Nosirov Nizomiddin Baratovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda fizika va muhandislik masalalarini uyg‘unligini ta’minlash metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4524
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Ilmiy rahbar: Tadjibaev Ikram Uralbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti huzuridagi PhD.03/31.03.2021.FM.70.06 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori, Jo‘raev Husniddin Oltinboevich., O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti v.b,, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abdullaev Nuraddin Quranbaevich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda fizika va muhandislik masalalarini uyg‘unligini ta’minlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fizika va muhandislik fanlari masalalari uyg‘unligini ta’minlashning tashkiliy-pedagogik aspektlari kasbiy ishlab chiqarish vaziyatlarini nazariyaning spektral kengligiga mos dispersion dizaynda transformatsiyalash hamda masalalar integratsiyasini Visual C++ raqamlashtirilgan muhitda texnik ishlanmalar interpretatsiyasida ta’minlash orqali ochib berilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda fizika va muhandislik fanlari masalalari uyg‘unligini ta’minlashning metodik modeli o‘quv-texnik masalalarni sxematik tasvirlashga o‘rgatishning modulli strukturalarini differensial o‘qitish analogiyalariga mos didaktik sikllarda individual qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
fizika va muhandislik fanlari masalalari uyg‘unligida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari evristik-algoritmik strukturalarda ishlab chiqilgan “Fizikadan masalalar to‘plami”, “Fizika” mobil ilovalarni amaliy mashg‘ulotlarning o‘quv-texnik topshiriqlarini texnik konstruksiyalash bosqichida matematik modellarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislar kasbiy tayyorgarlikni baholash mezonlari fizik-texnik masalalarning reproduktiv, produktiv, kreativ kombinatsiyalarida nostandart echimga o‘rgatuvchi prognostik-refleksiya mashqlarini mustaqil ta’lim topshiriqlari bazasida modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda fizika va muhandislik fanlari masalalari uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fizika va muhandislik fanlari masalalari uyg‘unligini ta’minlashning tashkiliy-pedagogik aspektlari kasbiy ishlab chiqarish vaziyatlarini nazariyaning spektral kengligiga mos dispersion dizaynda transformatsiyalash hamda masalalar integratsiyasini Visual C++ raqamlashtirilgan muhitda texnik ishlanmalar interpretatsiyasida ta’minlashga doir takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalida “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 26-iyun 04-36-1007-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda fizika va muhandislik fanlari masalalari uyg‘unligini ta’minlashning metodik modeli o‘quv-texnik masalalarni sxematik tasvirlashga o‘rgatishning modulli strukturalarini differensial o‘qitish analogiyalariga mos didaktik sikllarda individual qo‘llashga doir takliflar “Fizika fanidan masalalar to‘plami” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i). Natijada, takomillashtirilgan metodik model bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
fizika va muhandislik fanlari masalalari uyg‘unligida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari evristik-algoritmik strukturalarda ishlab chiqilgan “Fizikadan masalalar to‘plami”, “Fizika” mobil ilovalarni amaliy mashg‘ulotlarning o‘quv-texnik topshiriqlarini texnik konstruksiyalash bosqichida matematik modellarda qo‘llashga oid takliflar “Optika asoslari, atom va yadro fizikasi (3-qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i). Natijada, takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari fizika ta’limi sifatini hamda pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.