Daliev Xusan Xojakbarovichning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13-Menejment, (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Iqt2301.
Ilmiy rahbari: Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich , iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Ikramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor,  Ishmanova Dinara Nurmamat qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
intellektual mulk ishlanmalarini tijoratlashtirishning an’naviy boshqaruv tuzilmasini innovatsiyalar ishlab chiqaruvchilari bilan iste’molchilar o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni tashkil etish hamda intellektual mulk obektlarini iste’molchiga muvaffaqiyatli targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan tijoratlashtirish jarayoniga “innovatsiyalar brokeri” proaktiv bog‘lovchi elementini kiritish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan; 
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan intellektual mulk obektlarini tijoratlashtirish uchun tashkil etilayotgan Spin-off kompaniyalarilariga uch yil davomida ilmiy-tadqiqot institutlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalarning qo‘llanilishi taklifi asoslangan;
tijoratlashtirish jarayonida “innovatsiyalar brokeri” proaktiv bog‘lovchi subekt sifatida ishtirok etishining qiymat intervallari — “past faollik darajasi” (0–0,25), “etarli faollik darajasi” (0,26–0,50), “barqaror faollik darajasi” (0,51–0,75) va “yuqori faollik darajasi” (0,76–1,0) — doirasida baholash taklifi asoslangan; 
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi iqtisodiy bog‘liqliklar statistik dinamika asosida baholanib, ushbu tendensiyalardan kelib chiqib 2030-yilgacha rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
intellektual mulk ishlanmalarini tijoratlashtirishning an’naviy boshqaruv tuzilmasini innovatsiyalar ishlab chiqaruvchilari bilan iste’molchilar o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni tashkil etish hamda intellektual mulk obektlarini iste’molchiga muvaffaqiyatli targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan tijoratlashtirish jarayoniga “innovatsiyalar brokeri” proaktiv bog‘lovchi elementini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginining 2024 yil 14 oktyabrdagi 01/01-3011-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmi takomillashtirilgan; 
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan yaratilayotgan intellektual mulk obektlarini tijoratlashtirish uchun tashkil etilayotgan Spin-off kompaniyalarilariga uch yil davomida ilmiy-tadqiqot institutlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalarning qo‘llanilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginining 2024 yil 14 oktyabrdagi 01/01-3011-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarishga joriy etishga tayyor start-ap loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga 120,5 mlrd. so‘mlik innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan;
tijoratlashtirish jarayonida “innovatsiyalar brokeri” proaktiv bog‘lovchi subekt sifatida ishtirok etishining qiymat intervallari — “past faollik darajasi” (0–0,25), “etarli faollik darajasi” (0,26–0,50), “barqaror faollik darajasi” (0,51–0,75) va “yuqori faollik darajasi” (0,76–1,0) — doirasida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginining 2024 yil 14 oktyabrdagi 01/01-3011-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishning boshqaruv jarayoni samaradorligini baholash takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi iqtisodiy bog‘liqliklar statistik dinamika asosida baholanib, ushbu tendensiyalardan kelib chiqib 2030-yilgacha rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilganligi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliginining 2024 yil 14 oktyabrdagi 01/01-3011-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar baholanib, 2030-yilgacha rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish