Sattorova Nasiba G‘anijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari likvidliligini optimallashtirish yo‘llari», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4120.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rahmatilla Rahmonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Turonbank aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari likvidliligini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklari likvidligini optimallashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bank aktivlari va majburiyatlari tuzilmasini real vaqtda qayta balanslash orqali likvidlik tavakkalchiliklarini minimallashtirish hamda filiallararo likvidlik disbalansini dinamik sinxronlashtiruvchi indekslar asosida prognoz qilish imkonini beruvchi innovatsion moliyaviy menejment vositalari joriy etilishini nazarda tutuvchi, banklar resurslaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlovchi ilmiy-amaliy kategoriya sifatida takomillashtirilgan;
banklarda aktivlar diversifikatsiyasi, markazlashmagan resurslar manbalari va likvid aktivlarning tez aylanuvchanligi omillaridan boshqaruvda foydalanishni amalga oshirish orqali likvidlikni etmish kunlik rejalashtirish modelida minimal likvidlik talablariga mos kelish ko‘rsatkichini 95% gacha oshirish imkoni asoslangan;
Markaziy bankning qayta moliyalash, svop operatsiyalari va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni qamrab olgan likvidlilikni tartibga solish vositalarini diversifikatsiyalash hamda ularni qo‘llash mezonlarini takomillashtirish orqali bank tizimida kunlik likvidlik ehtiyojini 15-20% gacha qoplash va qisqa muddatli moliya bozorida likvidlik disbalansini 30% gacha kamaytirish taklif etilgan;
banklarda filiallararo likvidlik disbalansini VAR modeli va stress-test ssenariylari asosida aniqlash hamda muvofiqlashtirish usuli orqali korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirishni optimallashtiruvchi, likvidlik taqchilligini 18-22% gacha kamaytirish va filiallararo pul oqimlari balansini 0,9 korrelyasiya koeffisienti darajasida uyg‘unlashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari likvidliligini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tijorat banklari likvidligini optimallashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini bank aktivlari va majburiyatlari tuzilmasini real vaqtda qayta balanslash orqali likvidlik tavakkalchiliklarini minimallashtirish hamda filiallararo likvidlik disbalansini dinamik sinxronlashtiruvchi indekslar asosida prognoz qilish imkonini beruvchi innovatsion moliyaviy menejment vositalari joriy etilishini nazarda tutuvchi, banklar resurslaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlovchi ilmiy-amaliy kategoriya sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Tijorat banklari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-avgustdagi 272-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda innovatsion moliyaviy menejment vositalari joriy etilishini nazarda tutuvchi, banklar resurslaridan samarali va barqaror foydalanishni ta’minlovchi ilmiy-amaliy kategoriya sifatida takomillashtirilgan “tijorat banklari likvidligini optimallashtirish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
banklarda aktivlar diversifikatsiyasi, markazlashmagan resurslar manbalari va likvid aktivlarning tez aylanuvchanligi omillaridan boshqaruvda foydalanishni amalga oshirish orqali likvidlikni etmish kunlik rejalashtirish modelida minimal likvidlik talablariga mos kelish ko‘rsatkichini 95% gacha oshirish taklifi “Agrobank” ATBning faoliyatiga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 26-iyundagi N20-3_08/870-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida banklarda aktivlar diversifikatsiyasi, markazlashmagan resurslar manbalari va likvid aktivlarning tez aylanuvchanligi omillaridan boshqaruvda foydalanishni amalga oshirish orqali likvidlikni optimallashtirish imkoni yaratilgan;
Markaziy bankning qayta moliyalash, svop operatsiyalari va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni qamrab olgan likvidlilikni tartibga solish vositalarini diversifikatsiyalash hamda ularni qo‘llash mezonlarini takomillashtirish orqali bank tizimida kunlik likvidlik ehtiyojini 15-20% gacha qoplash va qisqa muddatli moliya bozorida likvidlik disbalansini 30% gacha kamaytirish taklifi “Agrobank” ATBning faoliyatiga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 26-iyundagi N20-3_08/870-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Markaziy bankning qayta moliyalash, svop operatsiyalari va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni qamrab olgan likvidlilikni tartibga solish vositalarini diversifikatsiyalash hamda ularni qo‘llash mezonlarini takomillashtirish orqali likvidlikni optimallashtirish imkoni yaratilgan;
banklarda filiallararo likvidlik disbalansini VAR modeli va stress-test ssenariylari asosida aniqlash hamda muvofiqlashtirish usuli orqali korxonalar faoliyatini moliyaviy modellashtirishni optimallashtiruvchi, likvidlik taqchilligini 18-22% gacha kamaytirish va filiallararo pul oqimlari balansini 0,9 korrelyasiya koeffisienti darajasida uyg‘unlashtirish taklifi “Agrobank” ATBning faoliyatiga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2025-yil 26-iyundagi N20-3_08/870-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida banklarda filiallararo likvidlik disbalansini VAR modeli va stress-test ssenariylari asosida aniqlash hamda muvofiqlashtirish usuli orqali likvidlikni optimallashtirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish