Axmedova Gulxumor Nodirbek qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek (rus) diskurslarida “Yumor” konseptual semantikasining kontrastiv tadqiqi”, 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2926          
Ilmiy rahbar: Satimova Dilafruz Numonjonovna. Filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/25.12.2024.Fil.130.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori To‘raeva Bahor Bahriddinovna, ikkinchi rasmiy opponent sifatida Farg‘ona  davlat universiteti  dotsenti, professor v.b filologiya fanlari nomzodi, Ibragimova Extiyotxon Ismailovna. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek (rus) diskurslarida “yumor” konseptual semantikasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jahon va o‘zbek tilshunosligida “diskurs” atamasi va unga oid ilmiy yondashuvlar asosida ingliz va o‘zbek (rus) diskurslarida “yumor” konseptining konseptual-semantik xususiyatlari ilk bor pragmalingvistik va kognitiv jihatlar uyg‘unligida kontrastiv tahlil qilinib, uning satira, kinoya, grotesk va parodiya kabi yondosh tushunchalardan kommunikativ-pragmatik, sotsial-funksional hamda leksik-frazeologik mezonlarga ko‘ra mushtarak va farqli tomonlari aniqlangan;
ingliz, o‘zbek va rus diskurslarida “yumor” konseptual semantikasining maydoni (yadro, yadro osti zonasi, yaqin va uzoq periferiya hamda tashqi periferiya) belgilangan, yumorning milliy turlari (ingliz tilida: anecdotes, ethnic jokes, dry humour, ironic jokes, banana skin humour, elephant jokes, shaggy-dog stories, narrative jokes, dirty jokes, knock-knock jokes; o‘zbek tilida: latifa, askiya, lof, hangoma, xanda, qiziqchilik, masxarabozlik; rus tilida: shutka, anekdot, kalambur, prikol, rozigrish, styob, xoxma, nasmeshka, ostrota) tizimlashtirilgan, uning struktural (kirish, asosiy qism, kulminatsion nuqta) va morfologik (so‘z turkumlari, affiksatsiya, eliziya, almashinish va transpozisiya) jihatlari asoslangan; 
yumorning morfologik, leksik va sintaktik xususiyatlari kompleks tadqiq qilinib, semantik-tematik guruhlari (imkonsizlik, munofiqlik, qaysarlik, tentaklik, kayfiyatni ko‘tarish, laqillatish va boshqalar), stilistik vositalari (metafora, metonimiya, antiteza, bo‘rttirish, kinoya) hamda sintaktik ko‘rinishlari (monosentensema, polisentensema va tekstema) diskursiv-lingvistik asosda dalillangan; 
ingliz, o‘zbek va rus tillarida “yumor”ning kommunikativ-pragmatik hamda lingvokulturologik xususiyatlari (maishiy, badiiy, media diskurslarda) va tarjima muammolari aniqlanib, izomorfik va allomorfik belgilar ijtimoiy so‘rovnomalar asosida tavsiflangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
yumorning morfologik, leksik va sintaktik xususiyatlari kompleks tadqiq qilinib, semantik-tematik guruhlari (imkonsizlik, munofiqlik, qaysarlik, tentaklik, kayfiyatni ko‘tarish, laqillatish va boshqalar), stilistik vositalari (metafora, metonimiya, antiteza, bo‘rttirish, kinoya) hamda sintaktik ko‘rinishlari (monosentensema, polisentensema va tekstema), shuningdek, ingliz, o‘zbek va rus tillarida “yumor”ning kommunikativ-pragmatik hamda lingvokulturologik xususiyatlari (maishiy, badiiy, media diskurslarda) va tarjima muammolari aniqlanib, izomorfik va allomorfik belgilar haqidagi ilmiy natijalari va xulosalaridan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 – “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-iyundagi 01-4-2640-son ma’lumotnomasi). Natijada, “yumor” konseptual semantikasini turli diskurslarda dasturiy jihatdan aniqlash, tizimlashtirish va avtomatik ishlov berish vositalarida qo‘llash uchun ilmiy-metodologik asos yaratilgan;
ingliz, o‘zbek va rus diskurslarida “yumor” konseptual semantikasining maydoni (yadro, yadro osti zonasi, yaqin va uzoq periferiya hamda tashqi periferiya) belgilangan, yumorning milliy turlari tizimlashtirilgan, uning struktural (kirish, asosiy qism, kulminatsion nuqta) va morfologik (so‘z turkumlari, affiksatsiya, eliziya, almashinish va transpozisiya) jihatlariga oid qarashlardan Jizzax davlat pedagogika universitetida 2020-2022-yillarda bajarilgan loyiha shifri:  S-ECAHD-18-CA-0067-raqamli “English Access Microscholarship” mavzusidagi xorijiy amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax davlat pedagogika universitetining 2025-yil 20-iyundagi 04-696-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘rganuvchilarda o‘zga madaniyatni tushunishda yuzaga keluvchi kognitiv dissonans holatlari yo‘qotilib, ta’lim jarayoni samaradorligi ortgan;
jahon va o‘zbek tilshunosligida “diskurs” atamasi va unga oid ilmiy yondashuvlar asosida ingliz va o‘zbek (rus) diskurslarida “yumor” konseptining konseptual-semantik xususiyatlari ilk bor pragmalingvistik va kognitiv jihatlar uyg‘unligida kontrastiv tahlil qilinib, uning satira, kinoya, grotesk va parodiya kabi yondosh tushunchalardan kommunikativ-pragmatik, sotsial-funksional hamda leksik-frazeologik mezonlariga oid materiallar va natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Taʼlim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-iyundagi O‘z/RV-05-09-1003-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar ssenariysi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan boyitilib, ko‘rsatuvlarning ijtimoiy-maʼrifiy ahamiyati sezilarli darajada ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish