Ashurova Nargizaxon Valijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tizimli tillarda kogeziyaning kontrastiv tadqiqi (ellipsis kesimida)”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2951
Ilmiy rahbar: Dilafruz Satimova Numonjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/25.12.2024.Fil.130.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: G‘anieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ja’farov Botir Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli tizimli tillarda kogeziya, xususan, ellipsis hodisasining struktural-semantik, kommunikativ-pragmatik, funksional, leksik-stilistik jihatlari hamda translatologik muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ingliz va o‘zbek tillarida kogeziya va kogerentlik tushunchalari matn va diskursning asosiy komponentlari sifatida o‘zaro bogʻliq va farqli jihatlari bilan tahlil qilinib, ularning grammatik (referensiya, ellipsis, substitusiya, konyunksiya) va leksik turlari hamda ellipsis hodisasining lugʻaviy-semantik (grammatik, kontekstual, situativ, stilistik, pragmatik) ko‘rinishlari tizimli ravishda ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida grammatik ellipsisning substantiv, predikativ va klouzal turlari doirasida 15 ta subkategoriya ajratilib, ingliz tilida determinativ-leksik vositalar (artikllar, ko‘rsatish olmoshlari, nol substitusiyalar) va o‘zbek tilida agglutinativ morfologik affikslarning (egalik qo‘shimchalari, shaxs-son affikslari va boshqalar) grammatik va pragmatik yetakchilik qilishi asoslangan;
har ikki tilda ellipsisning til tizimiga xos barqaror grammatik shakllari bilan bir qatorda, kommunikativ vaziyat va kontekstga tayanadigan kontekstual (anaforik va kataforik) hamda situativ (ekspisit va implisit) ellipsislarning tarjimada saqlanishi, ochiq ifoda qilinishi yoki to‘ldirilishi zarurati bilan bogʻliq translatalogik muammolari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek badiiy matn tarjimalari asosida ellipsisning kontekstual va situativ shakllarining saqlanishi yoki o‘zgarishi tahlil qilinib, ingliz tilida analitik sintaktik vositalar va o‘zbek tilida agglutinativ morfologik-sintaktik vositalar asosida ularning tarjimada to‘liq yoki qisman qayta tiklanishi ehtiyoji dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida kogeziyaning kontrastiv tadqiqidan olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida grammatik ellipsisning substantiv, predikativ va klouzal turlari doirasida 15 ta subkategoriyaga ajratilib, ingliz tilida determinativ-leksik vositalar (artikllar, tartib sonlar, ko‘rsatish olmoshlari, nol substitusiyalar) hamda o‘zbek tilida agglutinativ morfologik affikslarning (egalik qo‘shimchalar, shaxs-son affikslari va boshqalar) grammatik va pragmatik jihatdan yetakchi ekanligi borasidagi dissertatsiya materiallaridan, undagi ilmiy-nazariy qarashlardan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan loyiha shifri: S-ECAHD-18-CA-0067, shartnoma raqami: PO№02002358 bo‘lgan “English Access Microscholarship” mavzusidagi xorijiy amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2025-yil, 20-iyundagi 04-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan nazariy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar loyihaning ilmiy-metodik jihatdan boyitilishiga xizmat qilgan.
har ikki tilda ellipsisning til tizimiga xos barqaror grammatik shakllari bilan bir qatorda, kommunikativ vaziyat yoki kontekstga tayanadigan kontekstual (anaforik va kataforik) hamda situativ (ekspisit va implisit) ellipsislarning tarjimada saqlanishi, ochiq ifoda qilinishi, shuningdek, ingliz va o‘zbek badiiy matn tarjimalari asosida ellipsisning kontekstual va situativ shakllarining saqlanishi yoki o‘zgarishi tahlil qilinib, ingliz tilida analitik sintaktik vositalar va o‘zbek tilida agglyutinativ morfologik-sintaktik vositalar asosida ularning tarjimada to‘liq yoki qisman qayta tiklanishi borasidagi dissertatsiyasining ilmiy natijalari va materiallaridan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan olib borilgan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 – “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion amaliy loyihada foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil, 20-iyundagi 01/4-2643-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida ellipsis hodisasini dasturiy jihatdan aniqlash, tarjima qilish, tizimlashtirish va avtomatik ishlov berish vositalarida qo‘llash uchun ilmiy-metodologik asos yaratilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida kogeziya va kogerentlik tushunchalari matn va diskursning asosiy komponentlari sifatida o‘zaro bogʻliq hamda farqli jihatlari bilan tahlil qilinib, ularning grammatik (referensiya, ellipsis, substitusiya, konyunksiya) va leksik turlari hamda ellipsis hodisasining lugʻaviy-semantik (grammatik, kontekstual, situativ, stilistik, pragmatik) ko‘rinishlari tizimli ravishda ochib berilganligiga oid ma’lumotlar va yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 26-iyundagi 05-09-1026-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar ssenariysi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan boyitilib, ko‘rsatuvlarning ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyati sezilarli darajada ortgan.