Sarimsakova Dilafruz Muxamadjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped556
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfuddinova, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Iminaxunova Iroda Huseynovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Azimova Ziyoda Ergashevna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi akademik motivatsiya multimodal resurslar ta’sirida kognitiv strategiyalarni faollashtirishiga ko‘ra “tavsiflovchi-analitik” tadqiqot birligi orqali noaniq axborotlarga intolerant munosabatning shakllanishini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasi quintet (nazariy, amaliy bilim, shaxs xususiyatlari, til o‘rganish qobiliyati) birlikka asoslangan zamonaviy pedagog kasbiy portretidagi lingvomadaniy referensiyaga ko‘ra “ustoz-talaba”, “talaba-talaba” munosabatlarining Self determinanti orqali rivojlantirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilaridagi tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish modeli tadqiqotda “Research Mentor”likni deskriptiv variativligiga ko‘ra talabalardagi amaliy, refleksiv, kommunikativ ko‘nikmalarni lokus nazoratning vektorli ta’siri orqali ilmiy pozisiyaga divergent integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli ta’lim muhitida kasbiy shakllanishning rejalashtirish-tadqiq qilish-refleksiya bosqichlarini “life-long learning” orqali kognitiv-regulyativ darajada adaptiv o‘zgarishiga ko‘ra aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ilmiy muammoga nisbatan intolerant munosabatga ko‘ra kasbiy sifatlarni raqamli ta’lim muhitida divergent tafakkur orqali integrativ shakllanishi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi akademik motivatsiya multimodal resurslar ta’sirida kognitiv strategiyalarni faollashtirishiga ko‘ra “tavsiflovchi-analitik” tadqiqot birligi orqali noaniq axborotlarga intolerant munosabatning shakllanishini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Tillarni o‘qitish va ta’lim texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Namangan davlat universiteti Kengashining 2025 yil 30-maydagi 14-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 30052447-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi konseptual-metodik asoslar multimodal resurslardan foydalanish va kognitiv strategiyalarni faollashtirish orqali izchil takomillashtirilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasi quintet (nazariy, amaliy bilim, shaxs xususiyatlari, til o‘rganish qobiliyati) birlikka asoslangan zamonaviy pedagog kasbiy portretidagi lingvomadaniy referensiyaga ko‘ra “ustoz-talaba”, “talaba-talaba” munosabatlarining Self determinanti orqali rivojlantirishga doir tavsiyalar “Darsni rejalashtirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 123402-raqamli ruxsatnomasi). Natijada chet til (ingliz tili) yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasining nazariy, amaliy, lingvomadaniy va shaxsiy determinantlar asosida izchil shakllanishi hamda kasbiy o‘zini-anglash jarayonining barqaror rivojlanishiga erishilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilaridagi tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish modeli tadqiqotda “Research Mentor”likni deskriptiv variativligiga ko‘ra talabalardagi amaliy, refleksiv, kommunikativ ko‘nikmalarni lokus nazoratning vektorli ta’siri orqali ilmiy pozisiyaga divergent integratsiyasi asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Ingliz tili o‘qitishda ilmiy-amaliy tadqiqot ko‘nikmalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Namangan davlat universiteti Kengashining 2025 yil 30-maydagi 12-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 30053438-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi lingvometodik texnologiyalarni divergent integratsiya va ilmiy pozisiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan “Research Mentor”lik asosida tizimli takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari raqamli ta’lim muhitida kasbiy shakllanishning rejalashtirish-tadqiq qilish-refleksiya bosqichlarini “life-long learning” orqali kognitiv-regulyativ darajada adaptiv o‘zgarishiga ko‘ra aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar 2022-2024 yillarda amalga oshirilgan S-UZ800-20-GR-0038-raqamli “Access microscholarship program” xalqaro grant dasturi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 8-oktyabrdagi 22-01/-753/22-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvometodik asoslari takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ilmiy muammoga nisbatan intolerant munosabatga ko‘ra kasbiy sifatlarni raqamli ta’lim muhitida divergent tafakkur orqali integrativ shakllanishi asosida aniqlashtirishga doir xulosa va takliflardan “O‘zbekiston Milliy teleradiokanali” DMning 2024-yil mart va may oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” nomli dasturlarning ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zMTRK 2024 yil 27-apreldagi 04-36-678-sonli buyrug‘i). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan.