Berdiboev Oltinboy Abdiboqi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion texnologiyalar asosida bank xizmatlarini rivojlantirish (AT “Aloqabank” misolida)”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3925
Ilmiy rahbar: To‘raev Shavkat Shuxratovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: 
Kenjabaev Aman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Rahmonqulov Jonibek Murotovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion texnologiyalar asosida bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklarda pul mablag‘lari xavfsizligini oshirish va mijozlar haqidagi ma'lumotlar almashinuvini tezlashtiriishda RFID tizimi va NFC texnolo-giyalarini ustuvor darajada qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
bank jarayonlarini raqamlashtirishda blokcheyn texnologiyalarini qo‘llashga ko‘ra ustav kapitalining rentabellik koeffisientini kapitalidan samarali foydalanish asosida foydani oshiruvchi imitatsion model taklif etilgan;
IABS ESB servis moslamasiga ko‘ra 24x7 real vaqt rejimida qo‘llab-quvvatlovchi OPENAPI ixtisoslashuvini qo‘llanilish modelining sxematik ko‘rinishi sun'iy intellekt tomonidan boshqariladigan sof “raqamli” ABS asosida takomillashtirilgan;
“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankini samarali rivojlanishning 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Innovatsion texnologiyalar asosida bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
banklarda pul mablag‘lari xavfsizligini oshirish va mijozlar haqidagi ma'lumotlar almashinuvini tezlashtiriishda RFID tizimi va NFC texnolo-giyalarini ustuvor darajada qo‘llashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatiga joriy qilingan (“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-apreldagi 04-10-14/508-sonli ma'lumotnomasinomasi). Taklif bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
bank jarayonlarini raqamlashtirishda blokcheyn texnologiyalarini qo‘llashga ko‘ra ustav kapitalining rentabellik koeffisientini kapitalidan samarali foydalanish asosida foydani oshiruvchi imitasion model bo‘yicha taklif “Aloqabank” ATB amaliyotiga joriy qilingan (“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-apreldagi 04-10-14/508-sonli ma’lumotnomasi). Taklif blokcheyn texnologiyalarining elementlarini qo‘llashga ko‘ra  bank ustav kapitali rentabellik koeffisientini 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 0,32 foizga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
IABS ESB servis moslamasiga ko‘ra 24x7 real vaqt rejimida qo‘llab-quvvatlovchi OPENAPI ixtisoslashuvini qo‘llanilish modelining sxematik ko‘rinishi sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan sof “raqamli” ABS asosida takomillashtiri taklifi “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatiga joriy qilingan (“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-apreldagi 04-10-14/508-sonli ma’lumotnomasi). Taklif yangi tahliliy imkoniyatlarga ko‘ra Analytics tahliliy imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilanishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankini samarali rivojlanishning 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari bo‘yicha taklifdan “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan “2030-yilgacha rivojlanish rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliy faoliyatiga joriy qilingan (“Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 28-apreldagi 04-10-14/508-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining olingan yillik sof foydasi ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra 2030-yilda 2023-yilga nisbatan 1,29 barobar ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish