orqali mazmuniy, shaxslararo va tekstual metafunksiyalar asosida har bir matn turining kommunikativ maqsadi va uslubiy xususiyatiga ko‘ra tarjima strategiyalari lingvopragmatik jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy-iqtisodiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishning funksional-semantik xususiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
moliyaviy-iqtisodiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda lingvosemantik, stilistik hamda illokusion birliklar – metafora, kollokatsiyalar va madaniy konnotatsiyalarga ega baholovchi-metaforik ifodalarni milliy iqtisodiy kontekstda termin mazmuni va auditoriyaga mos stilistik izchillikni saqlagan holda tarjima qilish tamoyillari moliyaviy hisobotlar hamda tahliliy matnlarga xos kommunikativ pragmatik adaptatsiya va diskursiv moslashuvchanlik deskriptorlarini ishlab chiqish orqali takomillashtirilganligiga oid ilmiy xulosalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Erudit” shifrli yopiq innovatsion loyihasida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi 10/318-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan dastur va qo‘llanmalarning mazmun-mohiyatini takomillashtirishga erishilgan;
moliyaviy-iqtisodiy terminlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda kontekstual ko‘p darajali semantik konfiguratsiyaning denotativ, konnotativ, kollokativ, alluziv va sotsiolektik semantik strukturalari tahlili asosida dominant qatlamning semantik determinant funksiyasi xalqaro normativ hujjatlarda belgilangan terminlarni O‘zbekiston moliya va bank qonunchiligi kontekstiga adekvat ekvivalentlashtirishga ko‘ra mazmuniy aniqlik, stilistik moslik va kontekstga mos pragmatik uyg‘unlikni ta’minlovchi tarjima usullariga kompleks muvofiqlashtirgan holda asoslanganligi borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida amalga oshirilgan I-OI-2021-65 shifrli “e-ziyorattourism” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2025-yil 27-yanvardagi 02-070-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan dasturlar va materiallarning mazmunini boyitishga erishilgan;
moliyaviy-iqtisodiy matnlarni informativ, ekspressiv, operativ va normativ-rasmiy janr turlariga ajratgan holda tarjimada funksional-semantik maydon modeli vositasida matn tarkibini “predikativ”, “sub’ekt-ob’ekt”, “miqdor-sifat” va “holat” yadrolariga segmentatsiyalash, terminlarni arxisema, differensial sema hamda potensial semantik komponentlarga ajratish asosida matn strukturasi, muallif-auditoriya munosabati va metafunksiyalar bilan integratsiyalashgan holda qo‘llash samaradorligi tarjimaning kommunikativ-pragmatik izchilligini ta’minlash orqali isbotlanganligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – oʻzbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-iyuldagi 01/4-2955-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur va morfologik resurslar asosida moliyaviy matnlar tarjimasida standartlashtirilgan yondashuvlarning qo‘llanilish imkoniyatlari kengaytirilgan;
moliyaviy-iqtisodiy matnlarni tarjima qilishda janr tahlili moliyaviy hisobotlar, auditorlik xulosalari, bank shartnomalarini lingvistik, stilistik, pragmatik va semiotik mezonlar asosida kategoriyalashtirish orqali har bir janrga xos kommunikativ maqsad va uslubiy xususiyatlar milliy iqtisodiy diskursni xalqaro konvensiyalarga (ISO 704, IMF, OECD) muvofiqlashtirish orqali iqtisodiy terninlarning stilistik neytralligi, institutsional maqomi va madaniy jihatdan kodlangan ma’nolari o‘zbek tilida terminologik aniqlik va kontekstga muvofiqlik xususiyatlari asosida ochib berilganligiga oid natija va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-fevraldagi 04/1-556-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha davomida ishlab chiqilgan ko‘p tilli terminologik lug‘at va resurslarning mazmuni boyitilgan;
ingliz tilidagi moliyaviy-iqtisodiy matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda funksional yondashuv asosida bank hujjatlari, auditorlik xulosalari kabi normativ janrdagi matnlarning field (mazmun sohasi), tenor (kommunikativ munosabat darajasi) va register (uslubiy shakllanish) kabi lingvistik indikatorlarini aniqlash orqali mazmuniy, shaxslararo va tekstual metafunksiyalar asosida har bir matn turining kommunikativ maqsadi va uslubiy xususiyatiga ko‘ra tarjima strategiyalari lingvopragmatik jihatdan takomillashtirilganligiga oid natija va xulosalardan Germaniyaning Gumboldt universitetida amalga oshirilgan Erasmus+ International KA107 Credit mobility Key action 1-Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” mavzusidagi xalqaro innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-fevraldagi 04/1-557-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan adabiyotlar va materiallarning mazmuni boyitilgan.
Ilmiy kengash raisi: I.M. Tuxtasinov
Ilmiy kengash ilmiy kotibi: X.B. Samigova
Ilmiy maslahatchi: G.I. Ergasheva
Talabgor: Sh.N. Abdullaeva