Saparov Elmurod Donabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat byudjetidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar nazoratini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt1021.
Ilmiy maslahatchi: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Olimjonov Odil Olimovich,  iqtisodiyot fanlari doktori, prof. Pulatov Dilshod Xakberdievich.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Davlat byudjetidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olishda hamda to‘lovlarni amalga oshirishda tovar (ish, xizmat) etkazib berilganligi yuzasidan xavf (risk)lar aniqlaganda g‘aznachilik organlariga joyiga chiqqan holda monitoring qilish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanganda to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatish, shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish hamda davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga xabarnoma yuborish amaliyotini joriy etish taklif etilgan.
g‘aznachilik organlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonida shubhali holatlarda moliyaviy nazorat organlarini tezkor xabardor qilish, muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni va keyingi oyning 5 sanasiga qadar davlat moliyaviy nazorati organlariga taqdim etib borish zarurligi asoslangan.
aholi turmush darajasini yaxshilashga davlat byudjeti va boshqa barcha manbalardan beriladigan mablag‘lar maʼlumotlar bazasini shakllantirilgan holda xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etib borish, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining hududlarga barcha manbalardan ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha so‘rovi va nazoratini yo‘lga qo‘yish asoslangan.
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘rta va uzoq muddatli dasturlar loyihalarining umumdavlat strategik rejalashtirish dasturlariga mosligi, belgilanayotgan maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ga erishish imkoniyatlari, ularning natijadorligi va moliyaviy manbalar bilan taʼminlanganligini baholashga qaratilgan strategik auditdan o‘tkazish amaliyoti taklif etilgan.
davlat tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etilgan hududlardagi tuman (shahar) byudjetlarining zaxira jamg‘armasini shakllantirishda ushbu mexanizm joriy etilgan yildan oldingi yildagi hajmdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat byudjetidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar nazoratini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olishda hamda to‘lovlarni amalga oshirishda tovar (ish, xizmat) etkazib berilganligi yuzasidan xavf (risk)lar aniqlaganda g‘aznachilik organlariga joyiga chiqqan holda monitoring qilish, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanganda to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatish, shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish hamda davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga xabarnoma yuborish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PF-100-son “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 05/4189-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida, joriy nazoratni kuchaytirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishiga erishilgan.
g‘aznachilik organlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonida shubhali holatlarda moliyaviy nazorat organlarini tezkor xabardor qilish, muddati o‘tgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni va keyingi oyning 5 sanasiga qadar davlat moliyaviy nazorati organlariga taqdim etib borish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PF-100-son “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 05/4189-son maʼlumotnomasi). Natijada, moliyaviy intizom buzilishining oldini olish bo‘yicha preventiv choralarni joriy etish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi va uning hududiy tuzilmalariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishiga erishilgan.
aholi turmush darajasini yaxshilash uchun davlat byudjeti va boshqa barcha manbalardan ajratilayotgan mablag‘lar maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etib borish, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining hududlarga barcha manbalardan ajratilayotgan mablag‘lar bo‘yicha so‘rovi va nazoratini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi PF-100-son “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 05/4189-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida, davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘lar xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etilishi, muhokama qilinishi hamda mablag‘lar sarflanishi yuzasidan so‘rov yuborish va nazorat qilish imkonini bergan.
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan o‘rta va uzoq muddatli dasturlar loyihalarining umumdavlat strategik rejalashtirish dasturlariga mosligi, belgilanayotgan maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar)ga erishish imkoniyatlari, ularning natijadorligi va moliyaviy manbalar bilan taʼminlanganligini baholashga qaratilgan strategik auditdan o‘tkazish amaliyotini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-100-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 05/4189-son maʼlumotnomasi). Natijada strategik islohotlarning amalga oshirilishi va natijadorligi, samaradorligi hamda milliy maqsad va vazifalarga erishishdagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar baholab borilishi taʼminlangan.
davlat tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etilgan hududlardagi tuman (shahar) byudjetlarining zaxira jamg‘armasini shakllantirishda ushbu mexanizm joriy etilgan yildan oldingi yildagi hajmdan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-1011-son “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining 2025 yil 4 dekabrdagi 04/2-11-49-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida, 2025 yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Xorazm viloyatlari 86 tuman(shahar) byudjetlari umumiy xarajatining 1,4 foizi yoki 150,5 mlrd.so‘m miqdorida zaxira jamg‘armasi shakllantirilishiga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish