Abdiev Nosir Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Raqamli texnologiyalarni joriy etish asosida xizmat ko‘rsatish korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish (Samarqand viloyati korxonalari misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4916
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Shuxratovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: 
Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Sobirov Muradjan Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida xizmat ko‘rsatish korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish samaradorligini baholash modeli mualliflik yondashuviga ko‘ra standartlashtirilgan ko‘rsatkichlar (0-1 oraligʻi), w1, w2, w3, w4, wn –har bir KPI uchun vazn koeffisientlari (yigʻindisi 1) hamda xizmat ko‘rsatish vaqti (haqiqiy; minimal), mijozning qoniqish darajasi (haqiqiy, maqsadli, minimal), xodimning mahorati (maqsadli, minimal) va operasion samaradorlik (maqsadli, minimal) vaznlarining integralligi asosida takomillashtirilgan;
 “Raqamli eksport indeksi” modeli “Palma travel group” MChJ faoliyati aprobasiyasida raqamli xizmatlar eksport salohiyatini integral baholashga ko‘ra optimallashtirilgan va MChJning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2025–2031 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
xizmat ko‘rsatishda “iqtisodiy shaffoflik va ishonch” modeli ishonch muhitini mustahkamlash, shaffof xizmat monitoringi va sifatni uzlyuksiz nazorat qilishni tashkil qilishga ko‘ra takomillashtirilib, mazkur jarayonni blokcheyn texnologiyasi asosida amalga oshirish asoslangan;
“Uzbektelekom” AK Samarqand filialining xizmat ko‘rsatish faoliyati va unga ta’sir etuvchi omillarning 2025-2030 yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan  prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida xizmat ko‘rsatish korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish samaradorligini baholash modeli mualliflik yondashuviga ko‘ra standartlashtirilgan ko‘rsatkichlar (0-1 oraligʻi), w1, w2, w3, w4, wn –har bir KPI uchun vazn koeffisientlari (yigʻindisi 1) hamda xizmat ko‘rsatish vaqti (haqiqiy; minimal), mijozning qoniqish darajasi (haqiqiy, maqsadli, minimal), xodimning mahorati (maqsadli, minimal) va operasion samaradorlik (maqsadli, minimal) vaznlarining integral-ligi asosida takomillashtirish taklifi “Uzbektelekom” AK Samarqand filiali korxonalari amaliyotiga joriy qilingan (“Uzbektelekom” AK-ning 2025-yil 9-iyundagi 76-sonli ma’lumotnomasi).Taklif daromad va xizmat sifati ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bogʻliqlikni aniqlash darajasini oshriishga ko‘ra 2024-yilda xizmatdan olinadigan qo‘shimcha daromadni 2,8 mlrd so‘mga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Raqamli eksport indeksi” modeli “Palma travel group” MChJ faoliyati aprobasiyasida raqamli xizmatlar eksport salohiyatini integral baholashga ko‘ra optimallashtirish va MChJning sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarning 2025–2031 yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif “Palma travel group” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (“Uzbektelekom” AK 2025-yil 9-iyundagi 76-sonli hamda “Palma travel group” MChJ 2025-yil 5-iyundagi 116-sonli ma’lumotnomalari). Taklif viloyatdagi xizmat eksporti hajmini 2026-yilga kelib 1,3 baravarga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatishda “iqtisodiy shaffoflik va ishonch” modeli ishonch muhitini mustahkamlash, shaffof xizmat monitoringi va sifatni uzlyuksiz nazorat qilishni tashkil qilishga ko‘ra takomillashtirilib, mazkur jarayonni blokcheyn texnologiyasi asosida amalga oshirish bo‘yicha  taklif “Palma travel group” MChJl faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (“Uzbektelekom” AK 2025-yil 9-iyundagi 76-sonli hamda “Palma travel group” MChJ 2025-yil 5-iyundagi 116-sonli ma’lumotnomalari). Taklif korxonaning shartnoma tuzish va to‘lov operasiyalari bo‘yicha tranzaksiya xarajatlarini 18 foizga qisqarish va mijozlar bilan institutsional ishonchning sezilarli darajada oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Uzbektelekom” AK Samarqand filialining xizmat ko‘rsatish faoliyati va unga ta’sir etuvchi omillarning 2025-2030 yillarga bo‘lgan davrga mo‘ljallangan  prognoz ssenariylari bo‘yicha taklif “Uzbektelekom” AK Samarqand filiali tomonidan “2030 - yilgacha rivojlanish keonsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy etilgan (“Uzbektelekom” AKning 2025-yil 9-iyundagi 76-sonli ma’lumotnomasi). Taklif xizmat ko‘rsatish korxonalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish va xizmatlar sifatini yaxshilashga ko‘ra 2027-yilga kelib sof foyda ko‘rsatkichining 22 foizga oshirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish