Boyxonov Shavkat Mashrabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: O‘zbekiston Respublikasida parlament nazoratini takomillashtirishda deputat so‘rovi institutini rivojlantirishning siyosiy mexanizmlari;
Ixtisoslik shifri: 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar;
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ss464
Ilmiy rahbar: Dexkanov Narimon Burxonjonovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Javakova Karine Vladimirovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda parlament nazoratini takomillashtirishda deputat (yoki senator) so‘rovi institutini rivojlantirishning siyosiy mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy institutlarning parlament nazoratini amalga oshirishda “Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining joylardagi vakili”, “kengash so‘rovi”, “kengash soati” hamda “kengash rayosati” amaliyoti institutsional mexanizm sifatida asoslanib, saylovchilar murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida qonunchilikda belgilangan nazorat faoliyatini amalga oshirishning muhim siyosiy hamda tashkiliy-huquqiy vositalaridan biri ekanligi aniqlangan;
deputat so‘rovi ijrosini monitoring qilishning innovatsion institutsional modeli markazlashgan mexanizm sifatida parlament va ijro hokimiyati o‘rtasida institutsional balans hamda vertikal hisobdorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
parlamentning ijro hokimiyati va mansabdor shaxslar ustidan ijro nazoratini kuchaytirishda saylovchilarning qanoatlantirilgan murojaatlari darajasi hamda hududiy kengashlar faoliyati bilan bevosita aloqadorlik asosida baholab borish muhim siyosiy indikator ekanligi ilmiy jihatdan dalillangan;
saylov okruglaridagi saylovchilarning tizimli, muhim va dolzarb masalalarini hal etishda hududlar manfaatlariga qaratilgan natijadorlikni jamoatchilikka oshkora taqdim etish mexanizmi parlament nazorati samaradorligini oshirishning institutsional vositasi sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida parlament nazoratini takomillashtirishda deputat so‘rovi institutini rivojlantirishning siyosiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
deputat so‘rovining nafaqat amaldagi qonunchilikda belgilangan vosita, balki davlat hokimiyati tizimida parlament nazoratining institutsionallashgan muhim shakli ekanligi, kengash so‘rovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining joylardagi vakili institutining joriy etilganligi, saylovchilarning parlament deputatlari (senatorlari)ga murojaat qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish zaruratiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasi faoliyatini olib borish va samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasining 2025-yil 4-fevral kunidagi 21/1-03-sonli dalolatnomasi). Natijada, saylovchilarning deputatlarga murojaat qilish jarayonini tashkil etish va huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish orqali jamoatchilik bilan parlament o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikning samaradorligi sezilarli darajada oshishiga, bu esa parlament nazoratining ochiqligini, hisobdorligini
va hokimiyatning shaffofligini ta’minlashga muhim hissa qo‘shgan, deputat so‘rovi vositasi orqali jamoatchilik fikrini davlat boshqaruviga keng
va to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish imkoniyati mustahkamlanib, demokratik islohotlarning amaliy asosi sifatida yanada rivojlanishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston sharoitida deputat (yoki senator) so‘rovi institutining samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar, hokimiyatlarning bir-birini tiyib turishi maqsadida Parlament qoshida “Parlament nazorati monitoring instituti”ni tashkil etishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasining yillik ish rejalari va chora-tadbirlar rejalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025-yil 13-fevral kunidagi 14/1-sonli dalolatnomasi). Natijada, qo‘mitaning yillik ish rejasi va chora-tadbirlar rejalarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda samaradorlikni oshishiga, parlament nazoratining institutsional asoslarini mustahkamlashga hamda davlat hokimiyati organlari faoliyatida oshkoralik va hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
deputat (yoki senator) so‘rovi institutini rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy-nazariy yondashuv asosida tahlil qilinishi, rivojlangan demokratiyalarga xos parlament nazorati usullarini amalga oshirishning institutsional mexanizmlariga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash qo‘mitasi tomonidan senatorlarning hududlarda saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025-yil 13-fevral kunidagi 14/1-sonli dalolatnomasi). Natijada, senatorlarning saylovchilar murojaatlari bilan ishlash jarayonini yanada takomillashtirishga, xalq bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga, bu esa saylovchilar bilan munosabatlarni mustahkamlash, ularning muammolari
va talablarini parlamentga ko‘proq etkazish imkoniyatlarini kengaytirgan hamda parlament nazorati institutining natijadorligini oshishiga xizmat qilgan;
raqamli siyosat nazariyasi asosida deputat so‘rovlarini elektron tizim orqali yo‘llash, ijrosini jamoatchilikka oshkora taqdim etish hamda ularning ta’sir samaradorligini baholashning ilmiy modeli, deputat va senatorlarning zamonaviy axborot-texnologiyalariga oid savodxonligini oshiruvchi dasturlarini ishlab chiqilishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovasion rivojlanish va axborot texnologiyalari qo‘mitasining elektron platformalarni yaratish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2025-yil 3-sentyabrdagi 04/1-09-041-sonli dalolatnomasi). Natijada, deputat so‘rovlarini axborot texnologiyalari orqali yuborish va ijrosini tizimli ravishda nazorat qilish, jamoatchilikka oshkoralikni ta’minlash hamda muammolarni samarali hal etishda “saylovchi-deputat-ijro organi” o‘zaro hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilishi, bu esa parlament faoliyatida raqamli transformatsiya jarayonlarini mustahkamlab, parlament nazoratining samaradorligi va shaffofligini oshirishga xizmat qilgan.