Raximova Sevara Gayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Pochta xizmatlarini rivojlantirishda elektron tijorat va biznes jarayonlarini samarali amalga oshirish yo‘nalishlari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5350
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Shuxratovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Nozima Gulamiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Otakuzieva Zuxra Maratdaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi pochta xizmatlarini rivojlantirishda elektron tijorat va biznes jarayonlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot ochiqligi, yetkazib berish tezligi, raqamlashtirish darajasi, yangi mijoz segmentlarini jalb qilish strategiyalarini uyg‘unligi asosida biznes jarayonlarni moliyalashtirishda qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish mexanizmi takomillashtirilgan;
biznes jarayonlarni monitoring qilish modelining samaradorligini uslubiy jihatdan “O‘zbekiston pochtasi” AJ biznes jarayonlarini baholashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar (ROE, ROA, Sof foyda marjasi, RFA, RCA) asosida aniqlashning maqsadga muvofiqligi taklif etilgan;
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrda mahsulot realizasiyasi va xizmat ko‘rsatish tannarxi va ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra rivojlanishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
“O‘zbekiston pochtasi” AJ da mijozlarning buyurtmalarini qayta ishlash sxemasi, biznes jarayonlarning xaritasi va asosiy ombor operasiyalarini takomillashtirishga ko‘ra tarkibiy tuzilishi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pochta xizmatlarini rivojlantirishda elektron tijorat va biznes jarayonlarini samarali amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
axborot ochiqligi, yetkazib berish tezligi, raqamlashtirish darajasi, yangi mijoz segmentlarini jalb qilish strategiyalari uyg‘unligi asosida biznes jarayonlarini moliyalashtirishda qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish mexanizmini takomillashtirish “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston pochtasi” AJ ning 2025-yil 18-martdagi 29-10/549-sonli, “FARGO PARCEL SERVICE FV” MChJ ning 2025-yil 14-iyuldagi 148-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi 34-8/5061-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda hajmi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
biznes jarayonlarni monitoring qilish modelining samaradorligini uslubiy jihatdan “O‘zbekiston pochtasi” AJ biznes jarayonlarini baholashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar (ROE, ROA, Sof foyda marjasi, RFA, RCA) asosida aniqlashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston pochtasi” AJ ning 2025-yil 18-martdagi 29-10/549-sonli, “FARGO PARCEL SERVICE FV” MChJ ning 2025-yil 14-iyuldagi 148-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi 34-8/5061-sonli ma’lumotnomalari). Taklif ROE-xususiy kapital rentabelligi ko‘rsatkichining 2023-yilda (0,62%) 2021-yilga nisbatan 0,08 foizga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan davrda mahsulot realizasiyasi va xizmat ko‘rsatish tannarxi va ta’sir etuvchi omillarga ko‘ra rivojlanishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston pochtasi” AJ ning 2025-yil 18-martdagi 29-10/549-sonli, “FARGO PARCEL SERVICE FV” MChJ ning 2025-yil 14-iyuldagi 148-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi 34-8/5061-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyati realizasiya qiliadigan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning tannarxini 2030-yilda 272 968,6 ming so‘mni tashkil qilib, 2023-yilga nisbatan 2,5% ga pasayishi imkoniyatlarini kengaytrishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbekiston pochtasi” AJ da mijozlarning buyurtmalarini qayta ishlash sxemasi, biznes jarayonlarning xaritasi va asosiy ombor operasiyalarini takomillashtirishga ko‘ra tarkibiy tuzilishi taklifi O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston pochtasi” AJ ning 2025-yil 18-martdagi 29-10/549-sonli, “FARGO PARCEL SERVICE FV” MChJ ning 2025-yil 14-iyuldagi 148-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi 34-8/5061-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif tashkilotda xodimlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yish va sof foyda hajmini 2023-yilda barqaror ravishda saqlanib qolishiga erishishda muayyan darajada xizmat qilgan.